−
marshrutizatsiya jadvalida tez bir
xillikka erishish- tarmoq
o’zgarganligini tez
translyasiya qilish;
−
masshtablik – kichik va katta tarmoqqa ishlatishga mo’ljallangan.
Ierarxik tuzilishni qo’llab quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area) ga
guruhlash mumkin;
−
xavfsizlik – MD 5 Message Digest autentifikatsiyasini qo’llab
quvvatlaydi. Agar bu funksiya yoqilgan bo’lsa, OSPF marshrutizatorlari
oldindan
berilgan bir xil parolli teng huquqli tugundan marshrutizatsiyaning faqat shifrlangan
xabarlarini qabul qiladi.
Administrativ distansiyasi (AD) – marshrut
manbasining ishonchlilik
qiymatini ko’rsatadi. OSPF protokolining AD si 110 ga teng.
OSPF protokoli 3 ta ma’lumotlar bazasini yaratadi va xizmat ko’rsatadi:
−
qo’shni qurilmalar to’g’risida ma’lumotlar bazasi – qo’shni
qurilmalarning jadvalini yaratadi;
−
kanal xolati to’g’risida ma’lumotlar bazasi (LSDB) –
topologiya
to’g’risida
jadval yaratadi;
−
jo’natmalar ma’lumotlar bazasi – marshrutizatsiya jadvalini yaratadi.
OSPFv3 versiyasida LSA xabarining 2 turi kiritilgan. 8 tipdagi LSA xabari
lokal tarmoqda ko’chkili jo’natish uchun foydalaniladi. 9
tipida LSA chegara
marshrutizator hududida shakllantiriladi.