O’rtacha miqdorlar.
Mutlaq va nisbiy miqdorlarning hodisa va jarayonlarni o’rganish, baholash va tahlil etishdagi ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning qator kamchiliklari ham mavjud. Ya’ni ular o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydi. Bu vazifani o’rtacha miqdorlar bajaradi.
O’rtacha miqdorlardan rejalashtirish, boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo’llaniladi.
O’rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o’zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi.
Moliyaviy tahlil jarayonida o’rtacha miqdorlarning qator turlaridan foydalaniladi:
O’rtacha miqdorlarning sodda va amaliyotda keng qo’llaniladigan turi bu o’rtacha arifmetik miqdordir. O’rtacha arifmetik miqdor o’z navbatida oddiy va tortilgan ko’rinishga bo’linadi.
Oddiy arifmetik o’rtacha variantlar (x) bir yoki teng marta takrorlangan paytda qo’llaniladi.
Tortilgan ko’rinishdagi o’rtacha arifmetik miqdor quyidagi bog’lanishlar orqali topiladi.
Tahlilda o’rtacha arifmetik bilan bir qatorda o’rtacha garmonik ham keng qo’llaniladi. O’rtacha garmonik – bu o’rtacha arifmetik miqdorning teskari bo’lgan darajasidir.
O’rtacha garmonik miqdor ham o’rtacha arifmetik miqdorga o’xshab oddiy va tortilgan shakllarga ega.
Oddiy o’rtacha garmonik miqdorlarni aniqlash formulasi:
Tortilgan o’rtacha garmonik miqdorlarni aniqlash formulasi:
Tahlilda o’rtacha geometrik miqdorlardan odatda o’sish sur’atlarini o’rganishda keng foydalaniladi.
Guruhlash usuli
Guruhlash deganda o’rganilayotgan to’plamni taalluqli belgilari bo’yicha sifat jihatdan bir xil bo’lgan guruhchalarga ajratish tushiniladi. Agar statistikada guruhlash hodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa, tahlilda o’rtachalarni mohiyatini tushintirishga, bu o’rtachadagi alohida birliklarni rolini ko’rsatishga, o’rganilayotgan ko’rsatkichlar orasida o’zaro bog’liqliklarni aniqlashga yordam beradi.
Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtayi nazardan guruhlashlar tipologik, strukturali va analitik turlarga bo’linadi.
Tipologik guruhlash – to’plamni sifat jihatdan bir xil bo’lgan guruhlarga ajratishni;
Strukturali guruhlash – ko’rsatkichni ichki tuzilishini, uning alohida qismlarini o’zaro nisbatlarini o’rganish maqsadida guruhlarga ajratishni;
Analitik guruhlash – ko’rsatkichlar orasidagi bog’lanishlarni o’rganish maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlarni anglatadi.
Tuzilishining murakkabligi jihatdan oddiy guruhlashlar va kombinatsiyali guruhlashlar tarkiblanadi.
Bitta belgi bo’yicha amalga oshirilgan guruhlashlar oddiy guruhlash deb aytiladi. Agar bitta belgi bo’yicha bitta guruhlashni, shu guruhga kiruvchi boshqa bir belgi bo’yicha yana boshqa guruhlashni amalga oshirilsa, bunday guruhlash kombinatsiyali guruhlash deb aytiladi.
Guruhlarni tuzishda to’plamni guruhlarga bo’lish, guruhlar sonini belgilash va guruh intervalini aniqlash masalasiga jiddiy yondashish zarur.
Guruhlashlar algoritmini quyidagi ketma-ketlikda belgilash mumkin:
tahlilning maqsadini aniqlash;
axborotlarni yig’ish;
guruhlash uchun asos qilib olingan belgi bo’yicha to’plamni ranjirlash;
to’plamni taqsimlash intervali (oralig’i)ni tanlash va uni guruhlarga ajratish;
guruhlash va omilli belgilar bo’yicha o’rtacha guruh ko’rsatkichlarini aniqlash;
olingan o’rtacha miqdorlarni tahlil qilish, o’zaro bog’liqlarni va natijaviy ko’rsatkichga omilli ko’rsatkichlarni ta’sir yo’nalishini aniqlash.
|