|
Amaliy matematika va informatika
|
bet | 1/10 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 44,2 Kb. | | #118778 |
Bog'liq Amaliy matematika va informatika” kafedrasi “Hisoblash usullari”
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA” KAFEDRASI
“Sonli usullari” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Algebraik va transsendent tenglamalarning haqiqiy ildizlarini oddiy iteratsiya usuli bilan hisoblash’’ (yaqinlashish shartlari ,algoritm,dastur va hisoblash ekisperimentlari natijalari)
Bajardi: G’aynazarov Hotamjon
Raxbar:Toshboyev Otajon
Farg’ona– 2023 y.
Mundarija
KIRISH
I BOB. ALGEBRAIK VA TRANSSENDENT TENGLAMALAR 4
1.1 Algebraik va transsendent tenglama ildizlarini ajratish 5
1.2 Algebraik tenglamalarning haqiqiy ildizlari mavjudlik shartlari 9
II.BOB ALGEBRAIK VA TRANSSENDENT TENGLAMALARNI YECHISH USULLARI 14
2.1 Algebraik va transsendent tenglamalar va ularni yechish usullari 14
2.2 Oddiy iteratsiya metodi 20
XULOSA 28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 30
KIRISH
“Agar mendan “Sizni nima qiynaydi?” deb so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.”
Sh. M. Mirziyoyev
Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan faqat hisoblash ishlarini olib borish uchun emas, balki hayotga tadbiq qilinadigan elektron darsliklar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish uchun ham foydalaniladi. So’ngi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotiga bo’lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi.
Yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalari hozirgi vaqtda eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sababi har bir sohani o’rganish, izlanish va tajriba orttirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning uchun yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi zamon mutaxasislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, texnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo’lishi, hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Zamonviy hisoblash texnikasi va informatsion texnologiyalarning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuerlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari kiritilgan.
|
| |