Foydalanishning samaradorligi




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana07.01.2024
Hajmi0,59 Mb.
#131654
1   2   3   4   5
Bog'liq
238-242

www.pedagoglar.uz
43-son 1–to’plam aprel 2023
Sahifa: 239 
o‘zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitiga tez moslashish ko‘nikmalarini 
shakllantirilsin. Boshlang’ich ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu 
jumladan,axborot texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam 
beradi. Axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari
o’tkazish metodlariga ko’ra o’quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki 
bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo’ladi. O’quvchilarning o’quv 
materiallarini o’zlashtirishga bo’lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo’zg’atish 
asosida maqsadga erishish motivatsiya bo’lib, bu o’qituvchi va o’quvchilarning 
o’zaro ichki yaqinlashuvidir. Ilmiy tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, 
axborot-kommunikatsion texnologiyalar o’quvchilarning nazariy, ijodiy va 
refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O’quvchilarning xotirasida u 
yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o’quv materialini boyitib, uning 
ilmiy jihatdan o’zlshtirilishiga yordam beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quv jarayonida 
ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishishning asosiy shartlari: zamonaviy ta’lim 
usullaridan bo‘lgan ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish
eng so‘nggi ta’lim vositalarini qo‘llash hamda ushbu jarayon samaradorligini 
oshirishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining yuqori metodik kasbiy 
tayyorgarlikka ega bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat. Masofali ta’lim o‘qitishing 
zamonaviy shakllaridan biri sifatida ta’lim tizimining barcha sohalarida o‘z o‘rnini 
topmoqda. Jumladan, Internet tarmog‘idagi o‘quv materiallaridan keng 
foydalanilmoqda. Internetdan olinadigan materiallarning aksariyati multimedia 
shaklida yaratilgan. Masalan, boshlang‘ich sinflar uchun “Kimning uyi qayerda?”, 
“Uy yasash” taqdimotlari va turli xil kompyuter o‘yinlari shular jumlasidandir. 
Axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga tatbiq etish o‘quv jarayonida 
zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llashga keng imkoniyatlar ochadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 nozbrdagi “Raqamli 
O‘zbekiston - 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshrish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” gi PF-6079-son farmonida asosida ta’lim jarayonida axborot 



Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish