O’zgarmas tоk zanjirlarini xisоblash bo’yicha nazariy ma’lumotlar




Download 113.45 Kb.
bet1/3
Sana29.04.2023
Hajmi113.45 Kb.
#54882
  1   2   3
Bog'liq
1. Amaliy[1]
online tests for 4 klas , Ma\'ruza kirish. Reja, 8-sinf Algebra va Geometriya 1-4 chorak, 1 Мавзу, Aqshning tashqi siyosati ochiq dars ishlanmasi, M5, Kurs ishi topshiriqlari, Alimova Firuzabonu kurs ishi, Tayanch-harakatlanish sistemasining tuzilishi, ccc, 1. Risqulov M, 1. Orziqulov D, Mavzu Taqsimot logistikasi Reja-fayllar.org, ZTmAMQytIocRhyacTpFAWFL8nQdLHhgmUdhTbVDt

Amaliy mashq’ulot --1
O’zgarmas tok elektr zanjirlarini hisoblash.
Om va Kirxrof qonunlari. Sinusoidal tok va chiziqli elektr zanjirlarini hisoblash. Kompleks usul.

O’zgarmas tоk zanjirlarini xisоblash bo’yicha nazariy ma’lumotlar


Elektr zanjiri deb manbalar va ularga ulangan iste'molchilarning yigindisiga aylanadi, bu zanjirdan ma'lum tok oqib utadi. Elektr zanjirlaridagi elektromagnitaviy jarayonlar tok, kuchlanish, elektr yurituvchi kuch (EYuK) qarshilik (o'tkazuvchanlik), induktivlik, sigim kabi tushunchalar orqali ifodalanadi. Zanjirlardagi tok ikki xil o'zgaruvchan yoki o'zgarmas bo'lishi mumkin. Shuningdek nosinusoidal tok deb ataluvchi elektr toklari ham mavjud bo'lib bunday zanjirlarni keyinroq ko'ramiz.
Vaqt davomida son qiymati va yo'nalishi o'zgarmaydigan tok- o'zgarmas tok deb ataladi. Ya'ni bunda zaryad tashuvchilar (elektronlar) bir tomonga xarakatlanadi. O'zgarmas elektr tokida tok kuchi, kuchlanish, EYUK va qarshilik kabi parametrlar o'zaro bog'langan bo'ladi, shu bog'lanishni urganish elektr zanjirlarida muxim rol o'ynaydi. Xalqaro birliklar sistemasida (SI) tok kuchi- Amper (A), kuchlanish- Volt (V), qarshilik- Om va o'tkazuvchanlik- simens (Sm) deb qabul qilingan. Bu birliklar orasida tok kuchi va kuchlanishni bog'lanishi muxim xususiyatga ega va buni voltamper xarakteristika deb ataladi. Agar elektr zanjiri, yoki elementning voltamper xarakteristikasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lsa bu zanjir yoki element chiziqli deb ataladi.
Rasm-1.1 da keltirilgan tarmoqlangan zanjirda A va V nuqtalar tugunlar deyiladi. Zanjirda 3 ta kontur mavjud ER1R2r-chap kontur, R2 A R3 B ungdagi va E R1 A R3 B r tashqi kontur, tarmoqlar esa uchta bo'lib A, B tugunlarga nisbatan olinadi. 1-tarmoqda E, r, R, elementlar mavjud 2-tarmoqda R2, 3-tarmoqda R3 qarshiliklar mavjud.
Zanjirni biror qismidagi kuchlanishni topish uchun shu qism uchlaridagi potensiallar ayirmasi hisoblanadi, masalan 2.2-rasmda R2 qarshilikdagi U2 kuchlanish A va B tugunlar orasidagi potensiallar ayirmasiga teng, UАВА-В yoki Om qonuniga ko'ra R2 qarshilikdagi kuchlanish U2A-BI2·R2
Tarmoqda iste'molchidan tashqari EYuK manbasi ham bo'lishi mumkin, bunda potensiallar farqini hisoblashda EYuK ni yo'nalishi va tarmoqdagi tok yo'nalishini bilish kerak. Potensial doimo tok yo'nalishi bo'yicha kamayib boradi, agar EYuK tok yo'nalishi bilan bir xil bo'lsa EYuK manfiy ishora bilan, aksincha bo’lsa musbat ishora bilan olinadi. Masalan: 1.1-rasmda A va B tugunlar orasidagi potensiallar farqini E R1 tarmoq bo'yicha hisoblash mumkin, ya'ni:
UАВ А-В  IrIR1-Е.
Bunda tok yo'nalishi konturda soat strelkasi yo'nalishida deb hisobladik.
Elektr zanjirida asosiy elektr kattaliklar tok kuchi, kuchlanish, qarshilik (o'tkazuvchanlik) kabi parametrlar Om va Kirxgof qonunlari orqali o'zaro bog’langan. Zanjirdagi (Rasm-1.1) dagi R1 dan o'tayotgan tok kuchi A va V tugunlar orasidagi kuchlanishga to'g'ri proporsional va R2 ga teskari proporsional, ya'ni: I
Bu munosabat zanjirni bir qismi uchun Om qonunini ifodalaydi, chunki u zanjirning biror bir qismidagi tokni aniqlaydi va bunda shu qismlar qarshiligi katnashadi. O'tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash koidalariga ko'ra R2 va R3 qarshiliklar o'zaro parallel ulangan bo'lib, ularning birgalikdagi qarshiligi quyidagicha aniqlanadi:
yoki R23
Zanjirda R1 qarshilik R23 qarshilikka ketma-ket ulangan, shuning uchun u quyidagiga teng bo'ladi: R123R1R23Rekv
Bunda Rekv -qarshilik zanjirning ekvialent qarshiligi deb yuritiladi. Agar R1 R2 R3 qarshiliklarni bitta Rekv-qarshilik deb qaraydigan bo'lsak bu qarshilik har doim EYuK manbasining ichki qarshiligiga ketma-ket ulangan bo'ladi, shuning uchun Om qonunini quyidagicha yozish mumkin: I= - bu ifoda berk zanjir uchun Om qonuni deb ataladi.
Manba kiskichlaridagi kuchlanish UmE-IRt ga teng bo'lsa, u EYuK dan kichik bo'lib, tashki zanjirdagi kuchlanish tushuvi IRt ni kompensasiyalaydi. Manbadan chikuvchi energiya RmEI yoki RistemI2 rI2 Rt
EYuK manbaining ichki qarshiligi qancha kichik bo'lsa, uning ishlab chiqarayotgan energiyasining quvvati shunchalik katta bo'ladi. Manbaning ichki qarshiligi nolga teng bo'lsa bunday manbalar cheksiz quvvatli generatorlar deb ataladi, lekin amalda doimo manbaning ichki qarshiligi noldan katta bo'ladi.
Barcha turdagi elektr zanjirlari uchun Kirxgof qonunlari ham o'rinlidir. Kirxgofning birinchi qonunini ifodalash uchun yana 1.1-rasmga qaytamiz. A tugunga kirayotgan I1 tok shu tugundan chikayotgan I2 va I3 toklarning algebraik yigindisiga teng. Boshkacha qilib aytganda tugunda toklar yuqolmaydi, buni xuddi arikdagi suvga o'xshatish mumkin.
Kirxgofning birinchi qonuni: «Tugundagi toklarning algebraik yig'indisi nolga teng», ya'ni:
Kirxgofning ikkinchi qonuni: «Konturdagi EYUK larning algebraik yigindisi shu kontur elementlaridagi kuchlanish tushuvlarining algebraik yigindisiga teng», ya'ni:
Ushbu r, E, R1 va R2 elementlardan iborat kontur uchun Kirxgofning ikkinchi qonunini quyidagicha yozish mumkin: ЕII(R1R2r)-IIIR2
Potensiallar ayirmasi UAB va zaryadlar soni q0q qancha katta bo'lsa, bajarilayotgan ish ham shuncha katta bo'ladi, ya'ni: AqU qI·t AI·U·t
Vaqt bo'yicha o'zgarmas kuchlanish va tokning bajargan ishi kuchlanishni tokka va vaqtga ko'paytmasiga teng.
Bajarilgan ishni vaqtga nisbatini ifodalovchi quvvat tushunchasi ham mavjud, ya'ni: PAtU·I (Vt), (kVt), (MVt)
Elektr tokining issiqlik ta'siri Joul Lens qonuniga binoan quyidagiga teng bo'ladi: AI·U·tI2·r·tQ
Masala:
Qarshiliklari r12 Om, r25 Om, r33 Om bo'lgan elektr zanjiri elektr yurituvchi kuchlari E150 V, E270 V bo'lgan manbaga ulangan. (Rasm-1.2) Zanjirdagi tokning qiymati va qarshiliklardagi kuchlanishlarning pasayishini aniqlang.

Download 113.45 Kb.
  1   2   3




Download 113.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zgarmas tоk zanjirlarini xisоblash bo’yicha nazariy ma’lumotlar

Download 113.45 Kb.