|
Iqtisodiy tahlil axborot bazasining umumiy xususiyatlari
|
bet | 3/38 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #140675 |
Bog'liq 1 dan 7 gacaIqtisodiy tahlil axborot bazasining umumiy xususiyatlari.
Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning natijasi asosan, uning to‘g‘ri amalga oshirilishiga bog‘liq. Ya’ni, u reja va yangi metodikaga asoslanishi hamda analitik jarayoni samarasini ta’minlab berishi kerak. Boshqaruv uchun analitik ishlanmalami bir tartibda, o‘z vaqtida hamda tushunarli tarzda yetkazib berishni ta’minlash uchun iqtisodiy tahlilni tashkil qilish va o‘tkazish jarayonlari quyidagi talablarga asoslanadi. - Majburiyatlami taqsimlanishi. Tahlilni amalga oshirish bo'yicha majburiyatlar alohida ijrochilarga bo‘lib beriladi hamda u bo‘yicha ma’sul belgilanadi. - Tahlil kamchiqim natijasi esa samarali bo‘lishi zarurur. Tahlilni amalga oshirishda tahlilning yangi usullari, ma’lumotni kompyuter texnologiyalari yordamida o‘rganish, ma’lumotni yig‘ish hamda uni saqlashning ratsional usullari keng miqyosda ishlatilishi lozim. Natijalardan esa turli maqsadlarda foydalanish imkoniyati ta’minlanishi shart. U asosida qabul qilingan qarorlar aniq ijobiy yakunlar bilan tugashi kerak. - Ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojlami to‘la qondirishga yo‘naltirilishi. Tahlilni turli subyektlarining informatsion talablami imkon qadar to‘la qondirish yo‘llarini hamda tahlilni o‘tkazishga ketgan xarajatlarni kamaytirish bilan uyg‘unlashtirib olib borish. - Tahlil ishlarini reglamentatsiyalash va unifikatsiya qilish. Reglamentatsiyalash har bir ijrochidan majburiy talab qilinadigan jadval va natija shakllarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Tahlilni unifikatsiyalash (standartizatsiyalash) metodik qo‘llanmalami, natija shakllarini, jadvallami, standart programmalami, umumiy baholash mezonlarini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Analitik ishlaming natijasi asosan uning informatsion hamda uslubiy ta’minotiga bog‘liq. Iqtisodiy tahlilning ma’lumot manbalari me’yoriy-rejali, hisob va hisobdan tashqarilarga bo‘linadi. M e’yoriy-rejali m a’lumotlar manbaliriga korxonada ishlab chiqiladigan xamma turdagi rejalar, ya’ni perspektiv, operativ, texnologik xaritalar, shuningdek, me’yoriy hujjatlar, smetalar, proekt vazifalari va boshqalar kiradi. Hisob tavsifidagi m a’lumotlar manbalari — bu buxgalteriya, statistika va operativ hisob hujjatlaridagi hamma ma’lumotlar, shuningdek turli xildagi hisobotlar, birlamchi hisob hujjatlaridir. Tahlilning informatsion ta’minotida boshlovchi rol xo‘jalik jarayoni hamda uning natijasida yaqqol aks etgan buxgalteriya hisobi va hisobotga tegishli. Birlamchi hisob registrlarida hamda hisobotda mavjud bo‘lgan o‘z vaqtida va to‘liq qilingan, ma’lumotlar tahlili xo‘jalik natijalarini yanada mukamallashtirishni ta’minlaydi. Korxonaning hisobi va hisobot ma ’lumotlari ulami darajasini hosil qiladigan asosiy ko'rsatkich va faktorlari tendensiyalarini chuqur o‘rganish uchun foydalaniladi. Makroiqtisodiy statistika ma’lumotini o‘rganish umuman soha bo‘yicha yoki milliy iqtisodiyotda korxona ishlashining tashqi shartlarini, xo‘jalik va moliya holatini baholash uchun zarurdir. Tezkor hisob va hisobot statistika, buxgalteriya hisobi va analiz ta’minotiga nisbatan kerayi ma’lumotlar bilan tez ta’minlaydi. (Misol uchun, mahsulotni ishlab chiqarish hamda uni etkazib berish, ishlab chiqarish zaxiralari holati va hokazo) Shu bilan analitik tadqiqot samaradorligini oshirishga sharoit yaratib beradi. Hisob hujjati - bir necha yil davomida korxona faoliyati natijalari ma’lumoti yig‘iladigan korxonaning iqtisodiy pasporti hisoblanadi. Ko‘rsatkichlami o‘rganishda pasportda mavjud bo'lgan bir qator ma’lumotlar tadqiqotlami amalga oshirishga va korxona iqtisodini rivojlanishini o‘rganishga imkon beradi. Hisobdan tashqari ma’lumotlar manbalari bu korxonani tegishli hujjatlar boiib, korxona faoliyati tashqi muhitdagi o‘zgarishlami tavsiflovchi ma’lumotlardir. 1) Rasmiy hujjatlar, korxona o‘z faoliyatida ishlatishi majbbo‘lgan hujjatlar: davlat qonunlari, Prezident farmoyishlari, hukumat qarorlari, yuqori turuvchi muassasalar qarorlari, tekshiruv va audit xulosalari, korxona rahbarlarining qarorlari, boshqaruv yig‘ilishining qarorlari va boshqalar; 2) Xo‘jalik huquqiga oid hujjatlar: shartnomalar, arbitraj va sud qarorlari, reklamatsiyalar; 3) Ilmiy-texnik ma’lumot (maqolalar, ilmiy-tadqiqot ishlar natijasi hisoboti va hokazo); 4) Texnik va texnologik hujjatlar; 5) Korxona va alohida ish ish joylaming holati haqidagi maxsus tadqiqot hujjatlari (xronometraj, rasmlar); 6) Korxona asosiy kontragentlaii haqidagi ma’lumot - ta’minlovchi va xaridorlar. 7) Turli xii rnanbalardan asosiy raqobatchilar haqidagi olingan ma’lumot - internet, radio, teievideniye, gazeta, jumallar, informatsion byulletenlar va boshqaiardan; 8) Material resurslar bozori holati haqidagi ma’lumot (bozor hajmlari, alohida mahsulotlar uchun narx-navo darajasi va dinamikasi); 9) Kapital bozorining holati haqida ma’lumot; 10) Fond bozorlari haqidagi ma’lumotlar (qimmatli qog‘ozlaming asosiy ko‘rinishlari bo‘yicha taklif va narx-navo); 11) Mamalaktda makroiqti sodiy ко‘rsatkichlarning o‘zgarishi haqidagi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. Tadqiqotning obyektiga nisbatat ma’lumot ichki va tashqi boiadi. Ichki та 'lumot tizimi bu buxgalteriya, statistika, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari, reja ma’lumotlari, korxonada ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar va hokazo. Tashqi m a’lumotlar tizimi bu statistik to‘plamlardagi qayd etilgan ma’lumotlar, doimiy va maxsus nashryotlar, konferensiya va uchrashuvlardagi ma’lumotlar, rasmiy va xo ‘jalik-huquqiy hujjatlar va shu kabilar. Tadqiqotning predmetiga nisbatan ma’lumot asosiy m a’lumotga, hamda o‘rganilayotgan predmet sohasini yanada mukammalroq tavsiflash uchunyordamchi та ’lumotlarga bo‘linadi. Doimiy ravishda tushadigan analitik ma’lumot regulyar va epizod tavsifidagi ma’lumotlarga boiinadi. Regulyar m a’lumot manbalariga rejali va hisob ma’lumotlari tegishli. Epizod tavsifidagi m a’lumotlar esa keraklihk darajasiga nisbatan hosil bo‘ladi, misol uchun yangi raqobatchi haqida ma’lumot. Regulyar ma’lumot, o‘z navbatida, o‘zini kerakliligini uzoq muddat saqlovchi doimiy ma’lumotga (kodlar, shifrlar, buxgalteriya hisobining rejasi va shu kabilar), o‘zini kerakliligini ma’lum bir muddat saqlaydigan shartli doimiy ma’lumotga (reja ko'rsatkichlari, me’yoriy ко‘rsatkichlar), voqealarning tez tez o‘zgarishini tavsiflaydigan о ‘zgaruvchan ma’lumotga (ma’lum bir muddat uchun tahlil qilinayotgan obyekt haqidagi hisob ma’lumotlari) kabilarga tasniflanadi. 0 ‘rganib chiqish jaryoniga nisbatan ma’lumotni birlamchi m a’lumot (birlamchi hisob, inventarizatsiya, kuzatish ma’lumotlari) va ma’lum bir o‘rganish va o‘zgarish jarayonini o‘tgan ikkilamchi ma ’lumotga (hisobot va shu kabilar) ajratish mumkin. Tahlilning informatsiya ta’minotini amalga oshirishda bir qator talablar qo‘yiladi, ya’ni ma’lumotning analitik ekanligi, uning haqiqiyligi, tezkorligi, taqqoslana olishi, ratsionalligi va boshqalar. M a’lumotning analitik ekanligi butun iqtisodiy ma’lumot iqtisodiy tahlil talablariga javob berishi kerakliginin bildiradi, ya’ni ma’lumotlaming aynan sohalar faoliyati va iqtisodiy jarayonni har tomonlama o‘rganish uchun zarur bo‘lgan detallashtirilgan holda kelib tushishini ta’minlash, ular asosida asosiy omillaming ta’sir qilishini aniqlash va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish uchun ichki xo‘jalik zaxiralarini o‘rganish imkoni bo‘lishi lozim. Shuning uchun iqtisodiy tahlilning hamma infomatsiya ta’minoti boshqaruv talablariga asosan doimo mukamallashtirilib borilishi lozim. Iqtisodiy ma’lumot haqiqiy holatga mos bo‘lishi hamda tadqiqot jarayonini obyektiv aks ettirishi kerak. Aks holda tahlil natijasida qilingan xulosalar, amaliyotga to‘g‘ri kelmaydi, tahlilchilar tomonidan ishlab chiqilgan takliflar esa nafaqat korxonaga kerakli bo‘lishi, balki unga ziyon keltirishi ham mumkin. Shuning uchun tahlil uchun yig‘ilgan ma’lumot yuqori sifatli bo‘lishini tekshirish lozim. Ma ’lumotning tezkorligi. Amalga oshirilgan xo‘jalik jarayonlari haqidagi ma’lumotlar qanchalik tez yetkazib berilishi, tahlilni ham shunchalik tezkor o‘tkazish mumkinligini, kamchiliklami, yo‘qotishlami aniqlash va ulami o‘z o‘mida bartaraf etishni bildiradi.
