|
Mundarija: 1
|
bet | 1/9 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 4,08 Mb. | | #117444 |
Bog'liq Alijonova shaxsiy topshiriq
Mundarija:
1
|
Kirish
|
4
|
2
|
Korxona xaqida malumot
|
4-8
|
3
|
Bitiruv oldi amaliyotining maqsad va vazifalari
|
9
|
4
|
Tikuvchilik sanoati va hozirgi kundagi holati
|
10-11
|
5
|
Tikuvchilik sanoatining rivojlanishi
|
12-13
|
6
|
Tasdiqlangan shaxsiy topiriq va shaxsiy topshiriqdagi kutilyotgan yangiliklar
|
14
|
7
|
O’smir qizlar komplekti tanlangan modeli uchun qo‘yilgan talablar
|
15
|
8
|
O’smir qizlar komplekti modeli ko‘rinishi va tavsifi
|
16-17
|
9
|
O’smir qizlar komplekti modelining vazifasi
|
16-17
|
10
|
O’smir qizlar komplekti modeli xususiyatidan kelib chiqib gazlama tanlash va asoslash
|
18-21
|
11
|
Loyihalanayotgan model uchun mashina jihozini tanlash
|
22-24
|
12
|
Kiyimga ishlov berishning texnologik ketma-ketligini tuzish
|
25-27
|
13
|
Xulosa
|
28-29
|
14
|
Foydalangan adabiyotlar
|
30
|
15
|
Ilovalar
|
31
|
Reja:
1. Kirish
1.1 Korxona xaqida malumot.
1. 2 Bitiruv oldi amaliyotining maqsad va vazifalari.
2. Asosiy qismi
2.1 Tikuvchilik sanoati va hozirgi kundagi holati.
2.2. Tikuvchilik sanoatining rivojlanishi.
2.3 Tasdiqlangan shaxsiy topiriq va shaxsiy topshiriqdagi kutilyotgan yangiliklar 2.4. O’smir qizlar komplekti tanlangan modeli uchun qo‘yilgan talablar.
2.5. O’smir qizlar komplekti modeli ko‘rinishi va tavsifi.
2.6 O’smir qizlar komplekti modelining vazifasi.
2.7. O’smir qizlar komplekti modeli xususiyatidan kelib chiqib gazlama tanlash va asoslash.
2.8. Loyihalanayotgan model uchun mashina jihozini tanlash.
3. Texnologik jarayonlarni ishlab chiqish
3.1. Kiyimga ishlov berishning texnologik ketma-ketligini tuzish.
4. Xulosa
5. Foydalangan adabiyotlar
6. Ilova
Kirish
Vatanimiz o`z mustaqilligini qo`lga kiritgan vaqtdan beri dunyo miqiyosida har sohada o`z o`rniga ega bo`lib kelmoqda. Misol uchun ijtimoiy-iqtisodiy sohada ham katta yutuqlarni egallamoqdamiz. Yurtboshimizning olib borayotgan siyosatlari natijasida iqtisodiyotning barcha sohalari izchil rivojlanib bormoqda. Hamda, ushbu yo`nalishlar bo`yicha samarali yutuqlarni qo`lga kiritmoqdamiz.
Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev vatanimiz hududlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ijtimoiy iqtisodiy sohalarni yanada rivojlantirish chora tadbirlari bunyodkorlik ishlari aholi turmush tarzini yanada yaxshilash ishlarini olib boorish uchun mamlakatimizning barcha viloyatlariga tshrif buyurib xalqning yashash tarzini o`zlari o`rganib turli sohalarda tarmoqlar kengaytirilib bo`sh ish o`rinlarini ko`paytirish masalalarini ilgari surdilar. Natijada viloyatlarda yengil sanoat sohalirini kengaytirish ishlari boshlandi. Bundan tashqari turli xil tikuv korxonalari ish faoliyatini kengaytirdi va chet elga eksport hajmini oshirdi. Mustaqillikka erishgan yillarimizdan boshlab yengil sanoat sohalari mamlakatimizning asosiy tayanchi bo`lib kelmoqda. Mustaqillik yillarida tarmoqqa 2,5 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb , 200 dan ziyod yirik investitsiya loyihasini hayotga tatbiq etildi,
Ishlab chiqarish sexlarida va turli tikuv korxonalarida paxta kalava va gazlamalar, to`qimachilik matolari tikuvchilik matolari tibbiyot uchun mo`ljallangan maxsulotlar va maxsus kiyimlar ham ishlab chiqish jarayonlari yo`lga qo`yilmoqda.
Vatanimiz hudududa o`z ish faoliyatini olib borayotgan zamonaviy texnik jihozlar bilan jihozlangan, texnik talablarga javob bera oladigan, ishlash uchun har tomonlama qulay sharoitlarga ega bo`lgan tikuv sexlari, korxonalar bugungi kunda jamiyat tarkibida yanada ko`payib bormoqda. Bundan tashqari tikuvchilik va trikotaj, hamda shoyi maxsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar ham tashkillanmoqda. Ulardan 360ga yaqini kichik biznes va xususuy tadbirkorlik sub`ektlaridandir.
Korxonalar ish jarayonlari davomida faqat tikuv yoki trikotaj maxsulotlarini ishlab chiqarishdan tashqari maxsulot tayorlash uchun zarur maxsulotlarni ham o`zlari tayorlashni rejalashtirib amalga oshirishmoqda. Ya`ni, ip kalavadan tortib tayyor buyumgacha bo`lgan keng turdagi maxsulotlarni ishlab chiqarishmoqda. Undan tashqari ichki va tashqi bozorni ham bu mahsulotlar bilan ta`minlashmoqda. Zamonaviy dizayn va yuqori sifat darajasida ishlab chiqarilayotgan bu mahsulotlar raqobat bardoshligini ta`minlab ularning xalqaro bozordagi o`rnini toppish uchun keng imkoniyatlar yaratib kelmoqda.
Korxona uchun rivojlanishning eng asosiy maqsadi bu korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar ichki hamda tashqi bozorni egallashidir. Sifatli va hamyonbop bo`lgan maxsulotlar eksport hajmini oshirishdan iboratdir. Buning uchun eng avvalo korxona xodimlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishidir.
Malumotlarga ko`ra shu yilning uch choragida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2.7mnl so`mdan ortgan. Xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqarish esa 1.2mln so`mni tashkil etgan. Ayni vaqtda ip va gazlama va mato hamda undan tayyorlanadigan maxsulotlar noto`qima materiallar hom ipak kabi asosiy turdagi maxsulotlar ishlab chiqarishdagi hajmi yanada oshdi.
|
| |