Uchqo‘rg‘on sanoat-texnologiyalari




Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
Sana24.05.2023
Hajmi0.51 Mb.
#64013
Bog'liq
Uchqo\'rg\'on sanoat texnologiyalari texnikumi tarbiya bayoni
XusanovBunyod(M.I.2), kurs ishi ona tili-1


Uchqo‘rg‘on 
sanoat-texnologiyalari 
texnikumida 
o'quvchilar 
o'rtasida
"Tarbiya biz uchun yo hayot-yo momot, yo halokat, yo saodat-yo falokat 
masalasidir” mavzusi bo'yicha o' tkazilgan yig'ilish 
BAYONNOMASI № 22/4 
” 21 ” oktabr 2022 yil 
Qo‘g‘ay shaxarchasi 
Yig'ilish raisi: A.Qodirov 
Kotib: N.Eshmatova 
Qatnashdilar: 
Uchqo‘rg‘on tumani Qo‘g‘ay qishlog‘i 
Muxammad Zarif Jo’me masjidi imom hatibi 
X.Xaydarov, IIB xodimi Abduraximov 
Toxirjon, texnikum direktori A.Qodirov, 
O'IBDO‘ M. Sotvoldiev, texnikum psixologi 
O.O‘rinboeva, pedagog hodimlar 21 nafar, 250 
nafar o'quvchilar 
KUN TARTIBIDAGI MASALA: 
l. "Tarbiya biz uchun yo hayot-yo momot, yo halokat, yo saodat-yo falokat 
masalasidir” mavzusi tog‘risida. 
ESHITILDI: 
2022 yil 21 oktyabr kuni Uchqo‘rg‘on sanoat-texnologiyalari texnikumida 
"Tarbiya biz uchun yo hayot-yo momot, yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” 
mavzusi davra suxbati bo' lib o'tdi. Yig'ilishni texnikum direktori A.Qodirov ochdi va 
Olib bordi. U o' z so'zida o' quvchilarga texnikumda va oilada tarbiyani, odob-axloqni 
birinchi o' ringa qo'yishligini va ularga zamonaviy talablar asosida ta' lim berish, ular 
ongida zamonaviy dunyo qarashni qaror toptirish, hayotda munosib o'rin egallashi, sog' 
łom turmush kechirishi uchun ko' mak va keng imkoniyatlar ług' dirib berish 
vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, tarbiyasi og'ir va o'lashtira olmaydigan o'quvchilarni 
to' garaklarga va ommaviy sportga jalb qilish orqali ulami bilim va jismoniy 
tayyorgarlik darajasini yuksaltirish kabi masalalar xozirgi kunning eng dolzarb 
masalalari ekanlini tushuntirdi va so'z navbatini Uchqo‘rg‘on tumani Qo‘g‘ay qishlog‘i 
Muxammad Zarif Jo’me masjidi imom hatibi X.Xaydarovga berdi. U o' z so'zida 
Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, 
yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari 
naqadar haqiqat ekanini yaxshi anglaymiz. Tarbiya masalalariga e’tiborsiz qaralgan 
vaziyatda yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan zararli 
oqibatlar ham barchamizga ayon. Ammo bugun kishilarimizga ana shu hakikatni 
aytsangiz sizga: “Nima qilay, ishlamasang bo‘lmasa!”, “Ko‘ryapsiz-ku, osonmas, hayot 
tashvishlari, bolalarning yeb-ichishiyu, kiyim kechagi ...”, “Ha endi o‘zi omon bo‘lsa, 
tarbiyasi bir gap bo‘lar...” 


