|
-Variant
1.Korxonaning biznes faoliyatini tahlil qilish va rejalashtirish
|
bet | 5/38 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #140675 |
Bog'liq 1 dan 7 gaca2-Variant
1.Korxonaning biznes faoliyatini tahlil qilish va rejalashtirish.
Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab berishni ifodalaydi. Oxirgi holatda gap korxona faoliyatini bashorat qilish haqida borishi mumkin. Bashorat qilishni rejalashtirishning boshlanishi va uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan davomi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Rejalashtirish va prognozlashtirish o’zaro aloqada bo’lgan ikkita jarayon bo’lib, xo’jalik faoliyatini avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori natijalarga erishish asosida yuritishni ko’zda tutadi.
Rejalashtirish korxonani boshqarish jarayoni sifatida o’z texnologiyasiga ega bo’lib, bu texnologiya korxonaning rejalashtirilayotgan davrdagi maqsad va vazifalarini aniqlash, bajaruvchilarga muayyan vazifalarni belgilash, vazifalarni turi, kattaligi va muddatiga ko’ra, aniqlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati natijasi - daromad yoki foyda olishni o’z ichiga oladi. Kichik korxonalarda bu vazifalarni bajarish katta korxonalarga nisbatan yengilroq bo’lsada, barcha hollarda quyidagi omillarni hisobga olish talab qilinadi: - ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi va tuzilmasi; - xodimlar soni, ixtisos tarkibi va malakasi; - moliyaviy resurslar; - aylanma mablag’lar mavjudligi va unga bo’lgan ehtiyojlar, jumladan, moddiy-tovar boyliklari zahiralari; - ilmiy-texnik tadqiqotlar tuzilmasi va tayyorlik darajasi; - mahsulotni sotish kanallari. Rejalashtirish, reja loyihasini uning mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi, moddiy-texnika ta’minoti rejasi, kadrlar va oylik maosh bo’yicha reja, yangi texnika va kapital qo’yilmalar rejasi, moliyaviy reja kabi asosiy qismlari doirasida tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan rejadan avvalgi davrni o’z ichiga oladi. Ularning moddiy va moliyaviy resurslar hamda bajarish muddati bo’yicha to’liq o’zaro bog’liqligi va balanslashgan-ligi rejalashtirish jarayoni va korxona rejasining ishonchliligini ta’minlovchi muhim jihatdir. O’z navbatida, mahsulot ishlab chiqarish ishchi kuchining mavjudligi, shartnomalar bo’yicha mahsulot yetkazish rejalari va ishlab chiqarish quvvatlari bilan, tannarx rejalari esa ishlab chiqarish dasturlari va moliyaviy reja bilan bog’liq bo’ladi. Rejalarni ishlab chiqishda korxonaning barcha sexlari va funksional bo’linmalari, jumladan, moliya va reja bo’limi, mehnat va ish haqi bo’limi, marketing xizmati, buxgalteriya, texnik bo’lim, sex rahbarlari ishtirok etishlari zarur. Korxona rejasi va uning bo’limlari qanchalik sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan bo’lsa, uni bajarish shunchalik yengillashadi, resurslar kamroq talab qilinadi hamda ish sifati yuqori darajada bo’ladi
Rejalashtirish tizimi quyidagi talablarga javob bergan taqdirdagina samarali va ishonchli hisoblanadi:
1. Rejalashtirishning har bir elementi va bosqichi qat’iy ravishda asoslab berilishi.
2. Rejadagi vazifalarning aniq va o’z vaqtida bajarilishi, ya’ni reja-ning adresliligi.
3. Reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda hisobga olish, nazorat qilish va unga zarur hollarda o’zgartirishlar kiritish.
4. Ichki va tashqi muhitdagi o’zgarishlarni ijobiy qabul qilish, shuningdek, korxona faoliyatini ro’y bergan o’zgarishlarga mos ravishda, o’z vaqtida qayta tashkil qilish (rejalashtirishning moslashuvchanligi).
5. Fan-texnika taraqqiyoti va xo’jalik yuritishning ilg’or tajribalariga tayanish. Rejalashtirish davomida bugungi kundan tashqari, kelajakni, ertangi kunni ham inobatga olish zarur. Korxona istiqboli va bozordagi holatining barqarorligi, ko’p jihatdan uning ilg’or texnika va fan yordamida yaratilgan eng yaxshi mahsulotlar namunasini tezlik bilan o’zlashtirib olish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Shu sababli korxonalarda axborot tizimini yaxshi yo’lga qo’yish hamda reklama faoliyatini rivojlantirish lozim. Reklama iste’molchilarni (xaridorlarni) mavjud mahsulot bilan tanishtirishdan tashqari, xuddi xorijdagi kabi, ularni aynan shu mahsu-lotni sotib olishga undashi kerak. Rejalashtirishning har bir turi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu xususiyatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - belgilangan rejalashtirish oralig’ining aniqligi; - integrasiya va differensiasiya darajasi, shuningdek, rejalashtiri-layotgan ko’rsatkichlar miqdori; - ishlab chiqarish xarajatlari va natijalarini hisob-kitob qilish darajasining aniqligi; - rejani tayyorlovchilar va amalga oshiruvchilar o’rtasida majburiyat-larni taqsimlash tartibi.
Biznes-rejalarda eng muhim rejalashtirish ko’rsatkichlari quyida keltirilgan: - ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) nomenklaturasi va hajmi (natural ko’rinishda); - mahsulot sotish hajmi (pul ko’rinishida); - mahsulot birligining tannarxi; - foyda (daromad); - kategoriyalar bo’yicha xodimlar soni; - mehnatga haq to’lash fondi va o’rtacha ish haqi darajasi; - omborlardagi xom ashyo va materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot zahiralari; - aylanma vositalar hajmi - umumiy va guruhlar bo’yicha; - kapital qo’yilmalar hajmi, jumladan, qo’yilma obyektlari va yo’na-lishlari bo’yicha; - yangi texnika va texnologiyaga oid chora-tadbirlar; - boshqa ko’rsatkichlar (zarurligi va aniqlanishiga ko’ra). Yangi mahsulotlar va texnologiyalarni qo’llash loyihalari, shuningdek, investisiyalar va qurilish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlarning bir qismi alohida rejalarga kiritiladi. Ular chora-tadbirlarni amalga oshirishning butun davriga tuziladi. Rejalashtirish tizimi maqbul yo’lga qo’yilganda rejada belgilangan ko’rsatkichlarning raqamlarda belgilanishi kiritilgan mutlaq kattalik sifatida ko’rib chiqilishi lozim. Rejalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish ko’p hollarda chetga og’ishlarga nisbatan yuritilib, ular tahlil qilinadi, chetga og’ishning sabablari aniqlanadi hamda chetga og’ishlar salbiy xarakterli bo’lsa, ularga nisbatan zaruriy choralar qo’llanad
Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish zarur: - biznes-reja professional va shu bilan bir paytda sodda, bajarish uchun tushunarli va oson bo’lishi lozim; - biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o’ziga kerakli ma’lumotlarni qidirib topishi uchun bo’limlarga (BOBlarga) bo’linishi lozim; - biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh rahbari albatta qatnashishi shart, chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona rahbari qatnashmaganligi yoki boshqa shaxsga topshirilganligi haqida xabar topsa, biznes-rejaning ishonchliligiga shubha uyg’onishi mumkin; - biznes-rejaning obyektiv baholanishiga erishish kerak, ya’ni unda xatolar va noto’g’ri hisob-kitoblar bo’lmasligi lozim; - biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda biznes to’g’risidagi maxfiy ma’lumotlar joy olgan bo’ladi. Rejalarning har bir turi kabi, biznes-reja ham, bo’lim va ko’rsatkich-lardan iborat bo’ladi. O’ntagacha bo’limni o’z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va tuzilishiga ko’ra, eng maqbul hisoblanadi.
Mavjud adabiyotlarda quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi: 1. Tanlangan biznes konsepsiyasi. 2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar). 3. Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari tavsifnomasi. 4. Boshqaruv (menedjment). 5. Bozor tadqiqoti va tahlili. 6. Marketing harakatlari rejasi. 7. Ishlab chiqarish rejasi. 8. Tavakkalchilikni baholash. 9. Moliyaviy reja. 10. Biznes-loyihaning samaradorligi. Tanlangan biznes yo’nalishining konsepsiyasini tuzishda uning raqobatbardoshligi (sifat, narx, iste’molchiga yetkazib berish shakli, tayyorlash texnologiyasi va hokazo); mablag’larga bo’lgan ehtiyojlar; o’ziga jalb qilish-ning asoslanganligi (taklif qilinayotgan mahsulotning boshqa mahsulotlar-dan afzalliklari, mahsulot ishlab chiqarishning qaysi bosqichda ekanligi va hokazo) ga katta e’tibor qaratish lozim
Moliyaviy reja biznes-rejaning yakunlovchi bo’limi bo’lib, korxona faoliyatining natijalarini tavsiflaydi. U quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: -savdo hajmining bashorati; - pul daromadlari va xarajatlari balansi; - foyda va zarar bo’yicha reja. Mazkur rejaning ko’rsatkichlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: - tovarlarni sotishdan tushgan daromad; - ishlab chiqarish xarajatlari; -savdodan tushgan umumiy foyda; -sof foyda; - korxona aktiv va passivining solishtirma balansi; - zararsizlikka erishish grafigi.
|
| |