|
3-amaliy mashg‘ulot. Boshlang‘ich ta’limda fanlarni o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish
|
bet | 1/2 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 137 Kb. | | #119970 |
Bog'liq 3-amaliy mashg\'ulot
3-amaliy mashg‘ulot. Boshlang‘ich ta’limda fanlarni o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish
Ta’limdagi islohatlar natijasida o‘quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini, elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy еtish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirish zarurdir.
Ilm-fan, texnika, unda axborot texnologiyasining o‘sishini jadallashuvi ilmiytexnikaviy axborotlarning rivojiga tez-tez yangilanishlar olib keldi. Bundan ma’lumki, ma’lumotlar, axborotlarni uzatish metodini yangilash, takomillashtirishni talab etmoqda. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida shunday o‘qitish metodlarini tatbiq etish joizki, ular natijasida o‘quvchilarni mustaqil o‘qish, fikrlashga, axborotlar bilan ijodiy ishlashga o‘rgatsin, o‘quvchilarni o‘ziga xos fikrlashga yo‘llasin, ishchanlik qobiliyatini rivojlantirsin, o‘qishga, mustaqil bilim olishga qiziqishini oshirsin, o‘z ish faoliyatiga tanqidiy yondashishni tarbiyalasin, o‘zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitiga tez moslashish ko‘nikmalarini shakllantirilsin.
Boshlang‘ich ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘atish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. Ilmiy tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, axborot-kommunikatsion texnologiyalar o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchilarning xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlshtirilishiga yordam beradi.
Dunyo miqyosida shiddat bilan rivojlanayotgan axborot ko‘lami, ularni o‘zlashtirish va qayta ishlashga imkon beruvchi yangi axborot va pedagogic texnologiyalarni yaratish, amaliyotga joriy etish ta’lim bosqichlarining barcha bo‘ginlaridagi jarayonlarni kompyuterlashtirish yo‘lida uchraydigan muammolarni bartaraf qilishga qaratilgan ilmiy-metodik ishlar, turli umumta’lim fanlaridan electron darslik va pedagogic dastur vositalariga zaruriyat kundan-kunga oshib bormoqda.
Axborot - so‘zi lotincha «informatio» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «tushuntirish, bayon etish» - degan ma’nolarni anglatadi.
«Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri» ibоrаsidаgi «tехnоlоgiya» so‘zi lоtinchа «thexnos» - sаn`аt, хunаr, sоhа vа «logos» - fаn dеgаn ma’nоni bildirаdi. Ya’ni tехnоlоgiya - birоr vаzifаni bаjаrishdа uning turli хil usullаri ko‘rinishini bildirаdi.
Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri ахbоrоtlаrni yig‘ish, sаqlаsh, uzаtish, qаytа ishlаsh usul vа vоsitаlаri mаjmuidir.
iy shartlari: zamonaviy ta’lim usullaridan bo‘lgan ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, eng so‘nggi ta’lim vositalarini qo‘llash hamda ushbu jarayon samaradorligini oshirishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining yuqori metodik kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat.
Masofali ta’lim o‘qitishing zamonaviy shakllaridan biri sifatida ta’lim tizimining barcha sohalarida o‘z o‘rnini topmoqda. Jumladan, Internet tarmog‘idagi o‘quv materiallaridan keng foydalanilmoqda. Internetdan olinadigan materiallarning aksariyati multimedia shaklida yaratilgan. Masalan, boshlang‘ich sinflar uchun “Kimning uyi qayerda?”, “Uy yasash” taqdimotlari va turli xil kompyuter o‘yinlari shular jumlasidandir.
Axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga tatbiq etish o‘quv jarayonida zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llashga keng imkoniyatlar ochadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 nozbrdagi “Raqamli O‘zbekiston - 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshrish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6079-son farmonida asosida ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarni qo‘llash uyzasidan qator vazifalarni belgilab beradi. Axborot texnologiyalari jamiyat tuzilmasining shu qadar ajralmas qismiga aylanib ulgurdi, endi u shunchaki texnologik jarayon emas, aksincha, ijtimoiy jarayonga aylanib bormoqda. Davlatning iqtisodiy qudrati, xalqaro nufuzi, demokratik institutning rivoji darajasi axborot texnologiyalarning tadqiqotiga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Axborot insoniyatning nixoyatda muhim va cheksiz resursiga aylandi. Bu esa qaysi sohaga bo‘lishidan qatiy nazar, internetning milliy sigmentida o‘z axborotlarimizni tobora ko‘paytirib borishni taqozo etadi. O‘qitish va o‘rganish jarayonida Internettexnologiyalariga katta o‘rin ajratilmoqda. Bunday texnologiyalar ta’lim jarayoniga ko‘maklashib, o‘qitish dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari, elektron darsliklar va jurnallardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda, bu esa o‘z navbatida foydalanuvchilarga ilmiy maktab ishlarini ta’minlamoqda. O‘quvchilarni internetdan olayotgan axborotlariga tanqidiy yondoshish va uning foydali manbalari asosida o‘z duyoqarashini kengaytirish, g‘arazli manbalar asosida o‘z dunyoqarashini kengaytirish, g‘arazli ma’lumotlarni inkor eta bilish g‘oyat muhimdir.
Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi
1-sinfda o‘qish darsida elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni tovushli-harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun
kompyuterni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.
Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang‘ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin
Boshlang‘ich ta’limda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligini belgilash, ta’lim jarayonida bunday texnologiyalarni qo‘llasning eng muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Bu sohada erishilayotgan yutuqlarni hisobga olib, komg‘yuter texnologiyasini quyidagi jihatlarda ta’lim muassasasi umumiy faoliyati jarayonlarida qo‘llash samarali bo‘lishini ta’kidlash lozim. Boshlang‘ich ta’limni axborotlashtirishning istiqbolli y`o‘nalishlari zamonaviy telekommunikatsiya vositalari va tarmoqli axborot texnologiyalaridan foydalanishni bildiradi. Bunday vositalarni qo‘llashda umumta’lim maktablar va oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonining samaraligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. Kompyuter o‘quv manbalarini kengaytirib beradi, ya’ni turli multimediali darsliklar, elektron kitoblar va boshqalaridan foydalanish imkoniyati keng tarqalmoqda. Shularni inobatga olgan xolda bugungi kunda axborot texnologiyalarni amaliyotga joriy etish ta’lim tizimiga yangi talablarni ko‘yadi, shu bilan bir qatorda boshlang‘ich sinflardagi ta’limda ham ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir ta’lim muassasasidan ta’lim faoliyatinini muhitinining axborotlashtishini talab qiladi.
Boshlang‘ich sinflarga dars o‘tishda asosan o‘yin usullaridan, interfaol metodlardan, modulli texnologiyalardan, noan`anaviy dars shakllaridan, fanlararo integratsiyadan foydalanish mumkin. Bu metodlarning hammasi ham bolalarda mustaqil ishlashni, o‘z fikrini erkin bayon qila olishni, keng fikrlashni talab etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy salohiyati va ma’lumot darajasi, zamonaviy ta’lim metodikasini bilishi ta’lim sifatini oshirishda muhim aha-miyatga ega. Afsuski, ayrim o‘qituvchilar hali ham dars jarayonida an`anaviy o‘qitish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia vositalaridan, ta’lim tizimiga oid saytlarda berilgan metodik tavsiyalardan yetarlicha foydalanmayapti. Shu bois, hozirda o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim metodlari va vositalari, o‘qitish jarayonini tashkil et ish zamonaviy shakllarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda
|
| |