(metodik tavsiya)
PEDAGOGIK – TEXNOLOGIYAGA TA’RIF
Pеdagogik tеxnologiya – barkamol insonni shakllanti rish faoliyati.
Shu bilan birga pеdagogik tеxnologiyaning kеng ko`lamli, sеrqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nеchta ta'riflarini taklif qilishimiz mumkin:
Pеdagogik tеxnologiya – axborotlarni o`zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma'no – mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog`liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o`rgatish jarayonidan iborat.
Pеdagogik tеxnologiya – ta'lim mеtodlari, usullari, yo`llari hamda tarbiyaviy vositalar yig`indisi; u pеdagogik jarayonning tashkiliy – usubiy vositalari majmuidir.
Pеdagogik tеxnologiya — bu o`z oldiga ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo`yuvchi, butun o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonini tеxnik rеsurslar va odamlarning o`zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli mеtodidir.
Pеdagogik tеxnologiya – ma'lumotlarni o`zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o`zlashtirish jarayonidan iborat.
Dеmak, pеdagogik tеxnologiya – insonga (ta'lim – tarbiya oluvchiga) oldindan bеlgilangan maqsad bo`yicha ta'sir o`tkazish faoliyatidan iborat.
Pеdagogik tеxnologiya o`quvchini mustaqil o`qishga, bilim olishga, fikrlashga o`rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Pеdagogik tеxnologiya jarayonida o`qituvchi rahbarligida o`quvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o`rganadi, o`zlashtiradi.
Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o`z ichiga oladi.
Bu faoliyat boshqa hamma faoliyatlarga xos bo`lgan bеlgilarga ega bo`lib, avvalo jarayon ko`rinishida amalga oshiriladi va shu ko`rinishda mavjud bo`ladi. Shu bilan birga bu jarayon o`ziga xos qonuniyatlarga ega bo`lib, bu qonuniyatlarni insoniyat tomonidan o`rganish davom etmoqda..
Pеdagogik tеxnologiya — o`quv jarayonini harakatlantiruvchi kuch va oldindan bеlgilab qo`yilgan aniq maqsad yo`lidan o`qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta'limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi.
O`qituvchi faoliyatidagi barcha jarayonlar pеdagogik tеxnologiyalar dеyiladi. O`qitish tamoyillari ilgari ham mavjud bo`lgan, hozir esa faqat yangi atama bilan ifodalangan. Shu sababli, stixiyali ravishda amalga oshirilgan ilg`or mеtodik tajribalarni endi pеdagogik tеxnologiya qonunlariga bo`ysundirish kеrak.
AN’ANAVIY HAM AYRIM FARQLAR
T/r
|
Asosiy tushunchalar
|
An’anaviy dars
|
Interfaol dars
|
1
|
Dars maqsadi
|
Darsda bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish, mustahkamlash
|
Dars mavzusi bo’yicha mustaqil firlash, xulosaga kelish, ularni bayon qilish, himoyalashga o’rgatish.
|
2
|
O’qituvchining vazifalari va ish usullari
|
Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat, topshiriqlar berish.
|
O’quvchilarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy xulosalarni asoslab berish.
|
3
|
O’quvchining vazifalari va ish usullari
|
O’qituvchini tinglash va bilimlarni o’lashtirish, berilgan topshiriqlarni bajarish.
|
O’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarish bo’yicha mustaqil fikrlash, o’z fikr, xulosalarini boshqalarga solishtirish va yakuniy xulosaga kelish.
|
4
|
Vaqt taqsimoti
|
Darsning ko’p qismi o’qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o’zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi.
|
Darsning ko’p qismi o’quvchilarning mustaqil topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o’z xulosalarini bayon qilishi va himoyalasiga sarflanadi.
|
5
|
Darsning modul va algoritmi
|
Darsning modul va algoritmlaridan har bir o’qituvchi o’zi qo’llayotgan metodga muvofiq foydalanadi.
|
Har bir dars oldindan tayyorlangan modullar va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o’tkaziladi.
|
6
|
O’quvchilarning faollik darajasi
|
O’qituvchi har tomonlama faol, o’quvchi diqqatni jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo’yicha faol.
|
O’qituvchi ham, o’quvchilar ham har tomonlama faol. Faollikning shakllari: o’qituvchi – o’quvchi; o’quvchi – o’quvchi; o’quvchi – kichik guruh; kichikguruh – kichik guruh;o’quvchi – o’qituvchi; kichik guruh – o’qituvchi;
|
7
|
Kutiladigan natija
|
Mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalarini o’zlashtirishi.
|
Mavzu bo’yicha o’quvchilarning o’z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o’rgatish.
|
«Kelishuvlar»
«Kelishuvlar» – siz mashg'ulot o'tkazilayotgan gurah bilan butun tadbir jarayonida – amal qilishga kelishib olgan qoidalar. Guruh ularni o'zi belgilashi kerak. Buning uchun «aqliy hujum» o'tkaziladi, biroq «tilaklar»dan farqli o'laroq, barcha ishtirokchilar qoidalarni ma'qul deb topishlari lozim. Barcha kelishuvlar yozib olinganidan so'ng, ishtirokchilar ularni imzolashlari kerak. Kelishuvlar o'qituvchiga o'quvchilarning guruhdagi xulq – atvorini nazorat qilish imkoniyatini beradi, u o'rni bilan o'zlari ishlab chiqqan va amal qilishga rozi bo'lgan qoidalar borligini eslatib turadi.
«Aqliy hujum»
Ma'lum reja asosida o'tkaziladigan muhokama jarayonida muammoning yechimini guruh bo'lib topish usuli. Bu usul qisqa vaqt ichida qo'yilgan muammoni hal qilishning ko'plab yo'llari va usullarini yig'ish imkonini beradi. Muammo o'rtaga tashlanganidan so'ng, barcha ishtirokchilarga ushbu muammo bilan bog'liq fikr, jumla yoki so'zlarni aytish taklif qilinadi. Barcha gaplar qanday aytilgan bo'lsa, shundayligicha izoh va tuzatishlarsiz doskaga yoki vatmanga yozib olinadi.
«Aqliy hujum» qoidalari:
– barcha ishtirok etadi, barchaga fikrini bildirish imkoniyati yaratilishi lozim;
– har qanday g'oya, fikr qabul qilinadi;
– izohianmaydi va tanqidiy mulohaza bildirilmaydi;
– vaqt chegaralariga amal qilinadi.
Kichik guruhlarda ishlash
Kichik guruhlar kattalariga nisbatan faoliyat uchun kengroq imkoniyatlar yaratadi. Kichik guruhlardagi bahslar katta guruhlar ishini rag'batlantiradi.
Dars o'tish jarayonida katta gurah bir necha kichik guruhlarga bo'linadi, har bir guruhda to'rt – besh o'quvchi bo'ladi, ular ko'tarilgan muammoni muhokama qiladilar, yechimini taklif qiladilar. Ushbu metod har bir o'quvchiga faol ishtirok etish, o'zining shaxsiy ish maromini tanlash imkoniyatini yaratadi. Har bir ishtirokchi o'z fikri bilan barchaga yordatn beradi. O'z qarashlarini bildirish orqali ular o'z imkoniyatlarini his qiladilar, ularga ishonchlari ortadi.
Kichik guruhlarda ishlash qoidalari:
– guruhlarga bo'layotganda o'yin usullaridan (meva, gul turlari va h.k.) foydalaning;
– har bir guruh oldiga aniq vazifa qo'ying, uni o'quvchilar uchun tushunarli bo'lgan shaklda yetkazing;
– guruh ichidagi kichik guruhlar vazifa oladi, keyin hamma baravariga uni bajarishga kirishadi;
– vazifa bajarilgach, muammo katta guruhda muhokama qilinadi, buning uchun har bir kichik guruh vakili barcha ishtirokchilarni o'z guruhi fikri va ish natijalari bilan tanishtiradi;
– o'qituvchi ekspert vazifasini bajaradi, yakun yasaydi va zarurat tug'ilsa, guruhlar taqdimotiga odob bilan, izzat – nafsiga tegmaydigan qilib qo'shimcha kiritadi.
«O'yla – mulohaza qil – o'rtoqlash – qiyosla» metodi
Bu metod qatnashchilarga o'z ma'lumotlari bilan o'rtoqlashish, hamma qatnashchilaming nuqtayi nazarini hisobga olish, guruhning barcha g'oyalarini jamlashda yordam beradi.
Mashq 4 bosqichdan iborat:
1) 3 – 5 daqiqa ichida har bir ishtirokchi tanlagan mavzu yoki muammosi yuzasidan alohida mulohaza yuritib, fikrlarini (yoki qo'yilgan savollarga javoblarni) yozadi;
2) keyingi 5 daqiqada o'quvchilar ikki kishidan bo'lib, o'zaro fikr almashadilar va shaxsiy ro'yxatlarini to'ldiradilar;
3) keyingi bosqichda 4 – 6 kishilik guruhlarda fikr almashinadi;
4) yakunlovchi bosqichda barcha fikr va g'oyalar jamlanadi, javoblar qiyoslanadi. Har bir guruh navbat bilan biror g'oyani ilgari suradi. Mashqni o'tkazayotganda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
– ajratilgan vaqt chegarasidan chiqmaslik;
– boshqalarning fikrini takrorlamaslik;
– aytilgan fikr va mulohazalarni muhokama qilmasdan va baho bermasdan qabul qilish.
