|
Mavzu: Iqtisodiy tahlil usullari: gorizontal, vertikal Reja: Kirish Asosiy qism
|
bet | 1/6 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 30,72 Kb. | | #102283 |
Bog'liq Mavzu Iqtisodiy tahlil usullari gorizontal, vertikal Reja Kir-fayllar.org
Mavzu: Iqtisodiy tahlil usullari: gorizontal, vertikal Reja: Kirish Asosiy qism
Mavzu: Iqtisodiy tahlil usullari: gorizontal, vertikal
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
Iqtisodiy tahlil fanining metodi va uning o’ziga xos xususiyatlari;
Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan an’anaviy usullar;
Tahlilning maxsus usullari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Iqtisodiyotdni liberallashtirish, globallashuv jaryonlari o’z navbatida hisob va audit tizimining ham xalqaro gormonizatsiyasini va standartlashtirilishini talab etmoqda. Mazkur vazifani hal etish boshqaruvning muhim elementlari bo’lgan hisob, iqtisodiy tahlil va auditning ham nazariy, metodologik va amaliy jihatlarini yagona tartiblarini belgilashni, ularni unifikatsiyalashni, muqobillikdagi tartiblarni yagona mezonlarga keltirishni taqozo qilmoqda.
Xalqaro kapital va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning ko’payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini belgilash, hisob ma’lumotlarini qiyosiyligini ta’minlash zaruriyati tobora ortib bormoqda. Axborotlarni olish va taqdim etishning eng muhim vositasi bu moliyaviy hisobotlardir.
Moliyaviy hisobotlar axborot foydalanuvchilarining keng doirasi uchun:
investitsiyalar bilan bog’liq xatarlar, dividendlarni to’lash, aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish haqidagi;
kreditlar va foiz to’lovlari haqidagi;
mol yetkazib beruvchilarga tegishli bo’lgan summalarning o’z vaqtida to’lanishi haqidagi;
uzluksiz faoliyati to’g’risidagi;
faoliyat barqarorligi va rentabelligi to’g’risidagi;
resurslarning taqsimlanishi, faoliyatni tartibga solib turilishi, soliqqa tortish, milliy daromadni hamda boshqa statistik ma’lumotlarni shakllantirish to’g’risidagi;
rivojlanish, taraqqiyot va farovonlikka erishish yuzasidan erishilgan so’nggi yutuqlar to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlaydi.
Bunday axborotlar xo’jalik subyekti yoki tadbirkorlik subyektining moliyaviy ahvoli, uning hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag’larining aylanishi to’g’risidagi ma’lumotlarni retrospektiv tahlil etishni va prognozlashni, moliyaviy natijalarni shakllantirgan asosiy omillar va ta’sirlar, subyekt faoliyat ko’rsatadigan muhitdagi o’zgarishlarga javoban qo’llaydigan choralari, subyektning moliyaviy natijalarni saqlab qolish va ko’paytirishga qaratilgan investitsion siyosati, dividend siyosati; uning faoliyatni moliyalashtirish manbalari va majburiyatlari holatini qamrab olgan kompleks moliyaviy tahlilini amalga oshirishni talab etadi.
Iqtisodiy tahlil faoliyatning boshqaruv samaradorligini oshirishga; investitsiyalar va kreditlarga doir qarorlarni qabul qilishga; subyektning bo’lg’usi pul oqimlariga; ularga ishonib topshirilgan resurslarga, majburiyatlarga; rahbar organlarning ishiga baho berishda biznes samaradorligi va boshqaruvning sifat menejmentiga erishishda muhim dastak vazifasini bajaradi.
Iqtisodiy tahlilning eng muhim obyektlariga:
subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslari va ularning moliyaviy tuzilmasi;
likvidligi;
to’lovga qobiliyati;
moliyaviy ahvoli va uning kelgusidagi kutilishlari;
moliyaviy natijalari va rentabelligi;
pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari;
kapital hajmi, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati;
iqtisodiy nochorlikka yuz tutmasligi, investitsion jozibadorlik;
kreditga qodirlik; moliyaviy ahvoli bo’yicha reyting baholashlar kiradi.
|
| |