Yo‘q, tarbiya “bir gap bo‘ladigan” narsa emas. Uning uchun jon kuydirish shart. 
Mol dunyo kiyim kechakka hirs qo‘yish dardidan forig‘ bo‘lib, tarbiya bilan 
shug‘ullanish kerak. 
Go‘yo ko‘pchilikning farzand tarbiyasi bilan band bo‘lishga ortiqcha vaqti yo‘q 
emish. Vaholanki, tarbiya masalalari bilan ortiqcha vaqtda emas, har daqiqada 
shug‘ullanish darkor. Olimlarning aniqlashicha, bir sutkada farzand tarbiyasi uchun 
faqatgina o‘n ikki daqiqagina vaqt ajratadigan ota-onalar bor ekan. Bu daqiqalar ham 
asosan dasturxon atrofida o‘tirganda, bola ko‘chaga chiqayotganda, maktabga 
ketayotgandagi beriladigan kichik tanbehlarga sarf bo‘larkan, xolos. 
Buyuk vatandoshimiz Imom G‘azzoliy bunday deydi: “Bolalar ota-onalariga 
berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir 
qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. 
Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, shu bilan o‘sadi va dunyoyu oxiratda saodatga erishadi. 
Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallimu ustozlari ham sherik bo‘ladilar. Agar 
yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, oxir-oqibat halok 
bo‘ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo‘lganlarning gardaniga tushadi”. 
Aziz ota onalar, bu borada olib borayotgan ishlaringizga bir nazar tashlab ko‘ring-
a?! Siz buni qay daraja uddalayapsiz, farzandingizga, uning tarbiyasiga qancha vaqt 
ajratyapsiz? 
Zero, bugun ilm-fan va ta’lim izchil rivojlanib borayotgan bir davrda hech shak-
shubhasiz tarbiya ta’limning asosida turishi shartdir. Shunday ekan, ilm-fan ta’lim-
tarbiya asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, har bir pedagog
muallim va ustozning ta’lim berishdan maqsadi –kelajagi porloq, Vatan va el-yurt 
xizmatida turadigan kadrlarni tarbiyalash bo‘lar ekan, bunday ta’lim-tarbiya o‘z 
samarasini bermay qolmaydi. Ya’ni, bugungi kunning o‘qituvchi va muallimi o‘zi 
ta’lim berayotgan shaxsga fidoyilik bilan ta’lim berishi, qolaversa jonkuyar tarbiyachi 
bo‘lishi shart. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: “Ta’limni tarbiyadan, 
tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot 
falsafasi”. Shunday ekan, ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borish talab etiladi. 
Shuni unutmasligimiz kerakki, yurt kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning 
ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimiz va yoshlarimizning bugun qanday ta’lim va 
tarbiya olishiga bog‘liqdir. Shu sababli har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir 
bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan 
holda, o‘nib-o‘sib kelayotgan yoshlarni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega 
bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya 
sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. 
Birinchi Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida 
ta’kidlanganidek: “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir 
muhim hayotiy omil – bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning 
uchun ma’naviyatni shakllantirishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va ahamiyati katta 
hisoblanadi”. 


Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim 
va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb 
bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning 
rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan 
eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni 
o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.ota-onaga, qaynona 
qaynota, turmush o' rtoq va atrofdagilarga doimo xurmatda bo'lish, yaxshi mutaxasis 
bo'lish uchun doimo izlanishda b(jlish , odob-axloq qoidalari xaqida gapirib o'tdilar. 
Barcha tadbirda so' zga chiqqanlar yoshlar o'rtasida xuquqbuzarlikni oldini Olish to'g' 
risida gapirib, o'quvchilarga kelajakda o'z soxasining yetuk mutaxasisi bo'lishlarini 
tiladilar. O`quvchilar o' zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxasislardan javob oldilar. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib yig' ilish: 
QAROR QILADI: 
l . Yuqoridagi masalalar yuzasidan ma'ruzalari ma' lumot uchun qabul qilinsin. 
2. "Tarbiya biz uchun yo hayot-yo momot, yo halokat, yo saodat-yo falokat 
masalasidir" mavzusi targ' iboti kuchaytirib borilsin. 
3.O`quvchilarni dars jarayoniga ishtiroki va ta'lim tarbiyasi bo'yicha ishlarni 
tashkil etish guruh rahbarlari zimmasiga yuklatilsin. 
4. Diniy idora vakillari ishtirokida oyda bir marataba " Imom va yoshlar" 
uchrashuvlar tashkil etilsin. 
5. Yuqoridagilarni nazorat qilishni o' z zimmamda qoldiraman. 
Yig'ilish raisi 





Download 0.51 Mb.




Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish