• ENGIL SANOAT JIHOZLARI PUXTALIGI FAN DASTURI
  • Buxoro – 2019
  • O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
  • II. O’quv fanining maqsadi va vazifalari
  • III. Asosiy nazariya qismi (ma’ruza mashg`ulotlari) 1-Modul. “Yengil sanoat jihozlari puxtaligi“ faniga kirish. Z amonaviy mashinalar
  • 2-mavzu. Ta’mirlash. Joriy ta’mirlash. Kapital ta’mirlash. Ishlash qobiliyati. Puxtali k
  • 4-mavzu. Mashina va apparatlarning barqarorligi va uni oshirish yo’llari
  • 6-mavzu. Qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan detallarning ishonchlilik miqdoriy ko’rsatkichlari
  • 8-mavzu. M ashina detallarini tiklash texnologik jarayonlar
  • 3-Modul. Asosiy tushunchalar va detallarni tiklashning hozirgi usullari 9-mavzu. Ishlamay qolishlar klassifikastiyasi
  • 11-mavzu. Materiallarda o’zgarishlarni ta’riflovchi qonuniyatlar tahlili
  • 13-mavzu. Eskirish jarayonining tasnifi
  • IV. Laboratoriya mashg`ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
  • V. Tavsiya etiladigan mustaqil ishlarning mavzulari
  • Kurs ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
  • Yengil sanoat jihozlari puxtaligi fan dasturi




    Download 31,52 Kb.
    Sana26.03.2020
    Hajmi31,52 Kb.
    #9154

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

    Ro’yxatga olindi: “TASDIQLAYMAN”

    №______________________ Bux MTI rektori

    2019 y. “_______”_________ ___________ prof. N.R. Barakayev

    “_______”_____________ 2019y.




    YENGIL SANOAT JIHOZLARI PUXTALIGI
    FAN DASTURI



    Bilim sohasi:

    300 000

    –Ishlab chiqarish-texnik soha










    Ta’lim sohasi:

    320 000

    –Ishlab chiqarish texnologiyalari










    Ta’lim yo’nalishi:

    5321600

    Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari


    Buxoro – 2019

    Fan dasturi Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ishlab chiqildi.



    Tuzuvchilar:
    F.A.Qurbonov - BuxMTI, “Yengil sanoat mashinalari va jihozlari” kafedrasi dostenti
    Taqrizchilar:
    R.X. Nurboyev - BuxMTI, “To’qima texnologiyasi va dizayni” kafedrasi dostenti
    N. Nurova - Buxoro “ Okean Lyuks” MChJ direktori

    “Yengil sanoat jihozlari puxtaligi” (tanlov) fan dasturi “Yengil sanoat” fakultetining “Yengil sanoat mashinalari va jihozlari” kafedrasi yig`ilishida (2019 yil __________ _____- son bayonnoma) muhokama etildi va institut uslubiy kengashiga tavsiya etildi.


    Kafedra mudiri: _________________ Sh.X. Samiyeva

    Kotib: _________________ S. S. Asadova


    “Yengil sanoat jihozlari puxtaligi” (tanlov) fan dasturi instituti uslubiy kengashida ko’rib chiqildi (2019 yil __________ _____- son bayonnoma) va institut kengashiga tavsiya etildi.

    Uslubiy kengashi raisi: _______________ dost. Sh.M. Xodjiyev
    Uslubiy kengash kotibi: _______________ U. H. Xo’jaqulova
    “Yengil sanoat jihozlari puxtaligi” (tanlov) fan dasturi instituti kengashida muhokama qilindi va tasdiqlandi (2019 yil __________ _____- son bayonnoma).

