• Ichki normativ-huquqiy hujjatlar
  • Xalqaro ko‘lamda yo‘lovchi va yuk tashishni himoya qiluvchi shartnomalarga alohida e’tibor qaratish lozim.
  • Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy masalalari qanday? Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish




    Download 16.3 Kb.
    Sana05.04.2024
    Hajmi16.3 Kb.
    #189016
    Bog'liq
    Xalqaro yuk va yo
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim

    Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy masalalari qanday?
    Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish - yuklar, yo‘lovchilar va ularning bagajini ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida, mazkur davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro bitimlarda belgilangan shartlarda tashish.
    Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy masalalari xalqaro bitimlarda – xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish shartlarini belgilovchi bir xillashtirilgan normalarni o‘z ichiga olgan transport konvensiyalarida hal qilingan.

    • Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish huquqi manbalari kollizion bog‘lanishlar

    1) jo‘natish mamlakati qonuni;
    2) o‘tib borilayotgan mamlakat qonuni;
    3) yuk to‘xtatib qolingan (turilgan) mamlakat qonuni;
    4) tashish shartnomasi o‘zgartiriladigan mamlakat qonuni;
    5) hodisa sodir bo‘lgan joy mamlakati qonuni;
    6) yuk tayinlangan mamlakat qonuni;
    7) da’vo (talab) bildirilgan mamlakat qonuni;
    8) sudida da’vo ko‘rib chiqiladigan mamlakat qonuni.

    • Ichki normativ-huquqiy hujjatlar

    1. Havo kodeksi;

    2. Fuqarolik kodeksi;

    3. “Avtomobil transporti to‘g‘risida”;

    4. “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”;

    5. “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”;

    6. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”;

    7. “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida” va boshqa qonunlar


    Xalqaro ko‘lamda yo‘lovchi va yuk tashishni himoya qiluvchi shartnomalarga alohida e’tibor qaratish lozim.
    Xalqaro transport oborotida tovar taqsimlash hujjatlari.
    Tashish munosabatlarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalari.
    1956 yilgi Yuklarni avtomobilda xalqaro tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiya,
    1971 yilgi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiya, 1975 yilgi MDP(международных дорожных перевозок) daftarchasidan foydalanib, yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojga oid Konvensiya,
    1957 yilgi Xavfli yuklarni avtomobilda xalqaro tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimi,
    1997 yilgi Avtomobilda yo‘lovchi va bagajni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Bishkek konvensiyasi, 1970 yilgiTez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashish to‘g‘risida va bunday tashuvlar uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalari to‘g‘risidagi Bitim,
    1975 yilgi Xalqaro avtomagistrallar to‘g‘risidagi Yevropa bitimi.

    • Xalqaro qatnov turlari. Amaliyotda xalqaro qatnovlarning har xil turlari ma’lum, ularning har biri talay o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Transportning qaysi bir turidan foydalanishga qarab xalqaro qatnov temir yo‘l, avtomobil, havo, dengiz transportida tashishlariga ajratiladi. Shu bilan birga, xalqaro yo‘nalishlarda turli transport vositalari bilan tashishlar (masalan, temir yo‘l – suv transporti bilan), O‘zbekiston hududi orqali tranzit hamda konteynerli tashishlar ma’lum o‘ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi. Amaldagi xalqaro bitimlarning qoidalaridan kelib chiqqan holda, xalqaro qatnovning quyidagi asosiy turlarini farqlash zarur:

    a) ishtirok etuvchi transport tashkilotlarining xususiyatlariga ko‘ra – transportning ayrim turlarida tashish va turli transport vositalari qatnovida tashish;
    b) tashish predmetiga ko‘ra – yuklarni, yo‘lovchilarni tashish, temir yo‘l transportida esa – yuk bagajini (tovar bagajini) tashish;
    v) transport operatsiyalarining davriyligiga qarab – muntazam (liniyali) va nomuntazam tashishlar;
    g) yuklar va yo‘lovchilar chegara punktlaridan (o‘tib borilayotgan portlardan) o‘tishi tartibini hisobga olgan holda – qayta ortishlarsiz (boshqasiga o‘tirilmay) va qayta ortiladigan (boshqasiga o‘tiriladigan) tashishlar;
    d) tashish qo‘shni davlat hududida tugallanishi yoki tugallanmas ligiga ko‘ra – qo‘shnilararo, tranzit va to‘ppa-to‘g‘ri o‘tadigan (aylanma, xalqa shaklidagi) tashishlar;
    ye) qatnov bir yoki bir nechta tashish shartnomasi asosida amalga oshirilishiga qarab – to‘g‘ri bog‘lanadigan, to‘g‘ri bog‘lanmaydigan (bo‘linishli) tashishlar, birin-ketin tashuvchilar tomonidan tashishlar va yangi joyga jo‘natish bilan bog‘liq tashishlar;
    j) transportning ayrim tarmoqlarida xalqaro qatnovlarning alohida turlari – chegara yonidagi (temir yo‘l transporti) tashishlar, mayatnik qonuniyati asosidagi (avtomobil transporti) tashishlar.
    Download 16.3 Kb.




    Download 16.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy masalalari qanday? Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish

    Download 16.3 Kb.