Atmosferada “Ozon tuynuklari”ning hosil bo‘lishi, iqlimning o‘zgarishi,
cho‘llashish, biologik xilma-xillikning kamayishi va boshqalar global ekologik
muammolar hisoblanadi.
Inson hayoti uni o‘rab turgan atrof-muhit bilan chambarchas bog‘liq. Bizni
o‘rab turgan tabiatni chindan ham ona tabiat desa bo‘ladi. Chunki u butun borliqni
hayot baxsh nafasi bilan ta’minlab turadi, to‘ydiradi, kiyintiradi. Ana shunday
tabiatning ozor topishi u bilan bevosita bog‘liq odamzod va jonivorlarni zo‘r
tahlikaga solib qo‘yishi mumkin.
Sanoat korxonalari chiqindilarining havoga chiqarib tashlanishidan hosil
bo‘ladigan kislotali yomg‘irlar o‘simliklarga va tirik organizmlarga katta zarar
keltirmoqda. Atrof-muhitning ifloslanishi mahalliy, mintaqaviy tusda bo‘libgina
qolmay, balki umumbashariy ko‘lam ham kasb etmoqda.
Dunyo okeanining ifloslanishi, o‘z navbatida uning atmosfera havosi bilan gaz
almashinuviga ta’sir etadi. “Issiqxona gazlari” – karbonat angidrid (SO
2
), metan
(SN
4
), azot chala oksidi (N
2
O) va boshqalarning ko‘plab chiqarilishi iqlim
o‘zgarishiga olib keladi.
Inson so‘nggi 100-150 yil davomida biosferani shunchalar o‘zgartirib
yubordiki, natijada uning million yillar davomida tarkib topgan barqaror
muvozanatiga rahna solindi, noyob nabotot va jonivorlar turlari kamayib ketdi.
Insonning tabiatga turli yo‘llar bilan ta’sir qilishi, faoliyati tufayli bo‘ladigan
tabiiy o‘zgarishlarga