Bug’latish. Umumiy tushunchalar bug’latish usullari




Download 28.75 Kb.
Sana18.05.2023
Hajmi28.75 Kb.
#61203
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari. Babaxanova X.A., Task 2 (1), 2. Referat berilgan mustaqil ish mavzusiga mosligi, Pedagogik dasturiy vositalardan yakuniy test-2-oluy ta’lim 214-g, Abdurahmon Jomiy hayoti va falsafasi, Baxtiyor Xamidov 1- mustaqil ish, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Astronavtlar ni-WPS Office, CHIZMA, 11-sinf, Документ Microsoft Word, Dinshunoslik 1-mustali, amaliy-13 (2), 2- amaliy ish

REJA:

  1. BUG’LATISH. UMUMIY TUSHUNCHALAR

  2. BUG’LATISH USULLARI

  3. KO’P KORPUSLI QURILMALARNI BUG’LATISH

  4. BUG’LATKICHLAR TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPI

  5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. BUG’LATISH. UMUMIY TUSHUNCHALAR


Qattiq, uchuvchan boʼlmagan yoki uchuvchanligi yomon boʼlgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil boʼlgan bugʼlarni chiqarib yuborish jarayoniga bugʼlatish deyiladi.
Odatda, sanoat miqyosida bugʼlatish jarayoni eritmalarni qaynatish yoʼli bilan amalga oshiriladi.
Eritmalarni bugʼlatishdan maqsad ularning kontsentratsiyasini orttirish boʼlib, yaʼni eritmalarni quyuqlashtirishdir.
Аgarda, quyuqlashtirilgan eritmalardan yana erituvchi chiqarilsa, qattiq moddalar kristallana boshlaydi va kristallar ajralib chiqadi.
Suyultirilgan eritmalar kontsentratsiyasini oshirish yoki ulardan erigan moddalarni kristallash usulida ajratib olish uchun bugʼlatish jarayoni qoʼllaniladi.
Kimyo, oziq ovqat va boshqa sanoatlarda bugʼlatish jarayonidan keng koʼlamda foydalaniladi. Masalan, tuz, ishqor kabi moddalarning suvli eritmalarini, mineral va organik kislotal ar, koʼp atomli spirtlar, shakar va konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida tomat, sut va sharbatlarni kontsentrlashda bu jarayonsiz texnologiyani tasavvur qilib boʼlmaydi. Shu bilan birga, ushbu jarayonni toza erituvchi ishlab chiqarish uchun ham qoʼllasa boʼladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, agar bugʼlanish jarayoni qaynash temperaturasidan past, istalgan temperaturada eritma yuzasida sodir boʼlsa, bugʼlatish esa qaynash temperaturasidan yuqori temperaturada, eritmaning butun hajmida yuz beradi. Ushbu jarayonlar bugʼlatish qurilmasi deb nomlanadigan kurilmalarda amalga oshiriladi. Maʼlumki, uzluksiz va uzlukli bugʼlatish jarayonlarini tashkil etish mumkin.
Uzlukli ishlaydigan kurilmalar, odatda kam mikdorda mahsulot ishlab chiqaradigan texnologiyalarda qoʼllaniladi. Yirik sanoat korxonalarida uzluksiz ishlaydigan bugʼlatish kurilmalaridan foydalaniladi va ularning issikdik almashinish yuzalari 600... 1000 m2 boʼladi. Bunday kurilmalarning tejamliligini aniqlovchi asosiy omil boʼlib, uvdagi bur va suv sarfi hisoblanadi. Bugʼlatish vakuum, atmosfera va yuqori bosim ostida olib borilishi mumkin. Vakuum ostida bugʼlatish paytida ikkilamchi bugʼni maxsus kondensatorda kondensatsiyalash yoʼli bilan kurilmada vakuum hosil qilinadi va nasos yordamida kondensatsiyalanmagan gazlar soʼrib olinadi. Bu usulda jarayon olib borilsa, eritmaning qaynash temperaturasini pasaytirishga erishsa boʼladi. Natijada yuqori temperaturaga oʼta taʼsirchan mahsulotlar sifatini saqpab qolish imkoniyati tutiladi. Undan tashqari, vakuumni jarayonda qoʼllash, harakatga keltiruvchi kuch miqdorini oshiradi va bugʼlatish qurilmasining issiqlik almashinish yuzasini, hamda metall sarfini kamaytirish imkonini beradi. Vakuum ostida bugʼlatishning yana bir afzalligi shundaki, past temperatura va bosimli issikdik eltkichlardan foydalanish mumkin. Bu usulda bugʼlatilganda, hosil boʼlgan ikkilamchi bugʼni, keyingi korpusda birlamchi bugʼ sifatida qoʼllash mumkin.
Аlbatta, bu usulning kamchiliklari ham bor: jarayonda vakuumni kullash uning narxini oshiradi; bugʼlatkichdan tashqari bir nechta qoʼshimcha kurilma va moslamalar ishlatish kerak.
Аtmosfera bosimida bugʼlatish jarayonida hosil boʼlgan ikkilamchi bugʼ atrof muhitga chiqarib yuboriladi. Bunday usul eng sodda deb hisoblansa ham, lekin u iqtisodiy jihatdan eng tejamsizdir.
Yuqori bosim ostiщa bugʼlatish jarayonida hosil boʼlgan ikkilamchi bugʼ qaytadan butlatish jarayonida, hamda boshqa maqsadlar uchun ham ishlatish mumkin. Bu usulda jarayon yuqori bosimda olib borilgani uchun, eritmalarning qaynash temperaturasi ancha koʼtariladi.
Boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan ikkilamchi bugʼ - ekstra bugʼ deb nomlanadi. Yuqori bosim ostida bugʼlatish jarayonida ajralib chiqqan ikkilamchi bugʼni qaytadan qoʼllash, vakuum ostida bugʼlatishga nisbatan, issiqlikdan toʼla mikdorda foydalanish imkonini beradi.
Shuning uchun, ushbu usul faqat issikdikka bardosh eritmalarni bugʼlatish uchun koʼllaniladi. Undan tashqari, yuqori bosim ostida bugʼlatish jarayoni uchun yuqori temperaturali issiqlik eltkichlarni ishlatish kerak. Bu hol albatta uning eng asosiy kamchiligidir.
Аtmosfera bosimi, ayrim hollarda vakuum ostida jarayon olib borilganda, bir korpusli bugʼlatkichlardan foydalaniladi. Lekin, sanoat miqyosida koʼpiicha bir necha kurilmadan yigʼilgan koʼp korpusli bugʼlatish kurilmalarida jarayonni olib borish keng tarqalgan. Bunday kurilmalarda faqa1 birinchi korpusda birlamchi bugʼ ishlatiladi. Ikkinchi, uchinchi va keyingi korpuslarda esa, oldingi korpusda ajralib chiqqan ikkilamchi bugʼ qoʼllanilsa, eltkich tejalishiga sababli boʼladi va bugʼ sarfining kamayishiga olib keladi.
Bir korpusli bugʼlatish kurilmalarida ham, birlamchi bugʼ sarfini kamaytirish mumkin. Buning uchun, qurilmadan chiqayotgan ikkilamchi bugʼ issiqlik nasosi yordamida birlamchi bugʼ temperaturasiga toʼgʼri keladigan bosimgacha siqiladi va qaytadan eritmani bugʼlatish uchun kurilmaga yoʼnaltiriladi.

2.BUG’LATISH USULLARI



Sanoatda mavjud texnologiyalarda asosan suyidagi bugʼlatish usullaridan foydalaniladi:
- oddiy bugʼlatish (uzlukli va uzluksiz);
- koʼp korpusli kurilmalarda bugʼlatish (fatsat uzluksiz);
- issitslik nasoslarini soʼllab bugʼlatish.
Eritmalar va isituvchi bugʼ xossalariga sarab hamma 3 ta bugʼlatish usullari vakuum va bosim ostida oʼtkazilishi mumkin. Issitslik eltkich sifatida, deyarli har doim, toʼyingan suv bugʼi ishlatiladi. Kamdan - kam hollarda eritmalar elektr toki yoki oralits issitslik eltkichlari yordamida isitiladi.

Oddiy bugʼlatish. Issitslik tejalishi katta ahamiyatga ega boʼlmagan va unumdorligi kichik boʼlgan kurilmalarda oddiy bugʼlatishdan foydalaniladi.


Undan tashtsari, temperatura depressiyasi yutsori eritmalarnigina uzlukli ishlaydigan, bir korpusli bugʼlatish kurilmasida amalga oshirish itsgisodiy jihatdan toʼgʼri va maqsadga muvofikdir. Uzlukli bugʼlatishni ikki xil yoʼl bilan olib borish mumkin: boshlangʼich eritmani dastavval yuklash va oz-oz miqdorda yuklash.

Uzluksiz ishlaydigan oddiy bugʼlatish surilmasi 4.47-rasmda keltirilgan.
Boshlangʼich kontsentratsiyali eritma nasos 1 yordamida sarf oʼlchagich 2 ortsali isitkich 3 ga uzatiladi. U yerda eritma saynash temperaturasigacha isitiladi va soʼng bugʼlatkich 4 ga bugʼlatish uchun yuboriladi. Kurilma 4 ning pastki qismida eritma suv bugʼi yordamida isitiladi, natijada erituvchi bugʼlanadi.
Hosil boʼlgan ikkilamchi bugʼ kurilma 4 ning yutsori sismi boʼlmish separatsion boʼlimida mayda tomchilardan ajratiladi va barometrik kondensator 5 ga yoʼnaltiriladi. Undan ikkilamchi bugʼ kondensatsiyalanadi

1. Касаткин АГ. Основные процессы и аппараты химической технологии. - М.: Химия, 1973. - 752 с.


2. Плановский А.Н., Николаев П.И. Процессы и аппараты химической и нефтехимической технологии. - М.: Химия, 1987. - 496 с.
3. Гельперин Н.И. Основные процессы аппараты химической технологии. - М.: Химия, 1995. - т. 1-2. — 768 с.
4. Стабников В.Н., Лысянский В.М., Попов В.Д. Процессы и аппараты пищевых производств. - М.: Агропромиздат, 1985. — 503 с.
5. Юсупбеков Н.Р, Нурмуҳамедов Ҳ.С., Зокиров С.Г., Исматуллаев П.Р., Маннонов У.В. Кимё ва озиқ-овқат саноатларининг асосий жараён ва курилмаларини ҳисоблаш ва лойиҳалаш. - Т.: Жаҳон, 2000. - 231 б.
6. Юсупбеков Н.Р., Нурмуҳамедов Х.С., Исматуллаев П.Р. Кимё ва озиқовқат саноатларнинг жараён ва курилмалари фанидан ҳисоблар ва мисоллар. - Тошкент: Nisim, 1999. - 351 с.
7. Ризаев Н.У., Юсупбеков Н.Р., Юсипов М.М. Основы оптимизации экстракционной и ионообменной технологии. — Т., Ўқитувчи, 1975. — 247 с
8. Левш И.П., Убайдуллаев А.К. Тарельчатые абсорберы и скрубберы с псевдоожиженным слоем орошаемой насадки. - Т., Узбекистан, 1981. - 236 9. Салимов 3., Тўйчиев И.С. Химиявий технология процесслари ва аппаратлари.- Тошкент: Ўқитувчи, 1987. — 408 б.
10. Бродянский В.М., Фратшер В.Ф., Михалек К. Эксергетический метод и его применение. — М.: Энергоатомиздат, 1988. — 288 с.
11. Шаргуг Я., Петела Р. Эксергия. - М.: Энергия, 1968. - 279 с.
12. Соколов Р.С. Химическая технология. — М.: Владос, 2000. — т. 1-2,— 814
13. Нурмухамедов Х.С. Научные основы создания процессов и аппаратов для сушки и гранулирования зернисто-волокнистых материалов. — Дисс.... докт. тех. наук, Ташкент, ТашХТИ, 1993. - 440 с.
14. Скобло А.И., Молоканов Ю.К., Владимиров А.И., Щелкунов В.А. Процессы и аппараты нефтегазопереработки и нефтехимии. - М.: Недра, 2000. - 677 с.
15. Бродянский В. М. , Фраттер В.Ф., Михалек К. Эксергетический метод и его приложения. - М.: Энергоатомиздат, 1988. - 288 с. 16. Дытнсрский Ю. И. Процессы и аппараты химической технологии. - М.: Химия, 1995. — т. 1-2. — 768 с.
Download 28.75 Kb.




Download 28.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bug’latish. Umumiy tushunchalar bug’latish usullari

Download 28.75 Kb.