• 8.1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati
  • «iste’molchini tahlil etish»
  • 8- mavzu. Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari




    Download 0.56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana18.04.2023
    Hajmi0.56 Mb.
    #52292
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    8-mavzu. Marketing (2)
    mustaqil ishi, ubs5298756524, ubs5325648, BioFizikadan Mustaqil ish, Reference-355201104166, Метрология меҳнат тест, testalogiya.amal.3, Qadimgi Dunyo misr, windows, O`quv-amaliy mashg`ulot texnologiyasi modeli, windows


    8- MAVZU. BOZOR SEGMENTATSIYASI VA XARIDORLAR 
    TURLARI 
    1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati. 
    2. Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari 
    3. Bozor segmentatsiyasi turlari 
    4. Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillari 
    5. Maqsadli bozor segmentlarini tanlash va tovarni bozordagi joylashish 
    pozitsiyasi 
    8.1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati 
     
    «Bozorni segmentatsiyalash» tushunchasi AQSHda 1950 yillarda vujudga 
    kelgan.
    Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentatsiyasi muhim ahamiyatga ega 
    va bozorda talabni o’rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda 
    «iste’molchini tahlil etish»- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich 
    hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo’linadi: bozor segmentatsiyasi; iste’molchi 
    talabi sabablarini o’rganish; qondirilmagan yextiyojlarni aniqlash. Bozor 
    segmentatsiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashuvga, tovarlarning 
    turi, sifati va miqdoriga ko’ra har xil talab qo’yadigan iste’molchilarni guruhlarga 
    ajratishda turli mezonlar qo’llashga asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida 
    emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida 
    alohida o’ziga xos bir talab namoyon bo’ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. 
    Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga bo’lgan talablari xilma-xildir, har 
    bir xaridorning o’zining didi bor. Xaridorning talabi, xohishi, yextiyoji, turmush 
    tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar samarali marketing 
    tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni 
    bozor segmentatsiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarni taklif yetilishini va 
    tovarga talabni kat’iyligini ta’minlaydi. 
    Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va 
    tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor 
    segmentatsiyasi deyiladi
    Bozorni segmentlash orqali, xo’jalik yurituvchi sub’ekt quyidagi maqsadlarni 
    ko’zlaydi:
     iste’molchilarni hoxish va talabini maksimal ravishda hisobga olish; 
     tovarni (xizmatni) va xo’jalik yurituvchi sub’ektni raqobatbardoshligini 
    ta’minlash; 
     xo’jalik yurituvchi sub’ektni harajatlarini optimallashtirish; 
     xo’jalik yurituvchi sub’ektni marketing strategiyasini samaradorligini 
    oshirish; 
     raqobatchilardan xolis bo’lgan segmentlarga ketish. 
    Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi xatti-harakatlarni o’rganib, 
    ularning obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj talablarni tasavvur qilishdan 
    iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangi, yuqori sifatli tovar 


    va kompleks servis texnika xizmatlarni hamda samarali sotish usullarini qo’llashdan 
    iborat bo’lib qoldi. Ana shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor turi 
    iste’molchilarni o’rganish va navbatida bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki 
    bozor bir xil sub’ektlardan tashkil topgan emas. 

    Download 0.56 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8- mavzu. Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari

    Download 0.56 Mb.
    Pdf ko'rish