– Yumaloqlangan qor»
Mashq mavzusi beriladi. Oldin hamma mavzu ustida alohida mushohada yuritadi va fikrlarini yozib qo'yadi. Keyin o'quvchilar 2 kishilik guruhlarga birlashadilar va varaqqa o'z fikrlarini yozadilar, agar fikrlar takrorlansa, faqat bittasi yoziladi. 2 kishilik guruhlar 4 kishidan iborat guruhlarga va h.k. birlashishda davom etadi. Guruhdagi qatnashchilar soni 8 tadan oshmasligi kerak. Guruhlarni turli yo'llar bilan birlashtirish mumkin. Nihoyat, so'nggi guruh (8 kishilik) har bir ishlab chiqilgan g'oyani alohida qog'oz varag'iga yozadi va doskaga yopishtirib taqdimot o'tkazadi. Prezentatsiya (lot. praesentatio - taqdim etish), taqdimot - yangidan yaratilgan, tuzilgan muayyan narsaning rasmiy taqdim etilishi (mas, yangi jurnalning P.si).
Kartochkalar
Ushbu mashqning o'tkazilish tartibi quyidagicha:
– kartochkalar (varaqlar) tarqatiladi;
– ma'lum mavzu bo'yicha savollar beriladi;
– har kim alohida kartochaga javobini yozadi;
– 2 – 3 kishi bo'lib guruhlarga birlashiladi;
– umumiy kartochkaga guruhning fikiini ifodalovchi javob yoziladi;
– guruhlar ikkitadan bo'lib bir guruhga birlashadilar,, jarayon davom etadi.
Oxirida barcha bitta umumiy (agar umumiy qarorga kelishning mutlaqo iloji bo'lmasa bir necha) javobni tayyorlaydi.
Rolli o'yinlar
Bu mashqlarda o'quvchilar o'zlarini boshqa birov deb tasavvur qilishlari lozim. Mazkur metod ijodiy faollik, taffakkur, tasavvurni ishga solish, ko'pchilik oldida so'zga chiqish ko'nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ishtirokchilaming muammoga munosabatini bildirish imkoniyatini yaratadi.
«Buzuq telefon»
Maqsadi: axborotni berishda yo'l qo'yilgan xatoni topish. Axborotni mantiqiy anglash.
Kirish. Ushbu topshiriqni bajarishda 6 kishi qatnashadi. 5 kishi xona tashqarisida kutib turadi, bir kishi xonada qoladi. Xonada qolgan kishiga og'zaki topshiriq beriladi.
U imkon qadar topshiriqni eslab qolishga harakat qiladi va yodida qolganlarini tashqarida turgan kishiga aytadi.Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Ikkinchi ishtirokchi axborotni uchinchisiga aytadi va h.k. Axborot qanday og'izdan – og'izga o'tishi kuzatiladi va muhokama qilinadi.
Masalan, xonadagi ishtirokchiga shunday topshiriq beriladi: «Siz maktab direktori muovinisiz. Direktorimiz Sobir Komilov Sizni uzoq kutdi va bazaga yapon apparaturasini rasmiylashtirish uchun ketayotganini aytdi. U yerdan Xalq ta'limi tuman bo'limiga o'tishini aytdi. Agar Sobir Komilov 12.00 gacha qaytib kelmasa, 8 – «V» sinfning o'zlashtirilishi muhokama qilinadigan o'qituvchilar majlisini o'zingiz o'tkazar ekansiz. Keyin maktabimizga Polshadan kelayotgan delegatsiyani kutib olish uchun aeroportga 1 ta «Neksiya» va 1 ta «Damas» mashinasini yuborish zarur. Scat 17.00 da ta'minot bo'limiga go'sht kelar ekan. Hamma o'qituvchilarga 2 kg dan tarqatish, direktornikini esa sovutgichga solib qo'yish kerak».
Ushbu xabami ishtirokchilarning hammasi navbatma – navbat bir – birlaridan eshitadilar.
Topshiriqning nihoyasida axborotning mazmuni buzilganligi ma'lum bo'ladi. Axborot bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o'tganida mazmuni buziladi va bu g'iybat, mish – mishlarga sabab bo'ladi.
Axborot uzatilayotganda xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun uni diqqat bilan va faol o'zlashtirishga qaratilgan mashqlar o'tkaziladi.
Bunda uch kishidan iborat guruhlar ishtirok etadi; guruhlar axborot beruvchi, tinglovchi va kuzatuvchi vazifalarini bajaradilar,
Birinchi ishtirokchi o'z hayotida ro'y bergan biror hodisani gapirib beradi. Tinglovchi uni eslab qoladi va qayta so'zlaydi. Kuzatuvchi tinglovchining xatolarini topadi.
Topshiriqni bajarish jarayonida ishtirokchilar verballashuv, ya'ni axborotni faol qabul qilish metodini o'zlashtiradilar.
