Kurs ishi mavzu: “Boshqarishning tashkiliy strukturalari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus
ta’lim vazirligi Andijon Iqtisodiyot va qurilish instituti
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) fakulteti
“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi
“Menejment ” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Boshqarishning tashkiliy strukturalari ”
Topshirdi: 203-Iqtisodiyot guruhi talabasi Xakimov Nasibulloh
Kurs ishi himoya qilingan sana “__” ______ 20__ yil.
Baho “__” _________
Ilmiy rahbar: _______ ____________________________
Komissiya a`zolari: _______ ____________________________
_______ ____________________________
BOSHQARISHNING TASHKILIY STRUKTURALARI
Reja:
I Kirish.
II Asosiy qism
1.1. Boshqarish strukturasining mazmuni
1.2. Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari
1.3. Boshqaruv tarkibiga qo'yiladigan talablar va ularni belgilovchi omillar
III Xulosa.
IV Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Murojaatnomasida «Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan inovatsion rivojlanish yo’liga o’tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan strategik qudratga va o’zining boshqarish strukturasiga ega davlat yutadi.
Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qo‘ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o‘ziga xos lokomotiv rolini bajaradi, deb ishonamiz» - deyilgan.
Boshqaruv vazifalari o’zining tarkibi bilan boshqaruv texnologiyasini bunyod etadi. Boshqaruv vazifasining ma’nosiga ikkita element kiradi: u avvalgi tizimida nima qilinayotganini belgilasa, so’ngra qanday qilib savoliga javob berishni bildiradi. Ilmiy menejmentning toifaviy to’plamida vazifalarga markaziy o’rin beriladi. Menejerlar mehnatining vazifaviy taqsimlanishi ilmiy menejment maktabida yaratilgan. Uning asoschisi frantsuz olimi A.Fayoldir. U menejmentning 5 ta etaklovchi qoidasini ajratib ko’rsatadi: oldindan ko’rish, tashkilot, buyruq berish faoliyati, muvofiqlashtirish va nazorat qilish. Bir vaqtda A.Fayol barcha vazifalarni oltita guruhga taqsimladi: 1) ishlab chiqarish, 2) moliya, 3) nazorat, 4) hisob-kitob, 5) ma’muriyat, 6) texnika xavfsizligi.
Bozor iqtisodiyoti nazariyasida menejment va marketing o’rtasida uzviy bog'liqliq mavjud. Marketing menejmentning asosiy funktsiyalaridan hisoblanadi. Korxonani boshqarish tizimi korxonada marketing xizmati tizimini samarali yaratish bilan chambarchas bog'liqdir. Uzoqni ko’zlovchi tadbirkorlar va menejerlar marketingning biznesdan ajralmasligini va raqobatlar mavjud bo’lgan sharoitda uning o’rni beqiyos ekanligini yaxshi tushunishadi.
Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bogʻliqdir. Oʻzbekistonda Menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIV-XV asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida menejment XIX asrga kelib shakllana boshladi.
Boshqarish (iqtisodiyotda) — xoʻjalik obʼyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yoʻnaltirish jarayoni; subʼyektlar, idoralar tomonidan kishilar va iqtisodiy obʼyektlarga ongli maqsadga muvofiq taʼsir koʻrsatishni bildiradi, ularning faoliyatini yoʻnaltirish va koʻzlangan natijalarga erishish maqsadlarida amalga oshiriladi. Boshqarish usullari boshqariladigan obʼyektning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq, lekin hamisha boshqaruv qarori tatbiq etiladigan davrni ajratib olishni nazarda tutadi. Boshqarish xoʻjalik faoliyati davrlari uchun ishlab chiqiladigan rejalarga muvofiq holda olib boriladi. Boshqaruvning iqtisodiy, maʼmuriy va ijtimoiy ruxiy usullari mavjud. Boshqaruvning iqtisodiy usulidakutilganmaqsadlarga erishish uchun iqtisodiy vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar (rejalashtirish, texnikiqtisodiy taxlil, foyda, rentabellik, narx, kredit, moddiy ragʻbatlantirish, soliq va boshqa dastaklar)dan toʻgʻri foydalanish muhim oʻrin tutadi, ishlab chiqarish jamoasini tashkil etadigan kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi taʼminlanadi ( ishchilarga qoʻshimcha ish haqi toʻlash, mukofotlar berish, bir yoʻla katta pul bilan takdirlash va boshqa ragʻbatlantirish choralari). Boshqarishning maʼmuriy usuli buyruq va farmoyishlar asosida olib boriladi.
Maʼmuriyat oʻz xoʻjaligi doirasida boʻlimlar, guruhlarni, shuningdek xodimlarni tabaqalashtirib, ularning vazifalari, masʼuliyati va huquqini belgilaydi. Unda rejalashtirish, resurslarni, foydani, tayyor mahsulotni taqsimlash, mablagʻlardan foydalanish markazlashtirilgan tartibda olib boriladi. Ijtimoiyruhiy usuldagi boshqaruv ijtimoiy maʼnaviy vaziyatga taʼsir etish orqali kishilarning feʼl atvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning ijtimoiy talabini qondirish yordamida olib boriladi.
Boshqaruv tarkibiy jihatdan korxona, firma, kompaniya, birlashma va boshqa miqyosida, hududiy jihatdan esa tuman, shahar, viloyat, davlat miqyosida boʻladi. Boshqarishini davlatning boshqaruv organlari yoki boshqaruvchilar (menejerlar) amalga oshiradi. Boshqarish jarayonida vaziyatni yaʼni oʻzgargan iqtisodiy vaziyatga tezkorlik bilan chora topish muhim oʻrin tutadi. Vaziyatni Boshqarishning vazifasi xoʻjalik obʼyektini uning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishga yo’naltirishdan iborat. Boshqarishda mahsulot sifati, harajatlar, mulk, xatar, bozor, talab, taklif va boshqa masalalar boʻyicha juda muhim qarorlar qabul qilish talab etiladi va ularning kutilgan natijalarga olib kelishi Boshqaruvning toʻgʻri yoki samaradorliligini tasdiqlaydi.Bilamizki xar bir sohada boshqarish strukturasini tuzish muhim rol o’ynaydi.
|