Boshlang’ich sinf o’quvchilarini oilada kitobxonlikka o’rgatish texnologiyasi




Download 42,36 Kb.
bet5/6
Sana14.05.2024
Hajmi42,36 Kb.
#232735
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-SINF O`QISH DARSIDA “KITOB BIZNI DO`STIMIZ” MAVZUSINI O`RGATISH METODIKASI

2.2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarini oilada kitobxonlikka o’rgatish texnologiyasi.
“Mutolaa” so'zi arabcha “o'qish” degan ma'noga ega bo'lsa-da, bugungi kunda u kitob o'qishdan ko'ra kengroq tushunchani anglatmoqda. A. Umarov fikricha: “Mutolaa” madaniyati ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida individlarning umumiy ma'lumot olishga yo'naltirilgan jarayon, xulq-atvor va faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi o'zgarishlar majmuini ifodalovchi bilimlar, me'yorlar, ijtimoiy hodisalar va boshqa atributlardir. Ayni chog'da mutolaa madaniyatini ta'lim tizimlari orqali maxsus shakllantiradigan, ixtisoslashgan ma'lumotni inson hayoti davomida turli manbaalar - kitoblar (badiiy, ilmiy, o'quv, qomusiy), ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televideniya, radio va shu kabilar), zamonaviy axborot texnologiyalari (internet, elektron gazeta, jurnal, qo'llanma va hokazolar), shuningdek, subyekt bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxslar (oila a'zolari,...) orqali ega bo'linadigan turli yo'nalish va shakldagi umumiy ma'lumotdan farqlash lozim bo'ladi» 2 . Professor E.I.Yo'ldoshev «O'qish madaniyati» tushunchasiga shunday ta'rif beradi: «O‘qish madaniyati - juda keng qamrovli tushuncha bo'lib, kitobga qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo'lishni, shuningdek, kitobdan to'la ravishda foydalanishga yordam beruvchi ko'nikma va malakaga ega bo'lishni taqozo etadi» Jumladan, axborot olish madaniyati badiiy adabiyotni to'g'ri tushunish, undan estetik zavq olish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma'lumot-bibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan o'zini qiziqtirgan ma'lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot okimlari orasidan kerakli, muhim bo'lgan ma'lumotlarni ola bilish, o'z kasbiy malakalarini oshirishda foydalanish, axborotkutubxona muassasasidan to'g'ri foydalanish yo'llarini o'rganish ham axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi. Axborot olish madaniyatini to'liq egallagan shaxsga nisbatan esa kitobxon terminini qo'llash o'rinlidir. Safo Matchon: «Kitobxonlik - o'qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib o'qish, ya'ni maqsadli o'qishdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kitobxonning yozuvchi aytmoqchi bo'lgan fikrini nechog'li uqishini, ya'ni asar «tili»ga tushunishi kitobxonlik madaniyati, talanti darajasi ko'rsatadi. Shu tufayli adabiyotimiz talantli yozuvchilar bilan birga talantli kitobxonlarga ham hamisha ehtiyoj sezadi». Uning fikricha kitobxonlik talanti tug'ma emas, balki tarbiya vositasida kamol topadi. Kitobxonlik haqida gap ketganda, olmon mutafakkiri Gyotening quyidagi fikrini keltirish joizdir: «Kitobxonlikka o'rganish uchun qanchalik ko'p vaqt sarf qilinishini odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men hayotimning 80 yilini bag'ishladim, lekin hali ham o'rgandim, deb ayta olmayman». Professor V.F.Asmus o'zining «Kitobxonlik - mehnat va ijod» nomli maqolasida esa kitobxonlikka shunday ta'rif beradi: «Mutolaa vaqtida asar bir ko'zadan ikkinchi ko'zaga kuyilgan suv kabi kitobxon miyasiga quyilib qolmay, balki ijodkor kitobxon tomonidan qayta idrok etiladi». «Taraqqiy etgan хorijiy mamlakatlarda,- deb yozadi H.To'xtaboуev,- kitobxonlik fan darajasiga ko'tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ'ib qilishgina emas, balki kitob o'qishni, o'qiladigan kitobni tanlay olishni, mag’zini chaqishni, ya'ni kitob yordamida o'zini anglashni o'rgatish hamdir».