«Menga sendagi... yoqadi» o'yini
O'quvchilar davra qurib o'tiradilar. Bir – birlariga «menga sendagi... yoqadi» so'zlarini aytib koptok irg'itadilar; bunda koptok yo'llangan kishining biror ijobiy xislati nomlanishi kerak.
O'yin shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, o'quvchining o'ziga bergan bahosini oshirishga mo'ljallangan.
«Ot o'yin»
8 – 10 kishi ikkita – tashqi va ichki doira hosil qilib, qarama – qarshi o'tiradilar.Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Tashqi doirada o'tirgan kishi ichki doiradagi sherigiga biror mavzu bo'yicha (OITS, JYBYK va h.k.) axborot beradi. So'ng barcha o'rnini almashtiradi va endi ichki doiradagilar axborot beruvchilar bo'lib qoladilar.
O'qituvchi quyidagiga o'xshash savolni berishi mumkin:
– Axborotni aniq ifodalash va boshqaga to'g'ri yetakazish oson ekanmi?
– Agar har xil davralarga tushib qolsangiz, o'zingizni qanday his qilgan bo'lar edingiz?
O'yin o'z oldiga shaxslar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilash maqsadini qo'yadi. Tinglash, axborotni qisqa va aniq ifodalay olish qobiliyatini shakllantiradi.
Guruhdagibahs
Bahsli masala yuzasidan turli nuqtayi nazarlarni aniqlash va barcha ishtirokchilar o'z xulosalarini chiqarishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida o'tkaziladi. Bunga jo'shqin, hissiyotlarga boy aql – idrok bellashuvi muhiti yordam beradi.
Katta guruhda bir muammo yoki mavzu muhokama qilinadi. Mavzuni oldindan rejalashtirgan ma'qul. Maxsus savollar tuzish kerak, bu ishtirokchilarni o'z fikr – qarashlarini ifodalashga rag'batlantiradi. Bahsda ishtirokchilar o'z qarashlari himoyasi uchun istalgan qarshi asos, dalil keltirishlari mumkin. Guruh bo'lib bahslashish chuqur taassurotlarni qo'zg'aydi, yodga soladi, ishtirokchilarni boshqa sharoitda ifodalay olmaydigan fikrlarini aytishga undaydi. Ba'zan qarashlar mos kelmasligi mumkinligini unutmaslik va tomonlar o'rtasida janjal chiqishiga yo'l qo'ymaslik kerak.
«Sinkveyn» metodi
O'yin nomi fransuzcha «cinq» so'zidan olingan bo'lib, «besh» degan ma'noni anglatadi. Biror so'zning beshta sifat xususiyati tavsiflanishi zarur. O'quvchilarga mavzuning kalit so'zlari beriladi (masalan, do'stlik, o'zaro aloqalar, sevgi va h.k.). Har bir o'quvchi alohida qog'oz varag'iga ushbu so'zning xususiyatlarini yozadi, ular ot ham, fe'l ham, sifat ham bo'lishi, shuningdek, ijobiy yoki salbiy jihatini aks ettirishi mumkin.
Masalan, «sevgi» so'zi.
1. Sevgi – ot.
2. Suymoq – fe'l.
3. Vafodor – sifat.
4. Insonni ruhlantiradi – ijobiy jihati.
5. Iztirob chekishga majbur qiladi – salbiy jihati.
«Sehrli quticha»
O'quvchilarning bilim doiralarini kengaytirishda ushbu metoddan foydalanish samarali natijalar beradi, chunki o'quvchi mavzu yuzasidan istagan, hatto o'qituvchi tilga olmagan masalalarga oid savollar berishi mumkin.
O'quvchilar anonim (muallifini ko'rsatmagan) ravishda savol yozadilar va ularni maxsus qutichaga tashlaydilar. Savollarga o'qituvchi yoki o'quvchi (agar o'qituvchi o'quvchining bilimini baholamoqchi bo'lsa) javob berishi mumkin.
«Hayotiy vaziyatlar» o'yini
Muhokama qilinayotgan muammoga oid aniq vaziyatlar darsda olingan bilimlardan foydalangan holda ko'rib chiqiladi. Odatda, ular sahna shaklida namoyish etiladi.
Ushbu metodning fcuchli tomonlari quyidagilardan iborat:
barcha qatnashchilarning jalb etilishi, bilimlaming amaliyotda qo'llanilishi va o'sha: zahotiydq tekshirilishi, amaliyotga yo'naltirilganligi.
Mashg'ulotlarda qo'llanadigan harakatli o'yinlar
Charchoqni olish uchun mashqlar orasida o'quvchilarning jismoniy faolligini ishga soluvchi o'yinlar bilan oyoq – qo'lning chigilini yozib turish kerak. Bunday o'yinlar bir maromdagi jarayonlarga xilma – xillik, jo'shqinlik baxsh etadi. O'yinlardan maqsad – texnikani o'zgartirish, bosim o'tirib ishlashdan dam olish, organizmga yengillik berish, do'stona vaziyatni vujudga keltirish, guruhning birdamligini ta'minlashga yordam berishdir. Bunda o'zaro xayrixohlik va ixtiyoriylik tamoyiliariga amal qilinadi.
