Узбекистон почта ва телекоммуникация агентлиги




Download 295 Kb.
bet1/4
Sana15.05.2024
Hajmi295 Kb.
#234993
  1   2   3   4
Bog'liq
LabEMPR3uz (4)


3-laboratoriya ishi

Tо‘lqin о‘tkazgichli yо‘naltirilgan tarmoqlagich ishlash rejimini tadqiq etish. Tarmoqlagichning о‘tish susayishi va yо‘nalganligini hisoblash.





  1. ISHNING MAqSADI

Tо‘lqinо‘tkazgichli yо‘naltirilgan tarmoqlagichning xususiyatlarini о‘rganish va uning parametrlarini aniqlash. Yuklanishda yutilayotgan О‘YUCH maydonning quvvatini о‘lchashda yо‘naltirilgan tarmoqlagichni qо‘llash.





  1. qISqACHA NAZARIY MA’LUMOTLAR

Yо‘naltirilgan tarmoqlagich (YT) deb tо‘lqinо‘tkazgichli uzatish liniyasida tarqalayotgan tо‘lqin energiyasini о‘lchash, nazorat qilish va uning ma’lum qismini ajratib olish uchun qо‘llaniladigan sakkizqutbli qurilmaga aytiladi.


Tor polosali yо‘naltirilgan tarmoqlagich (YT) eng oddiy YT deb hisoblanadi. U quyidagicha bajariladi: ikkita, asosiy va tarmoqlovchi tо‘lqinо‘tkazgichlar ikkita aloqa tuynuklari orqali bog‘langan umumiy devorga ega (2.1-rasm).

Aloqa tuynuklari tо‘lqinо‘tkazgichdagi tо‘lqin uzunligi  qiymatidan kichik va /4 masofada joylashgan. Yо‘naltirilgan tarmoqlagichning ishlashini 2.2-rasm sxemasi asosida tahlil qilamiz.
Markazlari «c» va «b» nuqtalarda joylashgan ikki tuynukli yо‘naltirilgan tarmoqlagichning asosiy yelkasida chapdan о‘ngga qarab N turdagi tо‘lqin R1 quvvat bilan tarqalmoqda. Tarmoqlanuvchi yelkaning chap tomonida ZN2qZ0 qarshilikli moslashgan yuklama о‘rnatilgan. Bu yerda: Z0 — tо‘lqinо‘tkazgichning tо‘lqin qarshiligi.
R1 tо‘g‘ri tо‘lqin aloqa tuynuklari orqali tarmoqlovchi tо‘lqinо‘tkazgichda tо‘lqin uyg‘otadi. О‘ng tomonda «acd» va «abd» yо‘llari bо‘ylab tarqalgan tо‘lqinlar natijasida shakllangan tо‘lqin yо‘naladi. Bu tо‘lqinlar bosib о‘tadigan yо‘llari bir xil bо‘lganligi sababli, ular bir xil fazada qо‘shiladi.
Chapda «ace» va «abe» yо‘llari bо‘ylab tarqalgan tо‘lqinlar shakllanadi. Bu tо‘lqin fazalari yarim tо‘lqin uzunligi /2q(/4q/4) farqiga ega bо‘lganligi uchun qarama-qarshi fazada joylashadi va bu yо‘nalishida energiya tarmoqlanmaydi.
Asosiy tо‘lqinо‘tkazgichda ixtiyoriy ZN1 yuklanish о‘rnatilganda R1- quvvatli teskari tо‘lqin hosil bо‘ladi. Asosiy tо‘lqinо‘tkazgichdan «fbe» va «fce» yо‘llar bо‘ylab kelgan qaytgan tо‘lqinlar bir xil fazalarda qо‘shiladi va tarmoqlovchi tо‘lqinо‘tkazgichning ZN2 moslashgan yuklanishida yutiladi.
Shunday qilib, R2q quvvatli tо‘g‘ri tо‘lqin va R2- quvvatli teskari tо‘lqinlar tarmoqlovchi tо‘lqin о‘tkazgichda bо‘lingan.
ZN2qZ0 bо‘lganda R2q quvvat R1q quvvatga proporsionaldir.

2.2-rasm. Yо‘naltirilgan tarmoqlagichning ishlash


tamoyilini tushuntirish
Agar tarmoqlovchi tо‘lqinо‘tkazgichni 2.2.b-rasmda kо‘rsatilgandek aylantirsak, u holda qaytgan R2- tо‘lqin quvvatini ajratishimiz mumkin.
Shunday qilib, qarama-qarshi yо‘nalishdagi ikkita tarmoqlagichni qо‘llab, R2q va R2- hamda qaytish koeffitsiyentining moduli G ni aniqlash mumkin. Bunday qurilma reflektometr deb ataladi.
G2q P2/P2q. (2.1)
Agar bitta yо‘naltirilgan tarmoqlagich mavjud bо‘lsa, R2q va R2- quvvatlarni, tarmoqlagichni avval tо‘g‘ri keyin teskari yо‘nalishda ulash orqali о‘lchash mumkin.
Tarmoqlagichning chiqishidagi yuklamaga keluvchi quvvatni quyidagi ifoda orqali hisoblashimiz mumkin:
Ryu q Rtush – Rqay q Rtush(1 – Rqay/Rtush) q Rtush(1-G2) q P1q(1-G2). (2.2)


Ikki tuynukli YT ning tor polosaliligi aloqa tuynuklari orasidagi chorak tо‘lqin uzunligiga teng bо‘lgan о‘zgarmas masofadan kelib chiqadi. Tо‘lqin uzunligi о‘zgarganda tarmoqlovchi tо‘lqinо‘tkazgichning ZH2 yuklanishiga keluvchi tо‘lqinlar tо‘liq kompensatsiyalanmaydi (fazalar farqi 1800 dan о‘zgacha). Bu holat YT ni noaniq tayyorlashda ham kuzatiladi.
Tuynuklar sonining kо‘paytirilishi YT ning diapazonlilik tavsifini yaxshilaydi.
Yо‘naltirilgan tarmoqlagichning ikkita asosiy parametri mavjud. Bular uning о‘tish susayishi va yо‘nalganligidir.
О‘tish susayishi Lо‘t detsibellarda о‘lchanadi va qо‘yidagicha aniqlanishi mumkin:
Lо‘tq10lg(P1q/P2q), (2.3)
bu yerda; R1q-asosiy tо‘lqinо‘tkazgich bо‘ylab tо‘g‘ri yо‘nalishda tarqalayotgan tо‘lqin quvvati.
R2q-tо‘g‘ri yо‘nalishda ikkinchi tо‘lqin о‘tkazgichga tarmoqlanayotgan tо‘lqin quvvati.
Yо‘nalganlik Lyо‘n ham detsibellarda о‘lchanadi va quyidagi ifoda yordamida hisoblanishi mumkin:
Lyо‘nq10lg(P2q/ P2), (2.4)
bu yerda; R2q – tо‘g‘ri yо‘nalishda tarmoqlanayotgan quvvat
R2-–teskari yо‘nalishda tarmoqlanayotgan quvvat.
Yaxshi tarmoqlagichlarda ham Lyо‘n parametri 40 dB dan oshmaydi. Bunga asosiy sabab, aloqa tuynuklari orasidagi masofaning noaniq joylashganligi va ularning bir xilda emasligidir.




  1. Download 295 Kb.
  1   2   3   4




Download 295 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Узбекистон почта ва телекоммуникация агентлиги

Download 295 Kb.