Axborot-kutubxonachilik ishidagi mavjud tajriba shuni ko'rsatadiki, axborot olish madaniyatini tarbiyalashning eng samarali vositasi - axborot- kutubxonachilik bilimlarining o'quvchilar orasida targ'ib qilishdir. Buning eng samarali yo'llaridan biri bo'lib axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish hisoblanadi. Axborot olish, u bilan ishlashning asosiy usullari haqida ma'lumot berish axborotkutubxonachilik darslarining negizini tashkil etadi. Ushbu darslarda axborot bilan ishlash, kitob bilan tanishish, kitobni bevosita o'qish, eng muhimi, uni uqish, o'rganish malakalari singdirib borilishi kerak. Shuningdek, elektron kutubxonadan foydalanish, elektron kataloglar, ma'lumotlar bazalari haqida axborotga ega bo'lish, ulardan foydalanishni o'rganish kabilar kiradi. Bu esa o'z-o'zidan amalga oshadigan, jo'n narsa emas, albatta. Buning uchun axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislaridan juda keng bilim, mahorat talab qilinadi. Axborot-kutubxonachilik darslarini qay tarzda tashkil etish mumkin, degan savolga ham javob berib o'tish lozim. Tajriba shuni ko'rsatadiki, axborot-kutubxonachilik darslarini o'tkazish uchun sinfdan tashqari darslar va tarbiyaviy soatlardan alohida soatlar ajratib olish mumkin. Dars jadvali tuzishda asosan sinflar soni, nazariy va amaliy dars soatlari, o'qituvchi va kutubxonachi o'tkazadigan soatlar, darsni o'tkazish joyini, ya'ni sinfda yoki axborot-kutubxona muassasasida o'tkazilishini aniqab olish zarur. Ayni paytda bir necha tashkiliy masalalarni ham hal etish zarur. Chunonchi, ko'pgina o'qituvchilar dars berish uslubiyotini yaxshi egallagan bo'lsalar-da, axborotkutubxonachilik sohasida yetarli bilim va malakaga ega bo'lmaydilar. Kutubxonachilar esa aksincha. Shu sababli ham o'qituvchilarga axborot-kutubxonachilik sohasidan ma'ruzalar o'qib, ularni axborot-kutubxonalar faoliyati bilan tanishtirish, kutubxonachilarga esa dars o'tish qoidalari, uslubiyotini o'rgatish muhimdir. Bizningcha, hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda o'quvchilarda axborot olish madaniyatini tarbiyalashning o'ta muhimligini hisobga olib axborot-kutubxonachilik darslarini ommalashtirish, yo'lga qo'yish zarur. Avvalo, buning uchun masalaning tashkiliy jihatini hal etish, ya'ni axborot-kutubxonachilik darslarini yo'lga qo'yish yuzasidan qaror qabul qilish, shu qarorga asosan umumiy o'rta ta'lim muassasalari va axborot-kutubxona muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish va o'tkazishning aniq shakllarini ishlab chikish zarur. Bolalar kitobxonligini shakllantirishda maktab hamda ota-onalar zimmasiga nihoyatda murakkab va mas'uliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning o'zi ham yuksak didga ega va ma'rifatli va bilimli bo'lishlari kerak. Ma'lumki, bola kitob o'qishni bilgan taqsirdagina, kitob uning ma'naviy hayotida muhim rol o'ynaydi. Kitob bolaning ma'naviy boyishi uchun uni ma'naviy, aqliy, estetik o'sishga yo'llashi zarur. Buning uchun dastlabki turtki oilada bolaga o'qib berilgan birinchi kitob bo'lsa, ikkinchisi, bola otasi va onasining o'qishini eshitib, badiiy obrazlar go'zalligini tasavvur qilishi, kitob bilan ana shu birinchi va ikkinchi uchrashuv bolaning keyingi o'smirlik davrida uning ma'naviy hayotining barcha sohalari: mehnat, o'yin, musiqa, bolalar ijodi bilan bog’liq bo'lib, uni hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi zarur. Chunki, bola hayotini ijodiy mehnat, ertaklar olami, fantaziyalar, o'yin va musiqasiz tasavvur etish qiyin. Bularning barchasini kitobxonlik ham qamrab olsa, uning hayoti mazmunsiz, voqea-hodisalarning tub mohiyatini anglab olishga harakat qiladigan, turmush ziddiyatlarini tushunadigan aql-zakovatli ma'nan barkamol shaxs bo'lib yetishishiga yordam beradi. Ana shunday aql-zakovatni shakllantiruvchi, inson cha'naviy dunyosini boyituvchi vosita - bu kitob, kitobxonlikdir. Haqiqatan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yo'llasa, uni o'qimaslik johillikka, ma'rifatsizlikka olib kelib, natijada ma'naviy bolada qashshoqlik yuzaga keladi. Maktabda, oilada muhim vazifa - kitobxonlikni inson hayotida zaruriyatga aylantirishdan