«Botqoq»
O'yin uchun oldindan 9 ta «likopcha» tayyorlanadi. Ishtirokchilar ikki jamoaga bo'linadi:
1 – timsohlar;
2 – botqoq bosqinchilari.
1 – jamoa ishtirokchilari ketma – ket saf tortadilar va likopchalarni bosib tasavvurdagi botqoqdan o'ta boshlaydilar, ularning atrofida ikkinchi jamoa vakillari ov qilib yuradilar.
O'yinning maqsadi: o'quvchilar oyoqlarini likopchalardan uzmasliklari kerak, hech bo'lmasa, oyoqning uchi ularga tegib turishi lozim. Agar ishtirokchilar birlashib harakat qilsalar, birorta ham likopchani timsohlarga bermasdan botqoqdan o'tishlari mumkin.
O'yin o'quvchilarning darsdagi ishtirokini kuchaytirish uchun o'tkaziladi.
«Avtobus» o'yini
O'quvchilar ikki gurahga bo'linadilar. Sinf yetakchisi ularning ikkita avtobusga chiqishlari kerak ekanligini aytadi. Avtobus o'rindig'i sifatida kursilardan foydalanish murnkin. O'quvchilar bir – birlariga qararna – qarshi o'tiradilar, Ishtirokchilar joylashib bo'lgach, yetakchi birinchi avtobus buzilib qolganini aytib, hammaning ikkinchi avtobusga o'tishini so'raydi. Ishtirokchilar 1 – guruh o'quvchilarini joylashtirish uchun kelishuv yo'lini topadilar.
O'yin ishtirokchilarda muomala madaniyati va ziddiyatli vaziyatlarni ijobiy hal qilish ko'nikmalarini riyojlantirishga xizmat qiladi.
«Bu – kim? Toping – chi!»
Har bir o'quvchi guruhning biror a'zosi xarakterining 10 ta xususiyatini ta'riflaydi, bunda uning nomini aytmaydi. Tavsif o'qilgach. boshqa ishtirokchilar gap kim haqida ketayotganligini topishlari kerak.
Agar guruh o'sha odamni tez topsa, bu tavsiflarning aniqligini bildiradi va ta'riflagan o'quvchini rag'batlantirish maqsadga muvofiqdir.
«Yelkama – yelka»
O'quvchilar ohista doira ichida yuradilar. Yetakchi tana a'zolarining nomlarini aytadi. Masalan, yetakchi tez «yelka» deydi, o'quvchilar zudlik bilan o'zlariga juft topishlari va yelkalarini bir – birlariga tekkizishlari kerak. O'ziga juft topa olmagan o'quvchi keyingi yetakchi bo'ladi va tananing boshqa a'zolari (oyoq, qo'l, chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i va h.k.) nomini aytib o'yinni davom ettiradi.
«Qayoqqa – qayoqqa»
Har bir o'quvchi o'zining eslab qolishi lozim bo'lgan tartib raqamini oladi. Guruh aralashadi. Yetakchi sinf o'rtasiga chiqib, xohlagan ikkita raqamini aytadi. Ushbu raqamli ishtirokchilar o'zlariga mo'ljallangan joyni egallashlari lozim. Yetakchi ham bo'sh joyni olishga harakat qiladi. Joysiz qolgan ishtirokchi o'yinni davom ettiradi. .
«Yomg`ir»
O'quvchilar doira hosil qiladi. Doira o'rtasida turgan yetakchi o'yinni boshqaradi. Yetakchi ishtirokchilarga qarata shunday deydi: «Hozir siz yomg'ir tovushini eshitasiz, buning uchun mening harakatlarimni qaytarishingiz kerak». So'ng ohista davrani aylanib chiqadi. Yetakchi oldiga borgan o'quvchi uning harakatlarini takrorlaydi va u ikkinchi marta yaqin kelmagunga qadar harakatni to'xtatmaydi. Yetakchi davrani bir necha marta aylanib chiqadi va har gal turli harakatlar qiladi.
Yetakchining harakatlari:
– qo'llarini bir – biriga ishqalaydi,
– barmoqlarini qirsillatadi;
– qo'li bilan o'zining sonlariga uradi,
– sonlariga urib, oyog'i bilan tepinadi,
– yana sonlariga urib qo'yadi,
– yettinchi doirada faqat barmoqlarini qirsillatadi,
– qo'llarini bir – biriga ishqalaydi.
So'ng yetakchi to'xtab, qo'lini pastga tushiradi hamda yomg'ir tingani va yana quyosh chiqqanini aytadi.