    Institut kengashi kotibi: _____________ dost. I.I. Mexmonov



    1. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

    “Yengil sanoat jihozlari puxtaligi” fanining mazmuni, predmeti va metodi, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari, sanoatda qo’llaniladigan mashina va uskunalar tizimi, maxsulot ishlab chiqarish uchun yuqori unumli jihozlarni qo’llash, ularning puxtaligini va ishonchliligini oshirish, ta’mirlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish va joriy sarmoyadorlar ishtirokida yangi qo’shma korxonalar barpo etish va ularni nazorat qilish va ketma-ketlikda o’z aksini topgan. “Engil sanoat jihozlari puxtaligi” fanini chuqur o’rganish engil sanoat sohasi muammolarini hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Bu fan umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 4-kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq.


    II. O’quv fanining maqsadi va vazifalari
    “Yengil sanoat jihozlari puxtaligi“ fanining asosiy maqsadi – talabalarda, to’qimachilik va engil sanoati korxonalarida, hamda mashinasozlikda servis xizmati ko’rsatishda mashina va uskunalarini nazorat qilishni, ishdan chiqish sabablarini topish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.

    Fanning vazifalari – to’qimachilik va engil sanoat korxonalarining O’zbekiston Respublikasi rivojlanishida tutgan o’rni, ushbu fan bo’yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini ilmiy ishlarni amalga oshirishda, real sharoitga qo’llash bo’yicha bilim berish hamda ularda servis xizmatini tashkil qilishni amalda bajara olishni o’rgatadi va yangi yo’nalishlar yaratishga imkon beradi.

    Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yidagi talablar qo’yiladi. Talaba:

    – yengil sanoat korxonalarida ishlatiladigan texnologik mashinalar va jixozlarining puxtaligini nazariyasi va hisoblash asoslarini; engil sanoat korxonalari mashinalari elementlari va ish rejimlarining aniq sharoitlar uchun puxtalik ko’rsatgichlari tanlash usullari to’g`risida tasavvurga ega bo’lishi;

    – yengil sanoat korxonalarida qo’llaniladigan texnologik mashinalar va jihozlarni aniq sharoitlar uchun texnik va iqtisodiy asoslangan holda to’g`ri tanlash; engil sanoat korxonalari mashinalarini puxtalik ko’rsatgichlari va ish rejimlarini tanlash maqsadida hisoblash; engil sanoat korxonalari mashinalari konstruktiv parametrlarining geometrik nisbatlarini to’g`ri aniqlash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

    –ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan engil sanoat korxonalari mashinalarini texnik-iqtisodiy va konstruktiv tahlil qilish; ularni aniq sharoitlarda samarali ishlatish; engil sanoat korxonalari mashinalarining muqobil puxtalik ko’rsatgichlari va ish tartiblarini belgilash ko’nikmalariga ega bo’lshii kerak.


    III. Asosiy nazariya qismi (ma’ruza mashg`ulotlari)
    1-Modul. “Yengil sanoat jihozlari puxtaligi“ faniga kirish. Zamonaviy mashinalar uchun puxtalik muammosining ahamiyati
    1-mavzu. Mashinalar puxtaligi. Mashinalar puxtaligi haqidagi asosiy tushunchalar

    Mashinalar puxtaligi. Mashinalar puxtaligi haqidagi fanning o’rganadigan muammolari. Puxtalik haqidagi fanning nazariy asoslari. Puxtalik muammosining falsafiy asoslari.


    2-mavzu. Ta’mirlash. Joriy ta’mirlash. Kapital ta’mirlash. Ishlash qobiliyati. Puxtalik
    Mashinani ishlash qobiliyatining yo’qolish darajasi. Ta’mirlash. Joriy ta’mirlash. Kapital ta’mirlash. Ishlash qobiliyati. Puxtalik.
    3-mavzu. Sifat ko’rsatkichlarining ko’rinishlari. Mahsulotning sifatini texnik nazorat qilish, boshqarish va attestastiyalash

    Sifat ko’rsatkichlarining ko’rinishlari. Sifat ko’rsatkichlarining ko’rinishlari. Mahsulotning sifatini texnik nazorat qilish. Mahsulot sifatini texnik nazorat qilish, boshqarish va attestastiyalash.


    4-mavzu. Mashina va apparatlarning barqarorligi va uni oshirish yo’llari

    Barqarorlikni aniqlashdagi asosiy tushunchalar. Mashina va apparatlarni ekspluatastiya qilishda, barqarorlik samaradorligini aniqlovchi asosiy omillar.


    2-Modul. Puxtalik nazariyasi elementlari va asosiy tushunchasi
    5-mavzu. Puxtalikka oid asosiy tushunchalar
    Puxtalikka oid asosiy tushunchalar. Puxtalik ko’rsatkichlari. Inkorlar va ularning sinflanishi. Inkorlar chastotasi va jadalliligi.
    6-mavzu. Qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan detallarning ishonchlilik miqdoriy ko’rsatkichlari

    Tayyorgarlik, ta’mirga yaroqlilik va texnik foydalanish koeffistientlari.


    7-mavzu. Mehnat unumdorligi va puxtalik ko’rsatkichlari orasidagi bog`liqlik

    Mashina va uning elementlarining inkorlarining sinflanishi. Mashina va agregatlarni mustahkamlikka sinovdan o’tkazish.


    8-mavzu. Mashina detallarini tiklash texnologik jarayonlar

    Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Mashinalarni ta’mirlashga qabul qilish va tayyorlash. Mashinalarni qismlarga ajratish va yig`ish texnologiyasi asoslari. Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratish va nazorat qilish texnologiyasi asoslari.



    3-Modul. Asosiy tushunchalar va detallarni tiklashning hozirgi usullari
    9-mavzu. Ishlamay qolishlar klassifikastiyasi

    Asosiy tushunchalar va detallarni tiklashning hozirgi usullari. Detallarni galvanik va kimyoviy qoplamalar bilan tiklash.


    10-mavzu. Mahsulot puxtaligining matematik modeli

    Asta-sekin va tasodifiy ishlamay qolishlar. Ishlab turgandagi ishlamay qolishlar va parametrik ishlamay qolishlar.


    11-mavzu. Materiallarda o’zgarishlarni ta’riflovchi qonuniyatlar tahlili

    Materiallar xususiyatlari va holatining o’zgarishi mahsulotning ishlamay qolishi sababi sifatida. Materiallar harakatini o’rganishning uch darajasi.


    12-mavzu. Materiallarning yuza qatlami va uning ko’rsatgichlari

    Materiallarning parchalanishi va eskirishida yuza qatlamlardagi hodisalarning ahamiyati. Yuza qatlamining geometrik ko’rsatkichlari.


    13-mavzu. Eskirish jarayonining tasnifi

    Eskirish jarayonlarining tashqi namoyonligi bo’yicha tasnifi.



    14-mavzu. Detal materiali zararlanish darajasini baholash

    Zararlanish darajasi miqdorini baholash zarurati to’g`risida. Yuzalar to’liq zararlanishi tavsiflari. Yuzalar lokal zararlanish turlari.



    IV. Laboratoriya mashg`ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar

    Laboratoriya mashg`ulotlar uchun tavsiya etiladigan mavzular:



    • Mashinalarning puxtaligi haqida asosiy tushunchalar haqida ma’lumotga ega bo’lish.

    • Mahsulot sifatini attestatstiyalash va boshqarishni o’rganish.

    • Mahsulot sifatini texnik nazorat qilish.

    • Mashina va apparatlarning barqarorligini o’rganish.

    • Mashina va apparatlarni ekspluatastiya qilishda barqarorlik samaradorligini aniqlovchi aossiy omillarni o’rganish.

    • Mashinalar detallarini maqbul umrboqiyligini o’rganish.

    • Detallarni chidamliligini oshirish usullarini o’rganish.

    • Mashina qismlarining ishqalanishi va ularni bartaraf etish usullarini o’rganish.

    • Mashinalarning ishlamay qolishi tasnifi va ularning sabablarini o’rganish.

    • Mashina detallarining eyilishiga ta’sir qiluvchi omillar va ularning sabablarini o’rganish.

    • Mashinalarning puxtaligi va uzoq muddat turg`unligini oshirishning texnologik usullari.

    • Tiklanadigan detallarning ishonchlilik mikdoriy ko’rsatgichlari.

    • Puxtalik nazariyasi elementlari bilan tanishib chiqish.

    • Inkorlar va ularning sinflanishini o’rganish.

    Laboratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish yuzasidan kafedra tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar echish, mavzular bo’yicha taqdimotlar va ko’rgazmali qurollar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish va boshqalar tavsiya etiladi.
    V. Tavsiya etiladigan mustaqil ishlarning mavzulari

    • Mashinalar puxtaligi nazariyasida foydalaniladigan ehtimollik nazariyasi

    • Matematik statistikaning asosiy tushunchalari va holatlari

    • Puxtalik miqdoriy tavsiflari

    • Inkorlar orasidagi vaqtning taqsimlanish qonunlari

    • Texnologik jihozlarga zararli ta’sirlar manbalari

    • Mashinalar detallarini maqbul umrboqiyligini aniqlash

    • Uzellarning maqbul umrboqiyligini aniqlash

    • Plastik deformastiyalash usulida detallar sirtini mustahkamlash

    • Mashina detallarini chiniqtirib mustahkamlash

    • Mashina detallarini titrash roligi bilan mustahkamlash


    Kurs ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar

    Fan bo’yicha kurs ishlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan.



    VI.Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
    Asosiy adabiyotlar

    1. Q.T. Olimov, R.X. Nurboev, L.P.Uzoqova, D.X.Bafoev. «Engil sanoat jihozlarini ta’mirlash va tiklash asoslari». “Akademiya” Toshkent-2005.

    2. Q.T. Olimov, R.X. Nurboev va boshqalar. “Tikuv va trikotaj jixozlarini o’rnatish, yig`ish va ta’mirlash asoslari” Toshkent 2011 y.

    3. Yo’ldoshev Sh.U. Mashinalar ishonchliligi va ularni ta’mirlash asoslari, T. «O’zbekiston» 1994 y.


    Qo’shimcha adabiyotlar

    1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag`ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. –T.: “O’zbekiston” NMIU, 2016. – 56 b.

    2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza 2016 yil 7 dekabr. – T.: “O’zbekiston” NMIU, 2016. – 48 b.

    3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

    4. O’zbekiston Respublkasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g`risida. - T.:2017 yil 7 fevral, PF-4947-sonli Farmoni.

    5. В.Я.Франц, В.В.Исаев “Швейные машины” Издательство «Легкая промышленность и бытовое обслуживание». Москва, 1986 г.

    6. Н.М.Вальщиков, А.И.Шарапин, И.А.Идиатулин, К.А.Маковецкий “Оборудование швейных фабрик” Л. “Машиностроение” 1968 г.

    7. А.А.Анастасиев, Н.Н. Архипов, А.Н. Жаров, В.П. Корнилов, В.В. Сторожев “Машины, машины-автоматы и автоматические линии легкой промышленности” М. “Легкая и пищевая промышленностъ” 1983 г.

    8. В.Н. Гарбарук «Проектирование трикотажных машин» Л.«Машиностроение» 1980 г.

    9. А.И.Комиссаров, Б.А.Рубцов, Г.П.Сироткин, В.Н.Соколов «Практикум по машинам, автоматам и автоматическим линиям легкой промышленности» М. «Легкая индустрия» 1980 г.


    Internet saytlari

    1. http://ziyonet.uz/uzc/library/libid/30506

    2. www. legprominfo.ru

    3. www.textil-press

    4. www.textileclub

    5. http://www.uzbekistan.uz

    6. http://www.bilim.uz

    7. http://www.podolsk.ru/



    Download 31,52 Kb.




    Download 31,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yengil sanoat jihozlari puxtaligi fan dasturi

    Download 31,52 Kb.