iborat. Agar kitobxonlik zaruriyatga aylanmasa, oilada ham, maktabda ham unga mehr-muhabbat, e'tibor kuchaytirilmasa farzandni kitobga bo'lgan munosabatini o'zgartirish mumkin emas. Oila kitobxonligi bu - oila a'zolarining aql-zakovati va yuksak ma'naviyatini shakllantiruvchi, inson ma'naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mehr-muhabbat hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma'lum tizimidir. Bu tizim o'smirlarning aqliy, ma'naviy, axloqiy, estetik rivojlanishi tizimidan iborat bo'lib, o'zbek oilalarining kitobxonlikka doir boy an'anasi va hozirgi davrda to'plangan boy tajribasiga asoslanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ma'naviyati rivojlanib boruvchi faol jarayon. Shu sababli ota-ona kitobdan foydalanishda quyidagi omillarga e'tibor berishlari lozim: 1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitob o'qish ishtiyoqini shakllantirish nihoyatda murakkab jarayondir. Bu masala ularlarning kitobxonlikka bo'lgan munosabatini belgilaydi. Tan olish kerak, Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bugungi kitobxonlik darajasi qoniqarli emas. Bu ijtimoiy muammodan chiqib ketishning yagona yo'li ota-onaning yordamga kelishidir. Maktabda o'qituvchi, uyda ota-ona bolada kitob o'qish ko'nikmasini hosil qilishi kerak. Bunda oddiydan murakkablikka, ya'ni murakkabligi jihatidan normal, bolaning kamolot darajasiga mos bo'lgan kitoblar tanlash qo'l keladi. 2. Kitob tanlashda bolaning ma'naviy darajasini hisobga olish lozim. Ota-onaning bolada kitob o'qish ko'nikmasini hosil qilishdagi ilk vazifasi kitob tanlashda yordam berishdir. Ularning saviyasiga mos bo'lgan adabiyotlarni keng targ’ib qilish bolalarni jamiyatning munosib fuqarosi, mustaqil davlatimizning yetuk, barkamol insonlari bo'lib
etishishi uchun va ma'naviyatining yuksakligi bilan oilasiga va jamiyatga foyda keltirishga olib keladi. Buning uchun oilada kitobxonlik ruhi bo'lishi kerak. Kitob tanlashda bolaning yosh xususiyatini hisobga olish uning rasional o'sishiga olib kelsa, ma'naviy darajasini hisobga olish esa intellektual rivojlantiradi. Bu esa rasionallikdan ko'ra keng qamrovli va samaralidir. Oiladagi kitobxonlik ruhi bevosita bola ruhiyatiga ham ta'sir etadi, shu sababli, bunda birinchi galda badiiy adabiyotni, keyinchalik ixtisosliklar bo'yicha kitoblarni tavsiya etish mumkin. 3. Kitob tanlashga ixtisoslashish. O‘qituvchi, ota-ona o'smirni kitobxonga aylantirib borishida uni ixtisoslashtirib borish yo'lini tutishi kerak. Bu borada eski texnologiya - bola yuqori sinfga o'tganda ixtisoslashtirish kerak, degan fikrdan voz kechish lozim. Aksincha, dastlabki (boshlangich) bosqichlardanoq bolaning ma'naviy dunyosi, tarbiya muhiti, qiziqishi, dunyoqarashi va ruhiy xususiyatlari hisobga olinib, ixtisoslashtirilib borilishi kerak. Bu tajriba Amerika ta'lim tizimida o'zini oqlagan. Ularda bolani 12 yoshga qadar ixtisoslashtirishga harakat qilinadi va shunga qarab kitob tanlab beriladi. Bu dastlab mutaxassislarni cho'chitgan edi, lekin Amerika ta'lim tizimining keyingi 30 yillik tajribasi o'smirlarni boshlang’ich sinflardayoq ixtisoslashtirish samarali ekanligini isbotladi. Natija o'smirda mustaqil fikrlash va harakat qilishga intilishning paydo bo'lishiga erishildi. Kitob tanlashda faqat o'zbek adabiyotigina emas, qardosh va chet el adabiyoti namunalaridan ham bolalarga tavsiya etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Sh.Pero Orinyanning “Qizil shapkacha”, aka-uka Grimmlar, Mark Tven, Xans Xristian Andersen, Janni Rodari, Jonatan Svift, Rasul Gamzatov, Nodar Dumbadze, Chingiz Aytmatov, A.S.Pushkin asarlari, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, S.Marshakning hikoyalari doimo bolalar uchun qiziqarli. Oilalarda yana bir muhim muammo - kitobni asrash va uni o'zidan keyingi oila a'zolariga yoki boshqalarga yetkazishdir. Ko'pincha biz kuzatgan oilalarda kitob tanlash, uni o'qishga e'tibor beriladi-yu, lekin avaylab-asrashga, kitobga mehrni tarbiyalashga befarq qaraydilar. Kuzatishlar natijasida darsliklar, juda ko'p rangli bolalarbop kitoblar yirtilib, chizilib, axlat qutilariga tashlanganligining guvohi bo'ldik. Bolalarga “Kitob ham nondek aziz”ligini tushuntirishda kattalarning o'zi ibrat bo'lishi zarur. Ajdodlarimiz doimo qog’ozni uvol qilmanglar, uni avaylab-asranglar deb kelganlar. Bu an'anani yosh avlod ongiga singdirish bir tomondan bolalarda kitobni asrash eng muhim insoniy xislat sifatida shakllantirsa, ikkinchi tomondan hozirgi bozor iqtisodi sharotida kitob zahirasini yaratish muhim omil sanaladi. Ayniqsa, serfarzand oilalarda xox darslik bo'lsin, hox badiiy yoki ommaviy adabiyotlar bo'lsin, ular har bir xonadon a'zosiga o'zidan keyingi oila a'zolariga ham kerakligini tushuntirish asosiy vazifalardandir. Boladagi barcha tarbyaviy xislatlar dastlab oilada shakllanadi, demak kitobxonlik ham o'z oilasi a'zolari ko'magi va ta'sirida yuzaga keladi, rivojlanadi. Kitobxonlikning
yaxshi yoki sust rivojlanishida oiladagi boshqa a'zolarning kitobga, o'qishga munosabati katta ta'sir ko'rsatadi. Ota-ona har bir ishda, jumladan kitobga munosabatva uni o'qishda ham bolalariga o'rnak bo'lishlari lozim. Oilada bola kitobxonligining faollashuvida shaxsiy kutubxonadagi kitoblarni birgalikda o'qish va ularni muhokama qilish; otaonaning boladan har bir javob haqidagi shaxsiy tushuncha va fikrini so'rash, bu fikrni bildirish uchun bolaning kitob haqida mushohada yuritishni o'rganish (aniqrog'i o'rganish) muhimdir. 

XULOSA
Bugungi kunda ko’pincha bolalar kitob o’qimayotganlikda ayblanadilar. Lekin ularga rang-barang adabiyotlar tavsiya qilish zarurligi eng avvalo, ota-onalarning, o’qituvchilarning qolaversa, kutubxonachilarning ham e’tiboridan chetda qolmoqda. Buning uchun ota-onalardan, o’qituvchi va kutubxonachilardan o’quvchilarning kitoblarga bo’lgan qiziqishlari, ehtiyojlarini yaxshi bilishilari talab etiladi. [2]. O’quvchilarning kitob o’qish va kitobxonlikka nisbatan salbiy munosabatda bo’lishlarida, yuqorida aytilganidek, bu jarayonni tashkiliy, moddiy ta’minotini yaratuvchi nashriyotlar, nazariy-pedagogik va amaliy-metodik jihatdan oqilona, samarali uyushtira olmayotgan ota-onalar, o’qituvchilar hamda soha uchun mas’ul ijtimoiy tashkilotlarning javobgarligini inkor qilib bo’lmaydi. Binobarin, ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik jihatlarini takomillashtirish bilan bog’liqdir[3]. Demak, boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirish murakkab pedagogik jarayon. Uning samarali tashkil etilishi boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan ushbu jarayonga maqsadli, tizimli yondashishni talab etadi. Binobarin, boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarda kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirish jarayonining pedagogik-psixologik asoslari, tashkiliy-metodik talablaridan yetarli darajada xabardor bo’lsalargina kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. Shuningdek, boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirishda bu boradagi mavjud ahvoldan, qolaversa, mazkur jarayonning samarali kechishiga xizmat qiladigan omillar, ularning pedagogik-psixologik ta’siridan ham xabardor bo’lishlari zarur. Kitobxon - o'quvchi oilada o'rgangan hayotni kitobdagi hayotiy voqealar bilan boyitib, hayot haqidagi tushunchalari, insoniy fazilatlar, yaxshilik, qadriyatlarni, avlodlari hayoti bilan faxrlanish, Vatanga muhabbat, do'stga sadoqat, hurmat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik fazilatlari yuksalib boradi. Bu borada eng katta yordamchi badiiy adabiyotdir. Badiiy adabiyotda har qanday voqea-hodisa badiiy obrazlardan, ta'sirchan shaklda ifodalandiki, unda yosh kitobxon ko'p fazilatlarni o'rganish, ma'nan boy shaxs bo'lib shakllanishi mumkin. Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinadiki, ma’naviy barkamol kitobxon avlod tarbiyasida oila muhim va mustahkam poydevor. Shu bois jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasidagi har qanday faoliyatda oila bilan hamohang, hamfikr ish yuritish ko‘zlangan maqsadlarga erishishga munosib zamin yaratadi.


Download 42,36 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 42,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinf o’quvchilarini oilada kitobxonlikka o’rgatish texnologiyasi

Download 42,36 Kb.