Korxona faoliyatida biznes rejalashtirish




Download 0,52 Mb.
bet4/38
Sana19.01.2024
Hajmi0,52 Mb.
#140675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
1 dan 7 gaca
Ижтимоий оила педагогикаси, Muhammad Al-Xorazmiy, Signal
Korxona faoliyatida biznes rejalashtirish.

Rejalashtirish – qaror qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo`lib, bu jarayon davomida korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari atrofda ro`y berayotgan o`zgarishlarni inobatga olgan holda vaqt bo`yicha aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi. Mazmuniga ko`ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish turlariga bo`linadi.
Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha (iqtisodiy, texnik, ijtimoiy va hokazo) jihatlarini qamrab oluvchi rejalashtirish turi bo`lib, asosan bir yilga mo`ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi shaklida amalga oshiriladi. Mazkur rejalashtirish turining soddalashtirilgan ko`rinishi ko`pincha korxona faoliyatining yillik rejasi deb ataladi.
Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish texnik-iqtisodiy rejalashtirishning davomi bo`lib, korxona faoliyati yillik rejasini yanada qisqaroq muddatga - sutka, o`n kunlik, oyga bo`lib muayyanlashtirish bilan tavsiflanadi. Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish-kalendar’ rejalashtirish va dispetcherlashdan iborat bo`ladi.
Kalendar rejalashtirishda korxona yillik rejasida va birinchi o`rinda ishlab chiqarish dasturi(mahsulot tayyorlash rejasi)ni o`n kunlik, hafta, kun va smena bo`yicha aniqlashtirish hamda bu ko`rsatkichlarni bajaruvchilarga etkazish ko`zda tutilgan.
Dispetcherlashtirish oylik, o`n kunlik, kunlik sutka-smenalik rejalarni bajarishni tezkor boshqarishda ifodalanadi.
Rejalashtirish - Tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab berishni ifodalaydi. Oxirgi holatda gap korxona faoliyatini bashorat qilish haqida borishi mumkin. Bashorat qilishni rejalashtirishning boshlanishi va uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan davomi sifatida ko`rib chiqish mumkin. Rejalashtirish va bashorat qilish o`zaro aloqada bo`lgan ikkita jarayon bo`lib, xo`jalik faoliyatini avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori natijalarga erishish asosida yuritishni ko`zda tutadi.
Rejalarning har bir turi kabi, biznes-reja ham, bo`lim va ko`rsatkichlardan iborat bo`ladi. O`ntagacha bo`limni o`z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va tuzilishiga ko`ra, eng maqbul hisoblanadi. 1. Tanlangan biznes kontseptsiyasi.
2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar).
3. Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari tavsifnomasi.
4. Boshqaruv (menedjment).
5. Bozor tadqiqoti va tahlili.
6. Marketing harakatlari rejasi.
7. Ishlab chiqarish rejasi.
8. Tavakkalchilikni baholash.
9. Moliyaviy reja.
10. Biznes-loyihaning samaradorligi.
Marketing rejasi-Asosiy vazifasi korxonaning bozordagi imkoniyatlariga baho berishdadir. Marketing rejasining asosiy elementlari sifatida tovarlarni tarqatish tizimi, bahoni shakllantirish, reklama, savdoni rag’batlantirish usullari, sotilgandan keyingi xizmat ko`rsatishni tashkil qilish, korxona (firma) va uning mahsulotlari haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish kabilarni ko`rsatib o`tish mumkin.
“BOZOR TADQIQOTI VA TAHLILI” -Bo`limida tanlangan bozor asoslab beriladi, xaridorlarni korxona mahsulotlariga jalb etuvchi raqobatchilik usullari hamda bozorda bahoni shakllantirish va hokazolar ko`rib chiqiladi.
