|
Masalalarning
|
bet | 1/7 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 116,32 Kb. | | #262439 |
Bog'liq geometrik-masalalarning-turlari
Reja:
Kirish 2
Asosiy qism
Geometrik masalalarning turlari. 4
.
O`lchash bilan bog`liq amaliy masalalar 7
Hisoblashga oid masalalar 12
Isbotlashga doir masalalar… 16
Yasashga masalalar 20
Geometrik figuralarni sirkul va chizg‘ich yordamida yasash 21
Xulosa… 25
Foydalanilgan adabiyotlar… 26
1
KIRISH
Eng katta boylik-bu aql – zakovat va talim, eng katta meros- bu yaxshi tarbiya,
eng katta qashshoqlik- bilimsizlikdir” Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.
Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda o‘zini ko‘p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi «portlash effekti» ga, ya’ni, yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz, degan fikrni bildirgan edim.
Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’rifat sirlarini o‘rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‘quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o‘z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu-intilishlarimiz bugunning o‘zida o‘z hosilini berayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz, oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo
etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi.
Respublikamizning birrinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2001-yil Oliy Majlisning 5-sessiyasida so‘zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va OTMlariga jadallik bilan olib kirish
2.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-maydadagi 230-sonli «2001-2005- yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini
rivojlantirish», shuningdek, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilindi. 2002-yil 30- mayda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi «2002-2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi Qarori e’lon qilindi. 2020 yil mamlakatimizda ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e'lon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi.
Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi. Sh.M.Mirziyoyev Muammolarni hal qilish, mantiqiy savollarga javob berish, masalalarni yechish, jumboqlarni topish insonga oʻzgacha kayfiyat bagʻishlaydi, oʻziga boʻlgan ishonchni orttiradi. Mantiqiy fikrlash bolalikdan shakllanib borishi kerak, zero Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek, “Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”. Matematik masalalarni yechishga oʻrganish, bolaning matematika faniga boʻlgan qiziqishini orttirib boradi. Sodda matnli masalalar bilan oʻquvchilar birinchi sinfdan tanishishni boshlaydilar. Sinfdan-sinfga oʻtib borgan sari, ular astasekin munosabatlarga doir masalalarni “… ga katta, … ga kichik”, “… marta ortiq, … marta kam” kabi tushunchalarni oʻzlashtirib boradilar. Matnli masalalarni yechishning yangi bosqichi, tekis harakat S = v t fizikaviy formulasining kiritilishi bilan boshlanadi. Ushbu formula yordamida turli xil masalalarni yechish mumkin:
3
toʻgri va teskari proporsional, “savdo-sotiq”, “teng qismlarga boʻlingan butun”, “ish”, “togʻri toʻrtburcha yuzasi” va h.z. doir masalalar.
|
| |