|
Kitob bizni do`stimiz
|
bet | 2/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 42,36 Kb. | | #232735 |
Bog'liq 1-SINF O`QISH DARSIDA “KITOB BIZNI DO`STIMIZ” MAVZUSINI O`RGATISH METODIKASIKurs ishining ob’ekti: Mavzuga aloqador bo’lgan savodxonlik darslarining ko’rgazmali qurollari va mantiqiy fikrlashni takomillashtirish metodlari.
Kurs ishining maqsadi: 1-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsida ko'rgazmalilik asosida o'quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish mavzusini o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining predmeti: Ona tili va o’qish savodxonligi darslarining amaliy ahamiyatining mazmuni hamda vazifalari.
Kurs ishining vazifalari:
- Ona tili va o'qish sohasining maqsad va vazifalarini o’rganish;
- Boshlang’ish sinflarda,fonetika, grammatika,to’g’ri yozuv va nutq o’stirish va ularning mantiqiy tafakkurga ta’siri haqida ma’lumot to’plash va tahlil etish;
–1-sinfda o‘qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish usullarini o’rganish va tadqiq etish;
- 1-sinf Ona tili darslarida o`quvchilarnig og`zaki, yozma nutqini rivojlantirish haqida ma’lumot to’plash,o’rganish va tahlil etishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish,ikki bob(4ta paragraph),xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I.BOB. 1-SINF O`QUVCHILARIGA “KITOB BIZNI DO`STIMIZ” MAVZUSINI O`RGATISH METODIKASI
1.1. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda kitobxonlik ko’nikmasini shakllantirish
O’qituvchi tomonidan tanlanib, kitob javonida saqlanadi. 1-,2- sinfning kitobxonlar burchagida 3-,4- sinf bolalari uchun mo’ljallangan kitoblar ham bo’lishi mumkin, xuddi shunday yuqori sinfning kitob burchagida ham 1-,2- uchun mo’ljallangan kitoblar bo’lishi kerak. Kitobxonlar burchagida tashkil etilgan (javon) kitob mavzular bo’yicha qo’yilib, ular bir-biridan ko’rsatkich taxtacha bilan ajratib qo’yiladi, ya’ni ko’rsatkich taxtachaga kitob mavzusiga taalluqli rasm yopishtiriladi. Masalan, tabiat to’g’risidagi kitobni yoki ertak kitobni bola osonlik bilan topib olishi uchun tabiat manzarasi tasvirlangan yoki ertak mazmuniga taalluqli rasm yopishtirilgan taxtacha bilan bir-biridan ajratib qo’yiladi. Kitobxonlar burchagida bir nomdagi kitobdan bir necha nusxadan (ikki, uchta) qo’yiladi, chunki bolalarining bir qanchasi bir vaqtda ko’rishni istaydi. Kitobxonlar burchagidagi kitoblarni vaqtivaqti bilan almashtirib turish kerak. Agar o’qituvchi kitobxonlar burchagidan qaysidir kitob onda-sonda olinayotganini ko’rsa, bu kitobni vaqtincha olib qo’yib, bir qancha vaqt o’tgach, yana kitob burchagiga qo’yishi kerak. Kitob uzoq saqlanishi, yirtilmasligi uchun bolalar kitob betini yaxshilab ko’rib bo’lishgach, u muqovalanib qo’yiladi. Kitobni shunday muqovalash kerakki, uning yuza qismi, undagi rasmlar ko’rinib tursin. Kitobxonlar burchagida kitoblardan tashqari bolalarning o’zlari mustaqil ko’rishlari uchun albomlar ham bo’lishi kerak. Undagi rasmlarni o’quvchilar o’zlari asar qahramonlari asosida chizgan bo’lishi ham mumkin. Hamma sinflardagi kitobxonlar burchaklarida har qaysisida 8-10ta rasm yoki fotosuratlar solingan bir necha papka (har bir guruhda 8- 10tadan) hamda bolalar chizgan rasmlar solingan bir necha papka bo’lishi kerak. Papkalarga undagi materiallarga tegishli illyustratsiyalar yoki manzaralar tasviri solib qo’yilgan bo’ladi. Bolalar rasmlarni ko’zdan kechirib bo’lganlaridan keyin ularni kerakli papkalarga joylashtiradilar. «Bizning O’zbekiston», «Toshkent – O’zbekistonning poytaxti», «Onalarimiz mehnati» «Bizning bayramlar», «Ertaklar olamida» va boshqa nomlardagi albom va papkalar bo’lishi mumkin. O’qituvchi bolalar bilan birgalikda kitob yoki rasmni ko’radi va ularni qanday asrash kerakligini ko’rsatadi. Yirtilgan kitoblarni yamash kitob burchagining zaruriy ish shakllaridan bo’lib, dastlab o’qituvchining o’zi bolalar oldida kitobni yamaydi, keyinchalik o’quvchilarning o’zlari bu ishni mustaqil bajaradilar. O’qituvchi bolalarning kitob burchagida o’zlarini qanday tutishlarini, kitobga qanday munosabatda bo’layotganliklarini, bolalarning kitobdagi rasmlarni ko’rishga qanchalik e’tibor berayotganliklarini nazorat qilib, bolalar bilan yakka tarzda shug’ullanadi. O’qituvchi darsdan tashqari qulay vaqtda bolalarni kitobxonlar burchagidagi kitoblar haqda suhbat o’tkazadi, asarlarni o’qib yoki hikoya qilib beradi, mualliflar bilan tanishtiradi, bolalarga oldingi mashg’ulotlardan tanish bo’lgan, shuningdek dasturga kiritilmagan asarlarni takror o’qib berish mumkin. Darsdan tashqari vaqtda tabiat haqidagi asarlarni, lirik she’rlarni, matal va kochirimlar, topishmoqlar va hokazolarni aytib berish bolalarning his-tuyg’ulariga katta ta’sir etadi. Darsdan tashqari vaqtda o’qib berilgan kitob haqida, yozuvchi va shoirlar haqida suhbatlar o’tkaziladi. Bu bolalarda badiiy asar namunalarini aytib berishga, kitobga qiziqishga yordam beradi. Kitobxonlar burchagidagi kitoblarni o’quvchilar o’qib bo’lganlaridan so’ng olgan taassurotlari yuzasidan tadbirlar o’tkazishlari mumkin. Bunday tadbirlar o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitobxonlik ko’nikmasini samarali shakllantirishda dastlab bu jarayonni tashkil etishda nimalarga e’tibor qaratish zarur, degan savolga javob topish talab etiladi. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratish pedagogik faoliyatning metodik jihatdan to’g’ri, muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta’minlaydi: 1. O’qituvchi, ota-onalar, oila a’zolarining kitobxonlik borasida boshlang’ich sinf o’quvchilariga namuna ko’rsata olishlari. 2. Maktabgacha hamda boshlang’ich ta’lim yoshi bolalari qiziquvchan bo’lishadi; ularning qiziquvchanligi sersavol bo’lishida yaqqol namoyon bo’ladi; o’quvchilarning xuddi shu xislatlariga tayangan holda ularning e’tiborlarini qiziqarli badiiy kitoblarga tortish asosida bu xislatni yanada boyitish mumkin. 3. Kitob mutolaasi vaqtida faqatgina bolalar tomonidan savollar berilishiga erishib qolmay, shu bilan birga, vaqti-vaqti bilan ularga savollar asosida murojaat qilib, asarda bayon etilayotgan voqyelik, qahramonlarning xatti- harakatlariga nisbatan munosabatlarini aniqlashtirib borish fikrlash qobiliyatini shakllantirishga, o’z munosabatini mantiqiy bayon qilishga o’rgatib boradi. 4. Asar voqeligida tilga olinayotgan qahramonlar o’quvchilarning tasavvurini shakllantirishda o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. 5. O’qituvchi, ota-onalar yoki kutubxonachi tomonidan asar voqyeligining muayyan o’rinlarida qisqa-qisqa to’xtalishlar qilish orqali o’quvchilarga shu jarayonning qanday kechishini to’g’risida o’ylab ko’rishga oid topshiriqni berish ta’limiy ahamiyatga ega bo’lib, ularda mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Tegishli yosh davri o’quvchilarida kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirish jarayonining maqsadli, izchil, tizimli hamda samarali tashkil etilishida boshlang’ich sinflarga rahbarlik qilayotgan o’qituvchi muhim o’rin tutib, asosiy vazifani bajaradi. O’rganilayotgan jarayon tashkiliy-metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilishi zarur. Bunda boshlang’ich sinf o’qituvchisi kasbiy faoliyatni olib borishda quyidagilarlarga e’tibor qaratishi zarur: 1) boshlang’ich sinflar bosqichiga bog’liq ravishda o’quvchilar uchun ularning yoshi, psixologik xususiyatlari hamda jismoniy imkoniyatlariga muvofiq ravishda badiiy asarlarni tanlash; 2) o’quvchilar bilan guruh yoki jamoa asosida badiiy asarlarni mutolaa qilishda samarali bo’lgan shakl, metod va vositalarni tanlash; 3) o’z sinfida o’quvchilarning kitobxonlik ko’nikmalariga ega bo’lishlarini ta’minlash maqsadida oila, maktab axborot-resurs markazi, shuningdek, o’rta hamda yuqori sinf o’quvchilaridan iborat volontyorlar guruhi bilan hamkorlikka erishish; 4) ota-onalar, maktab kutubxonachisi va volontyorlar guruhi a’zolari bilan hamkorlikda badiiy asarlarni mutolaa qilishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat ish rejasini ishlab chiqish; 5) ota-onalar, maktab kutubxonachisi va volontyorlar guruhi a’zolariga boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan samarali ishlash yuzasidan metodik maslahatlarni tashkil etish yoki metodik yordam ko’rsatish. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ota-onalar, maktab kutubxonachisi va volontyorlar guruhi a’zolari bilan o’zaro hamkorlikda o’zi rahbarlik qilayotgan o’quvchilarning kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirish jarayonida kasbiy sifatlarga egaligini namoyon eta olishi zarur. Shuningdek, u “yuqori kasbiy mahoratli, nutqi ravon, mavzularni optimal yo’llar bilan tushuntira oluvchi, ijodkor va tashabbuskor, o’quvchilar bilan ta’limiy hamkorlikda ishlay oladigan, ularni mustaqil va mantiqiy fikrlashga yo’naltiruvchi bo’lishi kerak” [2]. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltiriladigan pedagogik-psixologik jarayon ma’lum talablar asosida tashkil etilishi zarur. Xususan: - o’quvchilarda badiiy adabiyotni idrok qilish va anglash qobiliyatini shakllantirishga erishish; bu jarayonda o’quvchilarning intellektual, bilish va hissiy faoliyati yotishini nazarda tutish; - mazkur jarayonning muayyan bosqichlardan iboratligini inobatga olish asosida pedagogik faoliyatni tashkil etish; - boshlang’ich sinflarda badiiy asarlarni mutolaa qilish jarayonining ovoz chiqarib o’qishga asoslanishi samarali ekanligini inobatga olish; - yorqin ranglar, e’tiborni tortadigan obrazlar bilan boyitilgan bolalarga mo’ljallangan, yuqori sifatli poligrafiya mahsuloti bo’lgan badiiy asarlarni tanlash; - badiiy asarlarni mutolaa qilish jarayonida o’quvchilarning tasavvur dunyosini boyitish, orzularini erkin bayon qilishlari uchun zarur imkoniyatni yaratish; - o’quvchilarni turli janrdagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirib borish; - bunda boshlang’ich sinf o’qituvchisi tomonidan o’quvchilarga badiiy asarlarning janrlari – proza (hikoya, qissa, ertak-roman), poeziya (she’r, ballada, qasida), dramaturgiya
Pedagogik va psixologik jihatdan boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirishda bir necha samarali usullardan foydalanish mumkin: 1-usul – o’qituvchi yoki kutubxonachi ishtirokida sinf o’quvchilari bilan jamoa bo’lib kitob mutolaa qilish. 2-usul – o’qituvchi yoki kutubxonachining kitobni ifodali, ohang bilan o’qitilishiga e’tiborni qaratishi (asar voqyeligidan kelib chiqqan holda personaj va obrazlarni ularning “tili”dan, mimika (yuz ifodasi), pantomimika (gavda harakati), turli jest (qo’l va oyoqlarning harakati) yordamida bayon etish, o’qish jarayonida ovoz ohangini turli holatlarda o’zgartirish) o’quvchilarda kitobga bo’lgan qiziqishni oshiradi. 3-usul – o’qituvchi yoki kutubxonachi tomonidan o’qilayotgan kitob imkon qadar kulgili voqeliklarga asoslangan, aksincha, fojiali hodisalarning bayoniga asoslanmagan bo’lishi zarur. Aksariyat boshlang’ich sinf o’quvchilari maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalangan bo’lishadi. O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarda yozish, o’qish, qayta hikoya qilib berish, hisoblash, rasm chizish va turli xomashyolardan rang-barang buyumlarni yasash ko’nikmalari shakllantiriladi. Shu sababli ular maktab ta’limiga muayyan amaliy ko’nikma va malakalarga ega holda kelishadi. Ammo, boshlang’ich sinflarda ta’lim oladigan o’quvchilarning muayyan qismi maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etilmaganligi, uyda ota-onalar yoki vasiy (buva-buvi)lar, oilaning yoshi katta a’zolari tomonidan e’tibor qaratilmaganligi sababli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini tavsiflovchi yozish, o’qish, qayta hikoya qilib berish, hisoblash, rasm chizish va turli xomashyolardan rang-barang buyumlarni yasash ko’nikma, malakalariga ega bo’lmaydi. Shunga ko’ra boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim jarayonida ushbu holatni inobatga olgan holda o’quvchilarni psixologik kuzatuvlarga asosan norasmiy ravishda quyidagi ikki guruhga ajratib olishlari mumkin.
|
| |