“Ishlab chiqarish rejasi”- Salohiyat xaridorlarga kerakli mahsulotlar hajmini o`z vaqtida ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudligini ko`rsatadi. Mazkur bo`limda quyidagilar o`z aksini topadi: yangi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotgan korxonada tovar ishlab chiqarish joyi; buning uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish quvvatlari va ularning o`sish istiqbollari; xomashyo va material etkazib beruvchilar; ishlab chiqarish kooperatsiyasi; ishlab chiqarish oqimlari tizimini tuzish; sifatni nazorat qilish jarayoni; foydalaniladigan standartlar; vujudga kelishi mumkin bo`lgan ishlab chiqarish xarajatlari.
“Tavakalchilik va sug’urtalashni baholash”- Bo`limi ikki qismga bo`linadi. Birinchi qismda tavakkalchilikning barcha turlari (yong’in, zilzila, soliqni boshqarishdagi o`zgarishlar va valyuta kursining tebranishi) oldindan hisoblab chiqiladi. Ikkinchi qismda esa tavakkalchilik xavfining oldini olish, ya`ni tavakkalchilik va zararlarni qisqartirish chora-tadbirlari ko`rsatiladi, shuningdek, tavakkalchilik xavfidan sug’urtalash dasturi amalga oshiriladi.
Moliyaviy reja- biznes-rejaning yakunlovchi bo`limi bo`lib, korxona faoliyatining natijalarini tavsiflaydi.
Rejalashtirish jarayoni deganda rejali-iqtisodiy masalalarning turkimlarini va ruyxatini, ketma-ketligini, ularning yechish vositalari va usullarini tushunish lozim. Rejalashtirish bu korxona uchun maqsadlarni tanlash jarayonini bildiradi, shu bilan birga ushbu maqsadlarni amalga oshirish yo’lida qanday yechimlar qabul qilish lozimligini ko’rsatadi. Ustuvor (strategik) rejalashtirish barcha boshqarish yechimlari uchun asosini ta’minlaydi. Uning faoliyatiga resurslar (sarmoyalar, yer, Mehnat, tadbirkorlik kobilyati) ni taksimlash, tashki muhitga moslashuv, ichki muvofiklashuv va tashkiliy bosh vazifani tanlash kabilar kiradi. Bosh maqsad oliy rahbar tomonidan
shakillanadi va ishlab chiqiladi. SHaxsiy korxonalarda korxonaga asos solgan odam (mulkdor) o’zining maqsadlarini kushib olib borishi va uni korxona rejasida amalga oshirishi mumkin. Bosh vazifa va maqsadlarni aniqlangandan keyin rahbariyat tashki muhitni quyidagi uchta ulcham bilan baholaydi:
1).Joriy rejalashtirishning har xil yo’nalishlarda paydo bo’ladigan o’zgarishlarni baholash:
2). Korxonaning joriy bosh yo’nalishi uchun qaysi omillar xavf solishini aniqlash.
3). Rejani to’g’rilash yo’li bilan korxonaning maqsadlariga erishish uchun qaysi omillar yuqori imkoniyatga egaligini aniqlash.
Omillar sifatida quyidagilarni tahil etish lozim:
Iqtisodiy, siyosiy, bozor, texnologik, xalqaro, raqobatchilik va ijtimoiy xulk, tashki xavf va imkoniyatlar ruyxati.
Rejaning hamma ko’rsatkichlari bo’yicha boglangan umumiy yechim olish uchun ba’zi bir masalalarni o’zaro kichiq yechimlarini moslash usullarini ishlab chiqish, har bir masalani quyilishi va yechimi uchun javobgar bo’limlar tarkibi va shaxslarni aniqlash va nixoyat umumiy reja bo’yicha belgilangan davrada yechim qabul qilish katta ahamiyatga ega. Yechim qabul qilishda hisobga olishning mavjud usullari va tavakkal baholashlarni tahil etishga asoslanib, olimlar( O. Lange, P. Fishberna, T. Bochkan, R Kinni, X Rayfi, A. Pervozvanskiy, L. Yevlanov, O. Lorichev va boshqalar ) ikkita asosiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatgan edilar. Bu usullar foydalilik nazariyasi va «muvozanatli ifodalash» usulidir. Foydalilik nazariyasi ma’lumotlari noaniqligi darajasi tobeligidan kelib chiqkan ko’pgina
mumkin bo’lgan yechimlarni qisqartirish usullrini beradi. Juda ko’p mumkin bo’lgan yechimlarda yagona yechim qabul qilishni insonga yuklatiladi.
Rejalashtirishning uslublari alohida ko’rsatkichlar va rejaning bo’limlarini ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan, ularni o’zaro muvofiklashtirish va boglash hamda rejaning bajarilishini tahil etish uchun zarur bo’lgan texnikaviy-iqtisodiy va iqtisodiy- matematik hisoblashlarning muayyan usullarini ifodalaydi. Rejalashtirishning talimoti (ilmiy metodologiyasi) ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish rejalari ishlab chiqishning umumiy talablari va usullari yigindisidir. U uslublar va rejalashtirishni tashkil etish amalga oshiriladi.
Rejalashtirishning ilmiyligi ilmiy kerakli ilmiy bashorat qilish, jamiyat extiyojini aniqrog o’rganish, o’zok muddatli oldindan bilishni ishlab chiqish,
hisoblashdagi variantlar o’tkazishlarni kuzatadi. Ilmiy-texnik taraqqiyotlar, matematika, iqtisodiy kibernetikaning barcha yo’nalishlari zamonaviy EXT lari, rejaning texnik-iqtisodiy asoslangan barcha ko’rsatkichlari va ilmiy asoslangan me’yor va me’yorlashlarning ilg’or tizimlarini qo’llashlarini hisobga olgandagina rejalashtirishning ilmiyligini oshirishga erishiladi.
Rejalashtirishning muhim vazifalaridan biri: istiqboldagi va joriy rejalarni ishlab chiqa olish bilimlarni shakillantirish va rejalarni ishlab chiqishdagi ilmiylik darajasini oshira olish bo’yicha korxona jamoasi mo’ljallangan chora tadbirlarni ruyobga chiqarish.
Korxona tuzilishini loyihalash uchun uning muhim rejalariga asoslanish lozim.
Tashkiliy tuzilishni ishlanmasining ketma-ketligi rejalashtirish jarayoni unsurlarining
ketmaketligiga o’xshash. SHunday tashkiliy tuzilishni tanlash mumkinki,
korxonaning muhim rejalariga mos kelsin va atrof muhit bilan o’zaro ta’siri
samaralikni ta’minlasin va mo’ljallangan maqsadga erishilsin. Tashkiliy tuzilishning
ishlanma harakatining ketma-ketligi quyidagicha:
-korxonani gorizontal bo’yicha keng bloklarga bo’lishni amalga oshirish; -turli lovozimlarning vakolatlari nisbatini aniqlash; -lavozim majburiyatlarini aniqlash.
Tavakkallikni baholash.
Bozor sharoitida korxonalarning faoliyat ko’rsatishlari xo’jalik holatlarining
barqarorligi, raqobatning mavjudligi, extiyojning o’zgaruvchanligi va tuzilishining
o’zgarib turishlari, ishlash sharoitlarining doimiy o’zgarishlari, ya’ni korxonalarning
tavakkalli ishlashlari bilan bog’lik bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida korxonalar o’z ishlarini uddalamok uchun yangi toifadagi rejalashtirishga o’tishlari
lozim. Bozor sharoitida tavakkallikning mavjudligi mijozlar va tashish xajmlarini
yo’qotish, extiyojini noto’g’ri baholash, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik,
extiyot materiallarni keragidan ortiqcha bunyod etish kabilar o’zlariga mos eng
munosib (optimal) reja yechimlarini beradigan variantlarni aniqlash lozimligini
belgilaydi.

Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxona faoliyatida biznes rejalashtirish

Download 0,52 Mb.