5. HISOBOT TARKIBI
Hisobot quyidagi ma’lumotlardan tarkib topgan bо‘lishi lozim:
5.1. Yо‘naltirilgan tarmoqlagichning о‘tish susayishi va yо‘nalganligini о‘lchash tuzilmaviy sxemasi. Tarmoqlagichning P1q, P2q va P2– quvvatlari, hamda, ular asosida hisoblangan Lо‘t va Lyо‘n parametrlari (4.1-jadval).
5.2. quvvatni о‘lchashning tuzilmaviy sxemasi.
5.3. Yuklamaga tushayotgan quvvatning hisob natijasi.
6. NAZORAT SAVOLLARI
6.1. qanday qurilma yо‘naltirilgan tarmoqlagich deyiladi? ([1] §17.5, [2] §8.8, [3] §24.10).
6.2. Tо‘lqinо‘tkazgichli ikki tuynukli yо‘naltirilgan tarmoqlagichni chizing va ishlash prinsipini tushuntiring. ([1] §17.5, [2] §8.8, [3] §24.10).
6.3 Yо‘naltirilgan tarmoqlagich qanday parametrlar bilan tavsiflanadi? Mazkur parametrlarni ta’riflang. ([2] §8.8, [3] §24.10).
6.4. Yо‘naltirilgan tarmoqlagichning о‘tish susayishi va yо‘nalganligining ta’riflarini keltiring. ([2] §8.8, [3] §24.10).
6.5. Yо‘naltirilgan tarmoqlagich yordamida tо‘lqinо‘tkazgich shaxobchasidagi quvvatni о‘lchash va nazorat qilish sxemalarini chizing.([2] §8.9).
6.6. Yо‘naltirilgan tarmoqlagichning parametrlarini о‘lchash uchun qurilma sxemasini chizing. ([2] §8.8).
6.7. Ikkita yо‘naltirilgan tarmoqlagich yordamida qaytish koeffitsiyenting modulini о‘lchash uchun qurilma sxemasini chizing. ([2] §8.9).
6.8. Nima uchun ikki tuynukli yо‘naltirilgan tarmoqlagich tor polosali bо‘ladi? YT ning ishchi chastota polosasini qanday qilib kо‘paytirish mumkin? ([1] §17.5, [2] §8.8, [3] §24.15).
6.9. Detektorli seksiya (kallak) nima maqsadda qо‘llaniladi. Uning ishlash prinsipini tushuntiring. ([2] §8.6).
6.10. Yutuvchi (moslashgan) yuklama nimaga mо‘ljallangan? Tо‘g‘ri burchakli tо‘lqinо‘tkazgich uchun yutuvchi yuklamani tasvirlang va uning ishlash prinsipini tushuntiring. ([2] §8.3, [3] §24.2).
6.11. Kо‘ptuynukli yо‘naltirilgan tarmoqlagichning ishlash prinsipini tushuntiring. ([1] §17.5, [2] §8.8, [3] §24.15).
6.12. Aloqa tuynugining qо‘zg‘atuvchi element sifatidagi vazifasini tushuntiring. ([1] §17.4, [2] §8.8).
1. Volman V.I., Pimenov Y.B. Texnicheskaya elektrodinamika. M.: Svyaz, 1971.
2. Lebedev I.V. Texnika i priborо‘ SVCH, tom 1. M.: Vо‘sshaya shkola, 1970.
3. Falkovskiy O.I. Texnicheskaya elektrodinamika. M.: Svyaz, 1978.
|