-Variant 1.Tannarxini tahlil qilish va baholash




Download 0,52 Mb.
bet19/38
Sana19.01.2024
Hajmi0,52 Mb.
#140675
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Bog'liq
1 dan 7 gaca

5-Variant


1.Tannarxini tahlil qilish va baholash.

Tannarx ishlab chiqarish yoki mahsulotlar (ish, xizmatlar) – tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy vositalar, mehnat resurslari, shuningdek, ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa sarflarni qayta ishlash jarayonida foydalaniladigan qiymat bahosini o‘zida aks ettiradi


Mahsulot tannarxi – ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichidir. Unda xo‘jalik faoliyatining barcha jihatlari, barcha ishlab chiqarish resuruslaridan foydalanish natijalari aks ettiriladi. Mahsulot va xizmatlar tannarxi darajasiga foyda miqdori va rentabellik darajasi, korxonaning moliyaviy holati va to‘lov qobiliyati
bog‘liq bo‘ladi.
Tannarxni pasaytirish muammolari ayniqsa hozirgi bosqichda
alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Uni kamaytirish zaxiralarini
izlash ko‘plab korxonalarga o‘z raqobatdoshligini oshirish,
bankrotlikdan qochish va bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab qolishga
ko‘maklashadi.
Tannarx tahlili quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:
- tannarxning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari dinamikasi va uning o‘zgarish omillari tahlili;
- sarf-xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo‘yicha tannarx tahlili;
- 1 so‘mlik mahsulot uchun sarf-xarajat tahlili;
- sarf-xarajat tuzilmasi va dinamikasi tahlili;
- sarf-xarajatlarning moddalari bo‘yicha tannarx tahlili;
- tannarxning moddalari bo‘yicha omilli tahlili;
- tannarxni pasaytirish zaxiralarini aniqlash.
Tannarx tahlili vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- tannarx bo‘yicha biznes-reja asoslanganligini baholash;
- tannarx bo‘yicha eng muhim ko‘rsatkichlar dinamikasini o‘rganish va ular bo‘yicha tannarxni aniqlash;
- ko‘rsatkichlar dinamikasiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va ular asosida haqiqatdagi sarf-xarajatlarning rejadagidan og‘ish miqdori va sabablarini topish;
- mahsulotlar tannarxini pasaytirish zaxiralarini aniqlash

Маҳсулот таннархига киритиладиган харажатлар:


ишлаб чиқаришнинг моддий харажатлари
ишлаб чиқариш хусусиятига эга
ишлаб чиқаришга тегишли асосий воситалар ва номоддий активлар амортизацияси
ишлаб чиқариш аҳамиятига эга бошқахаражатлар

Маҳсулот таннархи бир турдаги маҳсулотни бевосита ва билвосита ишлаб чиқариш харажатларини шу маҳсулот миқдорига бўлиш орқали топилади


МТ = МХ+ИХ+СТ+А+БИХ / М


БИХ-бошқа ишлаб чиқариш харажатлари, сўм
ИХ-ишлаб чиқариш хусусиятидаги меҳнатга ҳақ тўлаш харажатлари, сўм
СТ-ишлаб чиқаришга тегишли бўлган ижтимоий суғурта тўловлари, сўм
МХ-ишлаб чиқаришнинг моддий харажатлари, сўм



Download 0,52 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Variant 1.Tannarxini tahlil qilish va baholash

Download 0,52 Mb.