|
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi
|
bet | 1/5 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 41,95 Kb. | | #113564 |
Bog'liq 8-var 1-MI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI”
fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Ishlab chiqarish faoliyatida tozalikni ta’minlash va xavfsizlikni oshirish tadbirlarini ishlab chiqish.
Bajardi:“Telekommunikatsiya texnologiyalari: telekommunikatsiyalar” ta’lim yo‘nalishi
040-20_guruh
Kadirov Jasur
Talabaning F.I.Sh.
Qabul qildi: Abdullayeva Surayyo
Toshkent 2023
Reja:
1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari.
2. Ishlab chiqarish faoliyatida tozalikni ta’milash.
3. Ishlab chiqarish faoliyatida xavfsizlikni oshirish.
4. Baxtsiz xodisalarni tahlil etish.
5. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o'rganish usullari.
Foydalanilgan adabiyotlar
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari.
Inson mehnat qilish, dam olish, toza muhit sharoitida yashash huquqiga ega, buni esa O'zbekiston Resbuplikasi Konstitusiyasi kafolatlaydi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani asosan quydagi qismlardan tashkil topgan.
1. Hayot faoliyati xavfsizligi umumiy masalalari to'g'risida ekologik va mehnat qilish qonuniyatlari.
2. Sanoat sanitariyasi va gigienasi.
3. Xavfsizlik texnikasi.
4. Yong'in va portlashga qarshi chora-tadbirlar.
5. Fuqaro muhofazasini sanoat korxonalarida tashkil etish.
Ishlab chiqarishda ish sharoitini yaratishda asosan mehnat hamda ekologik qonunchiliklariga rioya qilish maqsadga muofiqdir. Mehnat muhofazasi qonunchiligi mehnat qilish va dam olishning huquqiy normalarini o'z ichiga oladi hamda uning himoya qilinishini kafolatlaydi. Ekologik Qonunchilik esa ishlab chiqarishda atrof muhitning inson hayot faoliyati uchun ta'sirini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
Sanoat sanitariyasi va gigienasi ishlab chiqarishda ishlovchilarga zararli faktorlarning ta'sir etishining oldini oluvchi tashkiliy gigiena va sanitariya texnikaviy tadbirlar hamda vositalar sistemasidir.
Xavfsizlik texnikasi ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning ta'sir etishining oldini oluvchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar sistemasidir.
Yong'in profilaktikasi - ishchilarni olovdan (yong'in va portlashdan) himoya qilishga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar kompleksidir.
Fuqaro muhofazasi ishlab chiqarishda favqulotda holat yuzaga kelganda ishlab chiqarishdagi ishchi xizmatlarni hamda asbob-uskunalarni ko'chirish (evakuasiya) chora-tadbirlarini ishlab chiqish sistemasidir.
|
| |