1-mavzu: O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana03.06.2024
Hajmi0,68 Mb.
#259557
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZUB O‘ZBEKISTONDA TABIATNI MUHOFAZA QILISH

antropogen ta’sir 
deyiladi. Hozirgi energetikaning shiddat 
bilan o‘sishi natijasida butun Yer kurrasi atrofidagi havo harorati ma’lum darajada 
ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bu esa abadiy muzliklarni eriy boshlashiga olib kelishi 
mumkin. 
Atrof-muhitning, jumladan atmosfera havosi, suv, tuproqlarning ko‘pdan-ko‘p 
sanoat korxonalari, avtotransport vositalari, turli kimyoviy moddalar bilan 
ifloslanishi aholi salomatligiga katta zarar keltirmoqda. 
Yer yuzida shaharlarning o‘sishi va rivojlanishi, aholisi sonining ortishi – 
urbanizatsiya
jarayoni atrof-muhit ifloslanishining kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Shaharlar aholisi salmog‘i dunyo bo‘yicha 40% dan ortiqni tashkil qiladi va 
hissasi katta tezlikda ortmoqda. Germaniyada aholining 90% i, AQShda 80% i, 
Yaponiyada 76% idan ortig‘i shaharlarda yashaydi. Millioner-shaharlarning soni 
tobora ortib bormoqda.
Shaharlarni harakatdagi vulqonlarga o‘xshatsa bo‘ladi. Shaharlardagi sanoat 
korxonalari, transport vositalari, maishiy tashlandilar havoni, suv va tuproqlarni 
kuchli ifloslaydi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ham inson qadami yetmagan birorta joy 
qolmagan. Qaerga bormang, u yerda hayot qaynayotganini, odamlar mahalliy tabiat 
ne’matlaridan bahramand bo‘layotganini ko‘rasiz. Tabiat boyliklaridan rejasiz, 
isrofgarchilik bilan foydalanish, uning ehsonlarini suiste’mol qilish, qudratli 
texnikaning turmushga kirib kelishi, kimyoviy moddalardan keng foydalanish, o‘z 
navbatida atrof-muhitga zarar keltirmoqda. 
Tabiiy resurslarni inson ta’sirining xarakteriga ko‘ra va ulardan to‘g‘ri 
foydalanilishi, muhofaza qilish uchun ularni klassifikatsiya etish lozim. 


Inson ta’sirining xarakteriga ko‘ra tabiiy resurslar odatda ikki kategoriyaga: 
tugaydigan 
va
 tugamaydigan
resurslarga bo‘linadi. 
Tugaydigan 
tabiiy resurslar o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi: 
qayta 
tiklanmaydigan 
va
 qayta tiklanadigan
resurslar.
Tiklanmaydigan
tabiiy resurslarga yer osti boyliqlari (temir rudasi, oltin, neft, 
gaz, ko‘mir va boshqalar) kiradi, ulardan foydalanish sababli zahirasi kamayib
so‘ngra tugashi mumkin. 
Tiklanadigan 
tabiiy resurslarga butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydigan va qayta 
tiklanadigan tuproqlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi (qisman), shuningdek, 
ba’zi-bir cho‘kindi jinslar, tuzlar kiradi. Chunonchi, tuproq foydalanish natijasida 
butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi., balki eroziyaga uchrashi, unumdorligini yo‘qotishi 
mumkin. Kishilarning xo‘jalik faoliyatida bazi-bir o‘simlik va hayvonot dunyosi 
kamayib yoki butunlay yo‘q qilib yuborilishi tabiiy. Bu resurslar (unumsiz tuproq, 
turi kamaygan o‘simlik va hayvonlar) foydalanish jarayonida qayta tiklanish tezligi 
turlicha. Agar ovlangan hayvonlar populyatsiyasining qayta tiklanishi uchun o‘nlab 
yillar kerak bo‘lsa, kesilgan o‘rmonlarga 60 yildan ortiq vaqt, 1 
sm
chirindili 
tuproqning paydo bo‘lishi uchun 300-600 yil kerak. 
Tiklanadigan tabiiy resurslardan rejali, ilmiy va ularni muhofaza qilish 
qoidalariga rioya qilgan holda foydalanilsa, bu resurslar insonga abadiy xizmat 
qiladi. 
Tugamaydigan
tabiiy resurslarga 
iqlim

suv va kosmik
resurslar kiradi. Biroq 
kishilarning xo‘jalik faoliyati ta’sirida suv ifloslanishi oqibatida chuchuk suvning 
ba’zi-bir tumanlarda yetishmasligi sezilmoqda. Chuchuk suv muammosi nafaqat 
respublikamizda, balki butun dunyoning katta-katta mamla-katlarida (AQSh, 
Yaponiya, Germaniya) sezilarli darajada paydo bo‘lmoqda. 
Iqlim resurslariga
atmosfera havosi, shamol energiyasi, issiqlik va namlik 
kiradi. Lekin atmosferaning sanoat, transport chiqindilari va radioaktiv moddalar 
bilan ifloslanishi natijasida uning tarkibi o‘zgarib, yirik mavjudotlarning yashashiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Kosmik resurslarga quyosh radiatsiyasi, dengiz suvining ko‘tarilishi va 
pasayishidan vujudga kelgan energiya kiradi. Bular ham bitmas-tuganmasdir.
Inson uzoq vaqt davomida jamiyat uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslar 
tuganmas, ulardan qancha foydalanilsa ham tugamaydi degan tushunchaga ega edi. 
Ammo insoniyatning tabiatga ko‘rsatgan ta’siri uning resurslaridan noto‘g‘ri 
foydalanilishi tufayli tabiiy muhit (havo, suv, tuproq va boshqalar) iflos-lanib, 
xo‘jalikka va ayniqsa inson salomatligiga ta’sir eta boshladi. 
“Tabiatni muhofaza qilish” 
atamasi dastlab 1913 yilda Shveysariyada 
o‘tkazilgan birinchi xalqaro tabiatni muhofaza qilish s’ezdidan so‘ng keng tarqaldi. 
Fan va texnika nihoyatda rivojlangan bugungi kunda insonning tabiatga 
ko‘rsatayotgan ta’siri chuqurlashib, ko‘lami kengayib ketdi. Hozirgi kunda tabiatni 
muhofaza qilish masalasi eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoldi. 

Document Outline

  • ‎C:\Users\Gulnoz\Desktop\EKOLOGIYA\4 bob\1-MAVZUB O‘ZBEKISTONDA TABIATNI MUHOFAZA QILISH.pdf‎
  • ‎C:\Users\Gulnoz\Desktop\EKOLOGIYA\4 bob\2-MAVZU TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH.pdf‎

Download 0,68 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish

Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish