|
Cisco packet tracer dasturida wan tarmoqlarini loyihalash ishning maqsadiBog'liq 7-amaliy ish
7-amaliy ish
CISCO PACKET TRACER DASTURIDA WAN TARMOQLARINI
LOYIHALASH
1. Ishning maqsadi
Ushbu laboratoriya ishi quyidagilar uchun mo’lallangan:
- Ma’lumot uzatish tarmoqlarida WAN tarmoqlarni qurish va statik
marshrutizatsiyani sozlashni o’rganish.
- EIGRP masofa-vektor marshrutizatsiya protokolini sozlashni o’rganish.
- OSPFv3 dinamik marshrutizatsiya protokolini sozlashni o’rganish.
2. Qisqa nazariy ma’lumotlar
2.1.
Statik
marshrutizatsiya
hozirgi
kunda
maxsus
maqsadlarda
qo’llanilmoqda. Statik va dinamik marshrutizatsiya ko’pincha birgalikda ishlatiladi.
Statik marshrutizatsiya quyidagi vaziyatlarda ishlatiladi:
–
kelgusida
kengaytirish
kutilmaydigan
kichik
tarmoqlarda,
marshrutizatsiya jadvalini qulay sozlash uchun;
–
berk tarmoqni marshrutizatsiyasini ta’minlash uchun (berk tarmoq boshqa
uzoqdagi tarmoqlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lmaydi);
–
bitta marshrutni doimiy ishlatishda (marshrutizatsiya jadvalidagi boshqa
marshrutlarga to’g’ri kelmaydigan ixtiyoriy tarmoqqa yo’lni ko’rsatish uchun).
Statik marshrutizatsiya kichik tarmoqda ishlashda qiyinchiliklarga olib
kelmaydi. Statik marshrutlar yangilanish to’g’risidagi xabarlarni jo’natmaydi va
katta hisoblash resurslarini talab qilmaydi.
Statik marshrutizatsiyani kamchiliklari:
–
statik marshrutizatsiyani katta tarmoqlarda ishlatish qiyinchiliklarga olib
keladi;
–
statik marshrutlarni boshqarishni sozlash ko’p vaqt talab qiladi;
–
kanalda uzulish bo’lganda statik marshrut trafikni qayta marshrutlashni
amalga oshirmaydi.
2.2.
Cisco Systems kompaniyasining EIGRP protokoli IGRP protokolining
dastlabki versiyasining takomillashtirilgan ko’rinishi hisoblaniladi.
Protokol gibrid hisoblanadi va Diffusing-Update Algorithm (DUAL)
algoritmiga asoslangan. U oraliq-vektorli va aloqa kanali holati bo’yicha
protokollarning eng yaxshi jihatlarini o’zida nomayon qiladi.
EIGRP ning oxirgi versiyasi marshrutizatsiya jadvali elementlarini
buzg’unchilar yozib olishga imkon bermaydigan va MD5 kaliti asosida
autentifikatsiyalaydigan himoyalash vositasiga ega.
Bundan tashqari, bugungi kunda EIGRP uchun IPv6 qo’llab quvvatlaydigan
vositalar ishlab chiqilmoqda. EIGRP ning asosiy kamchiligi yopiq hisoblanishi va
faqat Cisco Systems qurilmalarida ishlashidir.
EIGRP protokoli 5 xil paket turidan foydalaniladi.
−
Salomlashish (hello) paketi
. Qo’shni marshrutizatorlarni aniqlash va
qo’shni marshrutizatorlar bilan bo’g’lanish munosabatlarini qo’llab quvvatlash
uchun ishlatiladi.
−
Yangilash paketlari
. Mashrut to’g’risidagi maʼlumotlar qo’shni EIGRP
qurilmalariga yuboriladi.
−
Tasdiqlash paketlari
. Ishonchli yetkazib berish yordamida yuborilgan
EIGRP xabari olinganligini tasdiqlashda ishlatiladi.
−
So’rov paketlari
. Qo’shni qurilmalardan marshrutlarni so’rashda
ishlatiladi.
−
Javob paketlari
. EIGRP so’roviga javob yuboriladi.
|
| |