• 3. Quymalarni aylanuvchi metall qoliplarda olish
  • Quymalarni metall qoliplarda bosim ostida olish




    Download 7,33 Kb.
    bet2/3
    Sana02.02.2024
    Hajmi7,33 Kb.
    #150719
    1   2   3
    Bog'liq
    Quyma olishning maxsus usullari-fayllar.org

    2. Quymalarni metall qoliplarda bosim ostida olish
    Bu usul quymalarni metall qoliplarda olish usulining bir turi bo‘lib, bunda metall po‘lat qolipga bosim ostida kiritiladi. Suyuq metallning bosim ostida kiritilishi tufayli qolip tezroq va to‘laroq to‘lib, quymada g‘ovakliklar deyarli bo‘lmaydi, mayda donachali puxta quymalar olinishi bilan birga o‘lchamlari aniq, yuzalari tekis bo‘ladi.

    Bu usuldan yirik korxonalarda alyuminiy, magniy, mis va boshqa qotishmalardan bir necha grammdan bir necha kilogrammgacha bo‘lgan murakkab shaklli, yupqa devorli, aniq o‘lchamli, tekis yuzali quymalar olishda keng foydalaniladi.

    Quyma murakkab va katta bo‘lsa, bir tekis sovimasligi oqibatida ichki zo‘riqish kuchlanishlari hosil bo‘ladi. Shu sababli quyma qoliplar tayyorlashda ularda metallning iloji boricha tekis sovishini ta’minlash tadbirlari ko‘rilishi lozim. Metall qolip narxining qimmatligi, murakkab shaklli va yupqa devorli quymalar olishning qiyinligi, suyuqlanish temperaturasi yuqori bo‘lgan metallardan quymalar olishda qolip materiali chidamliligining yuqori emasligi, bu usulning kamchiliklari hisoblanadi.


    3. Quymalarni aylanuvchi metall qoliplarda olish
    Bu usulda metallarni gorizontal va vertikal o‘q atrofida aylanuvchi metall qolipga (ba’zan ular yuzi qolip materiali bilan qoplanadi) quyiladi. Bunda metall markazdan qochirma kuch ta’sirida qolip devoriga urilib, sovib zich, mayda donachali, tekis yuzali, puxta quymalar olinadi.


    2-rasm. Gorizontal o‘q atrofida aylanuvchi qolipda cho‘yan trubani tayyorlash sxemasi.
    Bu usul yuqori unumdorligi, olingan quyma sifatining yaxshiligi, quyish tizimini talab etmasligi bilan boshqa usullardan ajralib turadi. Lekin qimmatbaho uskuna talab etishi, faqat doiraviy quymalar olinishi kabi kamchiliklari bor. Bu usuldan cho‘yan, po‘lat va rangli metall qotishmalardan bir necha kg dan bir necha tonnagacha quymalar olinadi. olinadigan quyma turiga ko‘ra qoliplar gorizontal, vertikal, qiya o‘qlar, bo‘ylab aylanadigan bo‘ladi.


    Download 7,33 Kb.
    1   2   3




    Download 7,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quymalarni metall qoliplarda bosim ostida olish

    Download 7,33 Kb.