Ma’lumotning sifatiga beriladigan talablardan biri uni tadqiqotning predmeti va obyektiga, ma’lum bir muddatga, ko‘rsatkichlami hisoblash metodologiyasi va boshqa bir qator belgilarga taqqoslanishini ta’minlashdir. Oldindan ko‘rsatkichlar taqqoslanishi ta’minlangan bo‘lsa, u holda tahlil ancha kam mehnat talab qiladi. Buning uchun butun raqamli ma’lumotning sifatliligi tekshirilganidan so‘ng, u ко‘rib chiqilgan qo‘llanishlami ishlatib ma’lum bir ko‘rinishga keltiriladi. Informatsion bazani shakllantirishda tahlil qilish uchun m a’lumotlami onsonlashtirish maqsadga muvofiq. Analitik tadqiqot ko‘p holda bashorat tavsifiga ega bo‘lib, buxgalter hisobotidagi kabi aniqlikni talab qilmaydi. Xo‘jalik subyektlari faoliyatiga beriladigan umumiy bahoni osonlashtirish maqsadida birlamchi ma’lumotlar ko‘pincha o‘rta va nisbiy ко‘rsatkichlar darajasida ko‘rsatiladi. Va nihoyat, ma’lumot tizimi ratsional bo‘lishi kerak, ya’ni ma’lumotni yig‘ish, saqlash va ishlatish uchun ketgan vaqtni kamaytirish lozim. Bir tomondan, iqtisodiy jarayonini kompleks tahlil qilish uchun har tomonlama ma’lumot talab qilinadi. Agar, bunday imkoniyat mavjud bo‘lmasa tahlil to‘liq bo‘lmaydi. Boshqa tomondan, ortiqcha ma’lumot uni qidirish, yig‘ish va qaror qabul qilish jarayonini uzaytiradi. Ushbu talabdan, ma’lumotni foydaliligini tekshirish zarurligi, hamda keraksiz ma’lumotlami chiqarish va kerakli ma’lumotlami kiritish asosida ma’lumotlami takomillashtirish mumkinligi kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiy tahlilni samaradorligini ta’minlashda zaruriy shartlardan biri bo‘lgan, iqtisodiy tahlil ma’lumot tizimi yuqorida qayd etilgan talablarga muvofiq shakllanishi va takomillanishi shart. Tahlilni amalga oshirishda uning uslubiy ta’minoti ham alohida o ‘ringa ega. Korxonada qanday tahlil uslubi qo‘llanilishiga qarab, uning natijasini aniqlash mumkin. Tahlilning uslubiy ta’minoti bo‘yicha mas’uliyat odatda, korxonada analitik ishni boshqaradigan mutaxassisga yuklatiladi. U doimiy ravishda iqtisodiy tahlil metodikasi ni tahlil sohasidagi tajriba va ilm-fan taraqqiyotini o‘rganish asosida takomillashtirishi hamda ulami korxonaning har bir segmentida joriy etish, tahlil bo‘yicha kadrlami tayyorlashi va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshiradi. Mas’uliyatli shaxsni tayyor iqtisodiy-matematik usullami qo‘llab tezkor va kompleks tarzda hujjatlar asosida faoliyat natijalarini o'rganishni ta’minlovchi tahlil dasturlarini joriy etishi yoki o‘zi ijodiy tarzda ishlab chiqishi kabi harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
|
| |