• Bajardi: _______ ________ guruh talabasi ____________________________
  • Komissiya a’zolari: ___________ _________________________ (imzo) ( Ism, familya, sharifi) ___________ _________________________
  • II BOB: O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va takomillashtirish bo’yicha chora tadbirlar.
  • XULOSA. ADABIYOTLAR RO‘YXATI. Kirish.
  • Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy va texnika fakulteti




    Download 91.31 Kb.
    bet1/8
    Sana03.03.2024
    Hajmi91.31 Kb.
    #165944
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy va texnika fakulteti
    CamScanner 2023-06-07 21.07, 4-mustaqil ish , Iqtisodiy xavfsizlik

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
    TA’LIM VAZIRLIGI
    OSIYO XALQARO UNIVERSITETI
    IJTIMOIY VA TEXNIKA FAKULTETI

    IQTISODIYOT NAZARIYASI”


    fanidan
    KURS ISHI
    MAVZU: O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish.
    Bajardi: _______ ________ guruh talabasi ____________________________
    (imzo) ( Ism, familya, sharifi)


    Kurs ishi himoya qilingan sana “___” _________________ 2023 y.
    Baho “___” _____________
    Ilmiy rahbar: ___________ _________________________
    (imzo) ( Ism, familya, sharifi)
    Komissiya a’zolari: ___________ _________________________
    (imzo) ( Ism, familya, sharifi)
    ___________ _________________________
    (imzo) ( Ism, familya, sharifi)
    Buxoro-2023 yil

    MUNDARIJA
    KIRISH
    I BOB: O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat mazmuni va mohiyati.

      1. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqani boshqarish.

      2. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlar.

      3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish.

    II BOB: O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va takomillashtirish bo’yicha chora tadbirlar.
    2.1. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va mustahkamlash.
    2.2. O’zbekisonning tashqi savdo siyosati, tashqi savdo strategiyasi.
    XULOSA.
    ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

    Kirish.
    Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, eksport salohiyatini kuchaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, fitosanitariya, sanitar-epidemiologik, veterinariya, ekologik nazorat organlari va sertifikatlash organlari (keyingi oʻrinda – vakolatli organlar) faoliyatini oʻrganish natijalari ularning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtuvchi tovarlar va transport vositalariga nisbatan nazorat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligi va tezkorligini oshirish, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlikni jadal joriy qilish orqali takomillashtirish zarurati mavjudligini koʻrsatmoqda.
    Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–4059-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
    1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda – “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi) 2021 yil 1 yanvarga qadar BMTning Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va elektron ish amaliyotlari boʻyicha markazi tomonidan ishlab chiqilgan “yagona darcha” mexanizmini yaratish boʻyicha tavsiyalar va yoʻl-yoʻriq tamoyillari mezonlariga javob beradigan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimini (keyingi oʻrinda – “Yagona darcha” BAT) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
    “Yagona darcha” BATni joriy etishda tashqi iqtisodiy faoliyat (keyingi oʻrinlarda – TIF) subyektlariga quyidagi imkoniyatlarni yaratadigan mexanizm nazarda tutilsin:
    import, eksport va tranzitga taalluqli barcha tartibga solish talablarini bajarish maqsadida standartlashtirilgan maʼlumotlar va hujjatlarni yagona oʻtkazish kanalidan foydalangan holda taqdim etish;
    axborot almashinuvning maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlovchi normativ-huquqiy baza bilan mustahkamlagan holda, tashqi savdo bitimlariga doir barcha axborotlarni almashish; davlat bojxona xizmati, vakolatli organlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsat etuvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning bosqichlarini masofadan kuzatish; barcha uchun ochiq boʻlgan elektron shakldagi ruxsat etuvchi hujjatlar reyestrlarini (keyingi oʻrinlarda – Reyestrlar) yuritishga toʻliq oʻtish;
    Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlardagi epizootik, karantin va fitosanitariya holatlari toʻgʻrisidagi ochiq maʼlumotlarni
    eng soʻnggi koʻrsatkichlar holatida ushlab turish;
    dastlabki maʼlumotlar asosida tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga amalda yetib kelishiga qadar ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarni berish.
    2. “Yagona darcha” BATning samarali va toʻliq faoliyat yuritishi, shuningdek, vakolatli organlarning nazorat punktlaridagi ishlarini tizimli yondashuv va doimiy nazorat asosida tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Qoʻchqorov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattorov) va “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev) rahbarlarining shaxsiy javobgarligi koʻrsatib oʻtilsin.
    3. Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda – Ishchi guruhi) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
    4. Ishchi guruhi 2019 yil 1 oktyabrga qadar boʻlgan muddatda bojxona maʼmuriyatchiligini isloh qilish, davlat nazorati samaradorligini oshirish, TIF ishtirokchilarining xarajatlarini qisqartirish sohasida tanqidiy tahlillar oʻtkazsin va tahlillar yakunlari asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonini takomillashtirish boʻyicha konsepsiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun kiritsin. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
    haddan ziyod maʼmuriy toʻsiqlar va davlat organlarining bir-birini takrorlovchi funksiyalarini bekor qilish;
    resurslar cheklanganligi sharoitida davlat xarajatlarining erishilgan yoki kutilayotgan samaraga nisbatini inobatga olgan holda, xavf-xatarlarni boshqarishning toʻlaqonli tizimini joriy etish; “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini keng qoʻllash; bojxona koʻrigida tovarlar qadoqlarini buzib ochish holatlarini qisqartirish.
    5. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilaridan quyidagilarni talab qilib olish taqiqlansin: ruxsat etuvchi xarakterga ega hujjatlarni berishda va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda – karantin ostidagi mahsulotlarni eksport va import qilishda zararsizlantirish (fumigatsiya) dalolatnomasini; eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda – oʻrov varagʻini; import qilinayotgan tovarlarga vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi hujjatlar va muvofiqlik sertifikatlarini berishda –Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelganlik toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan tovarlarning kuzatuv hujjatlarini (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura va boshqalar); vakolatli organlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olishda – ishonchnomalarni; import tovarlariga muvofiqlik sertifikatini berishda – normativ hujjat nusxasi, sanitar-epidemiologik xulosa nusxasini; vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarni berishda – ishlab chiqaruvchi mamlakat toʻgʻrisida sertifikatni; 2020 yil 1 yanvardan boshlab tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida, shuningdek, import qilinadigan tovarlarga muvofiqlik sertifikatini berishda – xalqaro shartnomalarda maxsus qogʻoz blankalarda rasmiylashtirishni talab qiladigan hujjatlardan tashqari, vakolatli organlar tomonidan qogʻoz shaklida beriladigan ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarning asli va nusxalari. Hozirgi sharoitda jahon xo’jalik aloqalari tizimida globalla-shuv va integratsiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi, mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari o’zaro aloqalarining va o’zaro bog’liqlikla-rining kuchayishi zamonamizning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylanmoqda. Globallashuv, ma’lumki, ishlab chiqarish, axborotlar almashinuvi, savdo, transport va boshqa xizmat ko’rsatish soha-laridagi mamlakatlararo aloqalarda namoyon bo’ladi. Bu jarayon-larda mustaqil O’zbekiston ham faol ishtirok etmoqda. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etish, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb etish va xorijiy sarmoyalarga qulay inves-titsion muhit yaratish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchi-lari bilan chet el firmalari o’rtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish O’zbekiston Respubli- kasida amalga oshirilayotgan tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyatini tashkil etadi.
    Bu sohada yagona davlat siyosati yuritilishi O’zbekistonning xo-rijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy ins-titutlar, boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan o’zaro manfaatli asosda iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini yanada rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bois, mamlakatimizda o’tkazayotgan iqtisodiy islohotlar O’zbekistonni qisqa muddatlarda jahon xo’jaligi tizimida o’z o’rniga ega bo’lishini va dunyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan. Bu-gungi kunda O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sub’ekti sifatida jahon xo’jaligi aloqalariga tobora keng jalb qilinmoqda, dunyoning o’nlab rivojlangan va rivojlanayotgan mamla-katlari bilan mustahkam xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishgan, uning tashqi savdo aylanmasi hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Iqtisodiyotimizning real sektoriga kirib kelayotgan to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalar salmog’i oshmoqda, o’nlab xal-qaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi kuchaymoqda. Ay-niqsa, tashqi iqtisodiy faoliyatning turli sohalari bo’yicha mala-kali kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda.
    Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma‘no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integrastiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi.
    Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim masala sanaladi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish zaruratini yanada kuchaytirdi. Mamlakatning raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligi orqali ifodalanadi. Bu esa bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi siyosat instrumentlariga taqaladi.



    Download 91.31 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 91.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy va texnika fakulteti

    Download 91.31 Kb.