«Mevali salat»
Yetakchidan boshqa hamma kursilarda o'tiradi. Yetakchi uch ishtirokchidan qaysi mevalarni yaxshi ko'rishlarini so'rab bilib oladi va har bir o'quvchiga shu mevalarning nomini beradi. Har bir meva uchta kishini bildirishi kerak. Keyin yetakchi ushbu mevalardan birining nomini aytadi, shu nom ostidagilar joylarini almashtiradilar. Joy yetmagan odam o'yinni davom ettiradi. Agar yetakchi «Mevali salat» desa, hamma o'z joyini o'zgartirishi kerak.
O'yin o'quvchilar o'rtasidagi to'siqlarni olib tashlashga, ularni birlashtirishga xizmat qiladi.
«Tanishuv» texnologiyasi
1 – variant
Texnologiyaning maqsadi:
• o’quv jamoasi ishtirokchilarini bir – birlari bilan tanishtirish, samimiy do’stona munosabat va ijodiy muhitni yuzaga keltirish.
• talaba (yoki o’quvchi)larning ijodiy imkoniyati va shaxsiy sifatlarini ochish.
• auditoriyaning ishlashi uchun qulay sharoitni vujudga keltirish. Mashg`ulotni o’tkazish tartibi:
Mashg’ulot boshida o’qituvchi o’quv jarayoni qatnashchilarini kichik guruhlarga ajratadi. Har bir kichik guruhga yilning bir faslida tug’ilgan talabalarni kiritish mumkin. O`qituvchi guruhlarni joylariga o’tkazib, ularga quyidagi topshiriqni beradi:
• o’z tug’ilgan faslingizga xarakteristika bering (badiiy — musiqiy, sahnali, hazil – mutoyibali va hokazo ko’rinishda);
• yilning shu faslida tug’ilganlarning umumiy xarakteri bilan hamda guruh qatnashchilarining umumiy o’xshashliklari va o’ziga xos tomonlari bilan tanishtirish;
• talaba (yoki o’quvchi)larning bu fasldagi faoliyatini so’zlab berish;
• boshqa fasldagi guruh qatnashchilariga bag’ishlangan fikr yoki bag’ishlov yaratish va ijodiy tilaklar bildirish.
Uqituvchi berilgan topshiriqni talabalar tomonidan bajarishi uchun tayyorlanishga vaqt ajratadi va ularni taqdimot qoidalari bilan tanishtiradi, talaba (o’quvchi)larning tayyorlanishlari uchun sharoit yaratadi.
Guruhlar tayyorgarlikni boshlaydilar.
Guruhlarning chiqishi 4 ta topshiriq aks etgan adabiy – musiqiy kompozitsiya shaklida ham tayyorlanishi mumkin. Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
Keyingi bosqichda guruhlar tayyorlagan ijodiy ishlarini namoyish etadilar. Har bir chiqish tugagach, boshqa guruh qatnashchilari namoyish etilgan ijodiy ishni to’ldirishlari va mavzuga oid savollar berishlari mumkin.
Oxirgi bosqichda o’qituvchi mashg’ulotga yakun yasar ekan, auditoriyaga quyidagi savollar bilan murojaat qilib, talaba (yoki o’quvchi)larni ochiq muloqotga chaqiradi:
• guruh qatnashchilari bir – birlari haqida nimalarni bilib olishdi;
• auditoriyada bir – birlariga ko’nikish holati qanday o’zgardi;
• qanday savollar va muammolar hal qilindi;
• qatnashchilar dars davomida qanday sifatlarni ko’rsata oldilar;
• har bir kishi o’zi uchun qanday xulosa chiqardi;
• dsmak biz, qandaymiz?
2 – variant
O`qituvchi talaba (yoki o’quvchi)larni kichik guruhlarga ajratgach, har bir guruxga «Keling, tanishaylik!» mavzusi yozilgan kuyidagi mazmundagi taxminiy materialni tarqatadi:
Keling, tanishaylik!
1. Sizlar Kim va nima uchun bu yerga to’plangansizlar?
2. Sizlarni nima birlashtradi?
3. Siz uchun eng qimmatli narsa nima?
4. Ishlashengizga nima yordam beradi?
5. Kimlarga g’amxo’rlik qilasizlar?
6. Kimlar bilan hamkorlik qilasizlar?
7. Nimalarni o’zingiz, nimalarni esa birgaliqsa hal etasizlar?
8. Sizning eng kuchli va kuchsiz tomonlaringiz nima?
Guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialdagi savollarga javob berishga tayyorgarlik ko’radilar, tayyorlanish jarayonida ular bir – birlari bilan tanishib oladilar (guruhlarning tayyorlanishlari uchun o’qituvchi kichik guruhlar soni va o’quv mashg’ulotiga ajratilgan vaqtga qarab vaqt vaqt belgilaydi).
