www.pedagoglar.uz
43-son 1–to’plam aprel 2023
Sahifa: 238
BOSHLANG’ICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Andijon viloyati Buloqboshi tumani
11-sanatoriya maktab internati boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Dadaboyeva Guljaxon Xasanovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot texnologiyalari, ta’lim samaradorligini
oshirishda axborot texnologiyalarning ahamiyat va boshlang’ich sinf
o‘quvchilarida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash tartibi xususidagi
masalalar haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: axborot, texnologi, pedagogika, ta’lim, islohot, tarbiya, fan
Ta’limdagi islohatlar natijasida o‘quv
jarayoniga yangi axborot-
kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini,
elektron darsliklar hamda
multimedia vositalarini keng joriy еtish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar
kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
berish sifatini tubdan
yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy
o‘quv
va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash,
shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli
mehnatini moddiy
hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirish zarurdir.
Ilm-fan, texnika, unda axborot texnologiyasining o‘sishini jadallashuvi
ilmiytexnikaviy axborotlarning rivojiga tez-tez yangilanishlar olib keldi.
Bundan
ma’lumki,
ma’lumotlar,
axborotlarni
uzatish
metodini
yangilash,
takomillashtirishni talab etmoqda. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida shunday o‘qitish
metodlarini tatbiq etish joizki, ular natijasida o‘quvchilarni mustaqil o‘qish,
fikrlashga, axborotlar bilan ijodiy ishlashga o‘rgatsin, o‘quvchilarni o‘ziga xos
fikrlashga yo‘llasin, ishchanlik qobiliyatini rivojlantirsin, o‘qishga, mustaqil bilim
olishga qiziqishini oshirsin, o‘z ish faoliyatiga tanqidiy yondashishni tarbiyalasin,