1-mavzu: O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana03.06.2024
Hajmi0,68 Mb.
#259557
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZUB O‘ZBEKISTONDA TABIATNI MUHOFAZA QILISH



1-MAVZU: O‘ZBEKISTONDA TABIATNI MUHOFAZA QILISH 
 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan boshlab Rio-de Janeyro 
Konferensiyasida qabul qilingan ekologik siyosatni, ya’ni atrof-muhit sifatini 
yaxshilash 
va 
aholi 
salomatligini 
mustaxkamlashga 
qaratilgan 
ishlarni 
muvafaqqiyatli amalga oshirmoqda. 
Ekologik muammolarni hal etishning asosiy yo‘nalishlari, Vazirlar 
Maxkamasi, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat Qo‘mitasi, turli 
tashkilotlar hamda davlat tomonidan qabul qilingan atrof-muhitni muhofaza 
qilishning milliy xarakat rejasi, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha gigienik milliy 
harakat rejasi, biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha milliy xarakat rejalari va 
strategiyalarida o‘z aksini topgan. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning eng muhim vazifasi aholi sonining 
o‘sishi, shaharlararo transport orqali yuk tashish, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishini rivojlantirish bilan bog‘liq ravishda atrof-muhit muhofazasi 
muammolarini hal etish, ya’ni tabiiy resurslarni qayta ishlash va ulardan oqilona 
foydalanish masalalarini hal etishdan iboratdir. O‘tish davrida, shubxasiz, tabiiy 
resurslardan foydalanish darajasi o‘zgaradi va atrof-muhitning ifloslanishiga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Bunday sharoitda Ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish davlat Qo‘mitasi 
tomonidan tabiiy resurslarni tejab-tergab sarflash va kam chiqitli texnologiyalardan 
foydalanish kabi ekologik siyosatni qo‘llashni taqozo etadi. Shunga qaramasdan 
respublikada quyidagi ekologik muammolar hal etilmay qolmoqda: 
1. Orolbo‘yidagi ekologik tang ahvol. 
2. Yer, suv, biologik resurslarning qisqarishi. 
3. Yer, suv, biologik xilma-xillikka va atmosfera havosining sifatiga qo‘shni 
davlatlarning ta’siri. 
4. Tabiiy holatni va uning ifloslanish manbalari, shuningdek tabiiy resurslardan 
foydalanishni nazorat qilish uchun texnik va metodik imko-niyatlarning 
cheklanganligi. 
5. Atrof-muhit holatini analitik nazorat qilish uchun maxsus asbob-uskunalar 
ishlab chiqaruvchi korxonalarning mavjud emasligi. 
6. Tog‘-qon chiqindilari, avvalgi uran konlari, ayniqsa ularning chegara 
hududlaridagi holati. 
7. Sanoat va maishiy turmush chiqindilarini qayta ishlovchi va o‘zlash-tiruvchi 
tizimning takomillashmaganligi. 
8. Tabiiy atrof-muhit va ularning ifloslanish holati bo‘yicha yetarli ekologik 
bank tizimi ma’lumotlarining yetarli bo‘lmasligi. 
Tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali 
foydalanish masalalari makroiqtisodiyotini isloh qilish jarayonida uning diqqat 
markazida turmog‘i lozim. 
O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish 
sohasidagi birinchi navbatdagi vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 


1. Jamiyatning ta’lim olish va intellektual potensiali o‘sishini ta’minlovchi 
sharoitni yaratish. 
2. Atrof-muhit holatini yaxshilash hamda global ekologik muammolarni hal 
etish uchun ko‘proq mablag‘ ajratish. 
3. Genetik fondni, turlar xilma-xilligi va landshaftlarni saqlash. 
4. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillash-tirish. 
5. Maxsus muhofazaga olingan hududlarni boshqarish bo‘yicha dasturlar ishlab 
chiqish. 
6. Atrof-muhitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo‘yicha nazorat tizimini 
takomillashtirish va rivojlantirish. 
7. Xususiylashtirish jarayonida ekologik talablarga rioya qilish va atrof-
muhitga zarar keltirgani uchun javobgarlik kabilarning nazorat mexanizmlarini 
yaratish. 
8. Ekologik xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar 
sohasida ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish. 
9. Ekologik axborotlar va atrof-muhit monitoringi bo‘yicha bank tizimini 
yaratish. 
10. Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha idoralarning faoliyatini yoritib turuvchi 
markazlashgan axborot tizimini yaratish. 
11. Ekologik ta’lim va tarbiya tizimini yanada rivojlantirish. 
12. Xarqaro ekologik normalar va standartlar bo‘yicha bosqichma-bosqich 
dasturlar ishlab chiqarish. 
13. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ekologik toza texnologiyalar, 
chiqindilarni zararsizlantirish va o‘zlashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik ishla-rini olib 
borishni davom ettirish. 
14. Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish masala-lari 
bo‘yicha jamiyatdagi ekologik tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va 
birgalikda ekologiyaga oid qarorlar qabul qilish. Tabiiy resurslarga qazilma 
boyliqlar, iqlim, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonlar, kosmik resurslar, atom resurslari 
kiradi. 



Download 0,68 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish

Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish