|
3-4-amaliy mashg’ulot mavzu: Ishlab chiqarishdagi tabiiy va su’niy yorug’likni hisoblash usullari. Ishning maqsadi
| bet | 2/3 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 19,38 Kb. | | #101744 |
Bog'liq 3-amaliy. Ishlab chiqarishdagi tabiiy va su’niy yorug’likni hisoblash usullari.ISHNI BAJARISH TARTIBI:
-
Lyuksmetr Yu-116ning tuzilishi bilan tanishib chiqing
-
Amaliy ishda derazada 1,2,3,4,5 m masofalarda poldagi belgilar bo’yicha yoritganlikni o’lchang. Bunda stol balandligida / 0.8m / fotoelement yuzasini tepaga qaratib polga parallel holda ushlang. Shu vaqtning o’zida tashqaridagi yoritilganlik ham o’lchanadi.
-
Formula /3/ bo’yicha o’lchangan beshta nuqtaning har biri uchun tabiiy yoritilganlik koeffitsienti ye ni hisoblang.
-
Olingan qiymatlar bo’yicha uning o’zgarishi grafigini chizing.
-
2- jadvaldan foydalanib, tabiiy yoritilganlik koeffitsienti qiymati va yoritish sistemasi bo’yicha oynadan 1,2,3, m va h.k. uzoqlikda bajariladigan ishning turi va razryadini aniqlang.
-
Chiziqning yo’g’onligi 0,7 mm bo’lganda oynadan 2m masofada chizmachilik ishlarini va mikrometr shkalasining bo’limlari qalinligi 0,7 mm bo’lganda derazadan 4m masofada o’lchov ishlarini bajarib bo’ladimiq
-
Olingan raqamlarni va qilingan xulosalarni amaliy ish ishiga oid hisobotingizni yozing.
LYUKSIMETRDAN FOYDALANISH TARTIBI:
1 Lyuksimetrdan foydalanishdan oldin, o‘rganiladigan joyda 10-20 minut davomida maslashtiriladi.
2 Lyuksimetr gorizontal holatda qo‘yiladi.
3 SHkala ko‘rsatgichi “0” holda kelganligiga ishonch hosil qilish kerak, aks holda xatolik darajasi kattalashib ketadi.
4 Fotoelementni vilka yordamida ulagich korpusiga ulanadi.
5 O‘lchash holati aniqlanadi (o‘zgartirgich yordamida).
Har bir holat uchun ko‘paytirgich ko‘rsatgichidan foydalaniladi (jadvaldan). Aniqlanadigan joy (sun’iy, tabiiy) yorug‘ligiga qarab o‘lchash boshlanadi. Agar 0-100 bo‘lgan holatda o‘lchancha, o‘lchanadigan xona yorug‘ligining ko‘rsatgichidagi raqami 20 bo‘lsa, uni 10 ga ko‘paytiriladi va xona yorug‘ligi 200 lyuks ekanligi ma’lum bo‘ladi. O‘lchov 3-4 marta takrorlanadi va o‘rtachasi hisoblanadi.
MA’LUMOT UCHUN: Turli xonalar uchun yorug‘lik me’yori.
Uy-joy -100 lks
Oshxona xonalari – 100 lks
Ishlash xonalari – 300 lks
EHM xonalari – 400 lks
Jarrohlik xonasi – 400 lks
O‘quv xonasi – 300 lks
Vrach xonasi – 150-500 lks
|
| |