• Kichik guruhlarda ishlash
  • «Kelishuvlar»




    Download 3.28 Mb.
    bet6/20
    Sana04.04.2017
    Hajmi3.28 Mb.
    #3129
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    «Aqliy hujum» qoidalari:

    barcha ishtirok etadi, barchaga fikrini bildirish imkoniyati yaratilishi lozim;

    har qanday g'oya, fikr qabul qilinadi;

    izohianmaydi va tanqidiy mulohaza bildirilmaydi;

    vaqt chegaralariga amal qilinadi.
    Kichik guruhlarda ishlash
    Kichik guruhlar kattalariga nisbatan faoliyat uchun kengroq imkoniyatlar yaratadi. Kichik guruhlardagi bahslar katta guruhlar ishini rag'batlantiradi.

    Dars o'tish jarayonida katta gurah bir necha kichik guruhlarga bo'linadi, har bir guruhda to'rt – besh o'quvchi bo'ladi, ular ko'tarilgan muammoni muhokama qiladilar, yechimini taklif qiladilar. Ushbu metod har bir o'quvchiga faol ishtirok etish, o'zining shaxsiy ish maromini tanlash imkoniyatini yaratadi. Har bir ishtirokchi o'z fikri bilan barchaga yordatn beradi. O'z qarashlarini bildirish orqali ular o'z imkoniyatlarini his qiladilar, ularga ishonchlari ortadi.

    Kichik guruhlarda ishlash qoidalari:

    guruhlarga bo'layotganda o'yin usullaridan (meva, gul turlari va h.k.) foydalaning;

    har bir guruh oldiga aniq vazifa qo'ying, uni o'quvchilar uchun tushunarli bo'lgan shaklda yetkazing;

    guruh ichidagi kichik guruhlar vazifa oladi, keyin hamma baravariga uni bajarishga kirishadi;

    vazifa bajarilgach, muammo katta guruhda muhokama qilinadi, buning uchun har bir kichik guruh vakili barcha ishtirokchilarni o'z guruhi fikri va ish natijalari bilan tanishtiradi;

    o'qituvchi ekspert vazifasini bajaradi, yakun yasaydi va zarurat tug'ilsa, guruhlar taqdimotiga odob bilan, izzat – nafsiga tegmaydigan qilib qo'shimcha kiritadi.




    Download 3.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 3.28 Mb.