Guruhlar tayyor bo’lishgach, navbati bilan har bir guruhdan bir kishi tayyorlangan materialni taqdimot qiladi. O`qituvchi guruhlar taqsimoti uchun vaqt belgilaydi. Barcha guruhlar takdimoti tugagach, o’qituvchi tanishuvni yakunlab, mashg’ulotni davom ettirishi mumkin. Odatda, talaba yoki o’quvchi)lar soniga qarab tanishuvni 15 yoki 30 daqiqa mobaynida o`tkazishi mumkin. Bu esa, o’qituvchining tashkilotchilik va boshqaruv mahoratiga bog’liq.
O’qituvchi talaba (yoki o’quvchi)lar bilan tanishishda o’zining (shaxsiy) qiziqarliroq variantidan ham foydalanishi mumkin.
Tanishuvni, shuningdek, pedagogik yoki psixologik uyin elementlaridan foydalangan holda ham tashkil etish mumkin.
«Tushunchalar tahlili» uslubi
Uslubning mohiyati.Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Ushbu uslub o’tilgan (chorak, semestr yoki o’quv yilida tugagan) o’quv predmeti yoki bo’lim barcha mavzularini talaba (yoki Kunchi)lar tomonidan yodga olish, biron – bir mavzu bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o’z izoxlarini berish, shu orqali o’z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o`qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha talaba (yoki o’quvchi)larni baholay olishga yo’naltirilgan.
Uslubning maqsadi. Talaba (yoki o’quvchi)larni mashg’ulotda o’tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarni o’zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o’zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o’z bilimlarini bir tizimga solishga o’rgatish.
Uslubning qo’llanishi: O’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o’quv predmetining biron – bir bo’limi tugallanganda) o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin talaba (yoki o’quvchi)larning bilimlarini tekshirib olish uchun mo’ljallangan. Ushbu uslubni mashg’ulot jarayonida yoki mashg’ulotning bir qismida yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo’ladi.
Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro’yxati, qalam (yoki ruchka), slayd.
Izoh: Reja bo’yicha belgilangan mavzu asosida hamda o`qituvchining qo’ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o’tkazish mo’ljallangan bo’lsa, guruh o’quvchilari soniga, agar kichik guruhlarda o’tkazshi belgilangan bo’lsa, u holda guruhlar soniga qarab, tarqatma materiallar tayyorlanadi).
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
•talaba (yoki o’quvchi)larni guruhlarga (sharoitga qarab) ajratiladi;
•talaba (yoki o’quvchi)lar mashg’ulotni o’tkazishga qo’yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi;
•tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi.
•talaba (yoki o’quvchi)lar yakka tartibda o’tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo’yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;
•talaba (yoki o’quvchi)lar tarqatma materialda mavzu bo’yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o’zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo’lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);
•o’qituvchi tarqatma materialda mavzu bo’yicha berilgan tushunchalarni o’qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to’g’ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo’lsa) tanishtiriladi;
• har bir talaba (yoki o’quvchi) to’g’ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarni aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo’ladilar, o’z – o’zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.
Izoh: «Tushunchalar tahlili» uslubini «Chaynvord», «Uzluksiz zanjir», «Klaster», «Blits – zanjir» shaklida ham tashkil etish mumkin.
«Tushunchalar tahlili» uslubidan bir darsning o’zida dars boshlanishida o’tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo’yicha talaba (yoki o’quvchi)larning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egalaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.
Quyidagi mashg’ulotda foydalaniladigan tarqatma materialni misol tariqasida keltiramiz (ilova).
-
Tushunchalar
|
Mazmuni
|
Ta’lim
|
|
Tarbiya
|
|
Ta’lim mazmuni
|
|
O`qitish uslublari
|
|
O`qitish shakllari
|
|
Dars (o`quv mashg`uloti)
|
|
O`qitish mashg`uloti
|
|
Nazorat uslublari
|
|
Baholash uslublari
|
|
Texnologiya
|
|
Pelagogik texnologiya
|
|
Pedagogik innovasiya
|
|
Pedagogik mahorat
|
|
"pedagogik kvalemetriya
|
|
“TA’LIMDAGI YANGILIKLAR”
I. Maktab o`qituvchilarining ish yuklamasi
|
Avvalgisi
|
Joriy qilinganligi
|
O`qituvchining amaldagi na’munaviy yillik ish rejasi 5 ta yo`nalishi, 33 ta ish turidan bo`lib, belgilangan ish ko`lami va unga ajratilgan vaqt mos emas
|
Yangi tahrirdagi na’munaviy yillik ish rejasi o`qituvchilarning asosiy faoliyati dars, darsga tayyorgarlik ko`rish va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlari qaratilib, 3 ta yo`nalishdan va taxminiy 10 ta ish ish turidan iborat qilib belgilandi. O`qituvchining ish ko`lami va vaqt taqsimoti muvofiqlashtirilib, aniq belgilab berildi. (Xalq ta’limi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2010 – yil 27 – maydagi 125 – sonli va 125 q/b – sonli buyruqlariga 3 – ilova).
|
II. O`quvchilarning bilimlar sifatini nazorat qilishning reyting tizimi
|
Avvalgisi
|
Joriy qilinganligi
|
Qo`yilgan ballar (oraliq nazoratidan tashqari) hisoblanardi va joriy nazoratdan, MSNI dan, oraliq nazoratlar soniga bo`linib o`rtacha baho chiqariladi.
|
Har bir nazorat qanday shakldan o`tkazilishidan qat’iy nazar, besh (5) ballik (5,4,3,2,1) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
O`qituvchining yillik reyting ko`rsatkich ballarini aniqlash usuli o`quv fani xususiyatidan kelib chiqqan holda o`qituvchi tomonidan belgilanadi.
Yillik reyting bali sinf jurnalida yillik bahodan keyin qayd etiladi. (O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010 – yil 8 – iyundagi 23 va 11/QQ son qaroriga ilova.
|
III. Fan dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash
|
Avvalgisi
|
Joriy qilinganligi
|
O`quvchilarning yosh imkoniyatlari va psixofizologik xususiyatlariga asoslanmasdan umumta’lim fanlari o`quv dasturlariga kiritilgan yoki 12 yillik majburiy ta’limga o`tish davrida quyi bosqichlarga o`tkazilgan, sinflar, ta’lim bosqichlari (umumiy o`rta va o`rta maxsus kasb – hunar ta’limi) mazmunida takrorlangan izchilligi
|
813 soat hajmdagi mavzular aniqlanib optimallashtirildi. Shundan, 247 soat hajmdagi mavzular umumiy o`rta ta’lim o`quv dasturlaridan chiqarilib, o`rta maxsus, kasb – hunar ta’limiga, 327 soat hajmdagi mavzular esa sinfdan – sinfga o`tkazildi. 239 soat hajmdagi mavzular sinflarda takrorlanganligi uchun qisqartirilib, maqbullashtirildi.
O`rta maxsus, kasb – hunar ta’limiga o`tkazilgan va sinflar kesimida maqbullashtirilgan soatlar hisobidan amaliy mashg`ulotlar uchun qo`shimcha 240 soat, murakkab mavzularni kengaytirib o`qitish uchun 359 soat, yangi mavzular uchun 214 soat ajratildi. (O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus vazirligi.Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Xalq ta’limi vazirligining qo`shma hay’at majlisi qarori 2010 – yil 1 – iyul 6/2 / 4/1)
|
IV. “Ustoz va shogird”
|
Avvalgisi
|
Joriy qilinganligi
|
Asosan maktab hududida olib borilardi mexanizm yangi joriy qilinayotgan ustoz – shogird an’anasidek joriy qilinmagan edi.
|
Fanlar kеsimida shahardagi maktablardan eng ilg`or, o`z fanini chuqur egallagan tajribali ustoz – o`qituvchilar aniqlanadi. Yosh, iqtidorli, izlanuvchan, fidoyi 3 nafar shogird – o`qituvchilar tanlab olinib, ular ustoz sifatida bеlgilangan tajribali o`qituvchilarga biriktiriladi. Ustoz – shogirdning “banki” yaratiladi.
|
V. “Bilimlar bellashuvi”
|
Monitoring jarayonlarining xolisligi va natijaviyligini ta’minlash, maktabda davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning bajarilish holatlarini muntazam o`rganib tahlil qilib borish, o`quvchilar bilimlaridagi bo`shliqlarni aniqlash, ularni to`ldirish choralarini ko`rish, iqtidorli o`quvchilarni izlab topish, ularning qobiliyatlarini ro`yobga chiqarish uchun yetarli shart – sharoitlar yaratish, o`qituvchilarning reytingini aniqlashda iborat tizimni joriy etish va shahar xalq ta’limi bo`limining 2011 yil 10 – yanvardagi 4/1 – sonli buyrug`i
|
VI. “Ilg`or pedagogik texnologiyalar bo`yicha tajriba – tadqiqiot maydonlari”
|
Maqsad: “Xalq ta’limi tizimi faoliyatini mazmunan takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo`yicha chora – tadbirlar” ijrosini ta’minlash, umumiy o`rta ta’limning uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standartlari shartlari va o`quv dasturlarini amaliyotgan sifatli joriy etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni tizimga keltirish va ularni sinovdan o`tkazish. Tajriba – tadqiqot ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. – moslashtiruv bosqichi – 2010 – 2011 o`quv yilining 3 – 4 choraklari; – faol bosqich – 2011 – 2012 o`quv yili; – yakunlovchi bosqich – 2012 – 2013 o`quv yili (Xalq ta’limi vazirligining 2010 yil 20 – dekabrdagi 289 – sonli buyrug`i)
|
|