5. HISOBOT TARKIBI
Hisobot quyidagi ma’lumotlardan tarkib topgan bo‘lishi lozim:
5.1. Yo‘naltirilgan tarmoqlagichning o‘tish susayishi va yo‘nalganligini o‘lchash tuzilmaviy sxemasi. Tarmoqlagichning P1q, P2q va P2– quvvatlari, hamda, ular asosida hisoblangan Lo‘t va Lyo‘n parametrlari (4.1-jadval).
5.2. quvvatni o‘lchashning tuzilmaviy sxemasi.
5.3. Yuklamaga tushayotgan quvvatning hisob natijasi.
6. NAZORAT SAVOLLARI
6.1. qanday qurilma yo‘naltirilgan tarmoqlagich deyiladi? ([1] §17.5, [2] §8.8, [3] §24.10).
6.2. To‘lqino‘tkazgichli ikki tuynukli yo‘naltirilgan tarmoqlagichni chizing va ishlash prinsipini tushuntiring. ([1] §17.5, [2] §8.8, [3] §24.10).
6.3 Yo‘naltirilgan tarmoqlagich qanday parametrlar bilan tavsiflanadi? Mazkur parametrlarni ta’riflang. ([2] §8.8, [3] §24.10).
6.4. Yo‘naltirilgan tarmoqlagichning o‘tish susayishi va yo‘nalganligining ta’riflarini keltiring. ([2] §8.8, [3] §24.10).
6.5. Yo‘naltirilgan tarmoqlagich yordamida to‘lqino‘tkazgich shaxobchasidagi quvvatni o‘lchash va nazorat qilish sxemalarini chizing.([2] §8.9).
6.6. Yo‘naltirilgan tarmoqlagichning parametrlarini o‘lchash uchun qurilma sxemasini chizing. ([2] §8.8).
6.7. Ikkita yo‘naltirilgan tarmoqlagich yordamida qaytish koeffitsienting modulini o‘lchash uchun qurilma sxemasini chizing. ([2] §8.9).
6.8. Nima uchun ikki tuynukli yo‘naltirilgan tarmoqlagich tor polosali bo‘ladi? YT ning ishchi chastota polosasini qanday qilib ko‘paytirish mumkin? ([1] §17.5, [2] §8.8, [3] §24.15).
6.9. Detektorli seksiya (kallak) nima maqsadda qo‘llaniladi. Uning ishlash prinsipini tushuntiring. ([2] §8.6).
6.10. Yutuvchi (moslashgan) yuklama nimaga mo‘ljallangan? To‘g‘ri burchakli to‘lqino‘tkazgich uchun yutuvchi yuklamani tasvirlang va uning ishlash prinsipini tushuntiring. ([2] §8.3, [3] §24.2).
6.11. Ko‘ptuynukli yo‘naltirilgan tarmoqlagichning ishlash prinsipini tushuntiring. ([1] §17.5, [2] §8.8, [3] §24.15).
6.12. Aloqa tuynugining qo‘zg‘atuvchi element sifatidagi vazifasini tushuntiring. ([1] §17.4, [2] §8.8).
1. Volman V.I., Pimenov Yu.B. Texnicheskaya elektrodinamika. M.: Svyaz, 1971.
2. Lebedev I.V. Texnika i priboro‘ SVCh, tom 1. M.: Vo‘sshaya shkola, 1970.
3. Falkovskiy O.I. Texnicheskaya elektrodinamika. M.: Svyaz, 1978.
|