|
Kitob bizni do`stimiz
|
bet | 1/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 42,36 Kb. | | #232735 |
Bog'liq 1-SINF O`QISH DARSIDA “KITOB BIZNI DO`STIMIZ” MAVZUSINI O`RGATISH METODIKASI
MAVZU: 1-SINF O`QISH DARSIDA “KITOB BIZNI DO`STIMIZ” MAVZUSINI O`RGATISH METODIKASI
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………
I.BOB. 1-SINF O`QUVCHILARIGA “KITOB BIZNI DO`STIMIZ” MAVZUSINI O`RGATISH METODIKASI
1.1. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda kitobxonlik ko’nikmasini shakllantirish………………………….
1.2. Boshlang`ich sinf “O`qish kitobi” darsliklarida “Kitob bizning do`stimiz” mavzusini keng yoritilishning samarali usullari…………………………………..
II.BOB. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING KITOB MUTOLAASIGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH
2.1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish……………………………………………………………………………..
2.2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarini oilada kitobxonlikka o’rgatish texnologiyasi.
III. XULOSA………………………………………………………………………
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, kitobxonlik o’quvchilarning aql-zakovatini, yuksak ma’naviyatini, ijodiy qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishda, kitobga mehr-muhabbat hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma’lum tizimdir. Bu tizim boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy, ma’naviy, axloqiy rivojlanishini ham ta’minlaydi, kitob o’qish ishtiyoqini hosil qiladi. Har bir inson dastlabki tarbiyani, ya’ni ma’naviy ozuqani oilada ota-onadan oladi. Keyin esa maktabga boradi. Jamoada o’zini qanday tutishni o’rganadi. Ma’naviy ozuqa olishning, chin inson bo’lib yetishishning birdan-bir yo’li bu kitob mutolaasi hisoblanadi. Inson kamoloti va bilimining manbai kitob bilan bog’liq. U insonni komillik sari yetaklaydi. Darhaqiqat, bu ma’naviy sarchashma farzandlarimizning dunyoqarashini boyitadi, nutqini o’stirib, xotirasini mustahkamlaydi. Kitob maslahatchi, sadoqatli hamrox, eng yaqin do’st va bebaho boylik hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning o’rni muhim. Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo’shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitob o’qish ko’nikma, malakalarini shakllantirish, uning metodik, pedogogik talablarini ishlab chiqish hozirgi kunning muhim talabdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi (2017- yil, 13- sentabr) Qarori [1], “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi Farmoyishi [2] kitobxonlikni boshlang’ich sinfdanoq boshlash zaruratini yana bir bor isbotladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitobxonlik ko’nikmasini shakllantirish – tegishli yosh davri o’quvchilari tomonidan kitob o’qish (to’g’ri, tezkor, ifodali va tushunib o’qish) hamda kitobxonlik (o’qish qoidalaridan xabardorligi, kitob (badiiy asar)ni tanlashi, kitob o’qishga odatlanishi va bu yo’lda harakatlarni izchil, doimiy tashkil etishi, kitob o’qishdan zavqlanishi, asar mazmunini tushunishi, kitob o’qishdan olgan taassurotlarini atrofdagilar bilan o’rtoqlashish ko’nikmalarining malakaga aylanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat jarayonidir. Bunday ishlarni amalga oshirishda boshlang’ich sinflarda tashkil qilinadigan kitobxonlar burchagining tashkil qilishning ahamiyati katta. Bolalarning kitobga bo’lgan qiziqishlarini va undan foydalanishning eng oddiy malakalarini tarbiyalash maqsadida boshlang’ich sinflarda har bir sinfdada kitobxonlar burchagi tashkil etish mumkin. Kitobxonlar burchagi o’zining tashqi ko’rinishi bilan bolalarni o’ziga jalb qilishi kerak. Kitobxonlar burchagiga bolalar hayotidan, ertaklardan olingan rasmlardan osib qo’yish ham mumkin. Shoir va yozuvchilarning, masalan, Q.Muhammadiy, P.Mo’min, E.Vohidov, A.Oripov va boshqalarning portretlarini osib qo’yish mumkin. Bu adiblar bilan ularning yozgan asarlari haqida ularning kitoblarini bolalarga o’qib berayotgan vaqtda tanishtirib boradi. Har bir sinf uchun alohida kitoblar tanlanadi. Qo’shimcha adabiyotlar ham o’qituvchi tomonidan tanlanib, kitob javonida saqlanadi.
|
| |