Mavzu: Tuproq boniteti. Tuproqlar muhofazasi




Download 5.16 Mb.
bet1/4
Sana30.03.2024
Hajmi5.16 Mb.
#182777
  1   2   3   4
Bog'liq
Ta\'lim fan va innovatsiya jurnali 2023 yil 4 son2, 18, 777, 1-tezis, Polymer solar cells, Намуна Объективка (2), Moliyaviy tavakkalchiliklarni boshqarishda superkompyuterlardan foydalanish Risklarni boshqarish, remkevichning yechimi, Frontal laboratoriya ishlari

Mavzu: Tuproq boniteti.Tuproqlar muhofazasi.

Reja:

  • Kirish
  • Tuproq bonitirovkasining tarixi. Unumdorlikni baholashning Dokuchayev usuli.
  • Tuproq haqida umumiy tushuncha.
  • Tuproq muhofazasi.

Kirish
Yerda hayotning paydo bo‘lganiga 2 mlrd. yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa, yerdagi o‘simliklar va tuproqning tarixi esa o‘z ichiga 0,5 mlrd. yil atrofidagi vaqtni qamrab oladi. Shuncha vaqtdan beri o‘simlik tomonidan, tuproq tomonidan ma’lum muvozanatga asosan kosmik energiya yutiladi, oqibatda tuproq gumusi va minerallarida to‘planib uning unumdorligini belgilaydi. Bu mexanizmda tuproq qoplami qatnashadi. Tuproq faol ishtirokchi tariqasida energiyani yutadi, to‘playdi va sarflaydi. Keyingi yuz yillikni ikkinchi yarmida tuproqqa, umuman tabiatga bo‘lgan texnogen ta’sir kuchayib ketdi. Bu ta’sir natijasida tuproq ko‘proq jabrlanmoqda. Inson tomonidan bo‘layotgan texnogen ta’sir natijasida dunyoning boshqa mamlakatlari kabi O‘zbekistonda ham tuproq uchun, insoniyat uchun xavfli bo‘lgan cho‘llanish, sho‘rlanish, kollektor-zovur suvlarini mineralizatsiyasi ortishi, zaharlanishi, tuproqlarni zichlanishi va boshqalar tuproqlarni unumdorlik darajasini kamayishiga, yo‘qolishiga, tuproqni kasallanishiga olib kelmoqda.
Xususan O‘zbekistonda oxirgi 15-20 yil ichida sho‘rlangan yerlar maydoni 0,8 mln. gektarga ortib ketdi. Qoraqolpog‘iston, Buxoro, Sirdaryoda sug‘oriladigan yerlarni 95 % gacha miqdori sho‘rlangan. Dunyoda tuproqlarni va suvni ifloslanishi, o‘simlik va xayvonot dunyosining mahsulotlarini nitratlar, og‘ir metallar, agrokimyoviy moddalar bilan ifloslanishi ham xatarli tus olmoqda. Ayni bir vaqtda salbiy omillar alohida-alohida va birgalikda tuproqni sifat bahosiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqni bonitirovkalashda asosiy mezon tariqasida esa uning unumdorligi olinadi va ballarda ifodalanadi. Bu vazifani “tuproq bonitirovkasi” amalga oshiradi. Bonitirovka so‘zi lotincha bonitas - saxiylik, ya’ni tuproqlarni, ularni ishlab chiqarish qobiliyatiga ko‘ra nisbiy baholash demakdir. Yerlarni baholash uchun esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazish zaruriyati ham tug‘iladi, bu ishga kadastrlash deyiladi. Kadastr so‘zi frantsuzcha - cadastre dan olingan bo‘lib, ro‘yxatga olmoq demakdir. Tuproq bonitirovkasi Yer kadastrining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Download 5.16 Mb.
  1   2   3   4




Download 5.16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tuproq boniteti. Tuproqlar muhofazasi

Download 5.16 Mb.