• Darsning borishi
  • L tovushi va Ll harflarini o‘rgatish usullari




    Download 0.79 Mb.
    bet2/3
    Sana25.01.2023
    Hajmi0.79 Mb.
    #39406
    1   2   3
    Bog'liq
    6-mavzu
    10-mavzu, 5, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 12-maruza, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word
    L tovushi va Ll harflarini o‘rgatish usullari
    Dars jarayoni 5 bosqichdan iborat bo‘lib, unga tashkiliy qism, ehtiyojlarni aniqlash, darsning borishi, mustahkamlash, baholash kiradi.
    Vaqt 45 daqiqa bo‘lib, bajariladigan ishlar mazmuniga mos taqsimlanadi.
    l-bosqich tashkiliy qism bo‘lib, o‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi. Nazorat, suhbat, savol-javob metodidan foydalaniladi. Bunga 3 daqiqa vaqt ajratiladi.
    2-bosqich ehtiyojlarni aniqlash bo‘lib, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash jarayonida intizomga rioya qilish tushuntiriladi. Bunga 1 daqiqa vaqt beriladi.
    3-bosqichda darsning borishi ifodalanadi. Bunda, dastlab, o’quvchilar ishtirokida L tovushi bilan boshlanadigan so’zlar topiladi, ularning ma’nosi sharhanadi, hayotdagi ahamiyatliligi borasuda suhbatlashiladi. Har bir guruhga rasm kartochkalar asosida gaplar tuzdiriladi, Ll harfi qatnashgan so‘zlar o‘ylab topiladi, o‘quvchilarni Ll harf-tovushining aytilishi, yozilishi, so‘zlardagi o‘rni bilan tanishtiriladi, “So‘z andazasi bilan ishlang shartli belgisi bilan berilgan so‘zlar (limon, olxo‘ri, lavlagi, olcha so‘zlari) ni tahlil qilish, ya’ni so‘z tarkibidagi tovush va bo‘g‘inlar aniqlanadi, darslikning 20-betidagi “Oltin tarvuz” ertagiga ishlangan rasm asosida ertak mazmuni bilan tanishtiriladi, ertak mazmuni bilan tanishtiriladi, rasmni izohlovchi kichik hikoya tuzdiriladi, “Laylak” so‘zi doskaga yoziladi, u harf-tovush tomonidan tahlil qilinadi, quvnoq daqiqa o‘tkaziladi.
    4-bosqich. A tovushining qanday tovushlar sirasiga kirishi va uning qanday yozma shakllari mavjudligi tushuntiriladi.
    5-bosqichda o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Suhbat metodi asosida 3 daqiqa vaqt ajratiladi.
    Darsning borishi:
    1.O‘qituvchi bu darsni guruhlab o‘qitish usulidan foydalanib o‘tishi maqsadga muvofiqdir. Bunda sinfdagi o‘quvchilar uch guruhga bo‘linishadi. Sinfdagi partalar ham shunga moslab to‘rtburchak shaklda uchta joyga qo‘yiladi. Har bir guruh o‘ziga guruh sardori saylaydi. Shundan keyin har bir guruh o‘ziga berilgan rasmli kartochkalar asosida gaplar tuzadi.
    2. Har bir guruh Ll harfi qatnashgan so‘zlardan o‘ylab aytadi.
    O‘qituvchi har bir guruhning fikrlash doirasini, topqirligini, berayotgan javoblarini hisobga olib boradi.
    Birinchi guruhga berilgan kartochkada Lola ismli qiz limonni olmoqchi bo‘lib turgan rasmi, ikkinchi guruhga berilgan kartochkada alla aytayotgan ona rasmi tasvirlangan. Uchinchi guruhga berilgan kartochkada daraxt ustiga in qurib turgan laylakning rasmi tasvirlangan. Har bir guruh o‘quvchilari berilgan rasmlardan unumli foydalanib, ko‘proq gap tuzishlari kerak. Bu gaplarda Ll tovushi ishtirok etgan so‘zlar ko‘proq bo‘lishi lozim.
    3. O‘qituvchi o‘quvchilarni Ll harfi va tovushining aytilishi, yozilishi, so‘zlardagi o‘rni bilan tanishtiradi. Oldindan tayyorlab qo‘yilgan bosma va yozma shakldagi so‘zlar bo‘g‘inlarga bo‘lish yo‘li bilan o‘qitiladi. Har bir so‘zdagi Ll harfining o‘rni va vazifasi tahlil qilinadi.
    4. “So‘z andazasi bilan ishlang” shartli belgisi bilan berilgan so‘zlar (limon, olxo‘ri, lavlagi, olcha so‘zlari) tahlil qilinadi. Ya’ni rasmlar ostida berilgan so‘z andazalaridan foydalanib, ular tarkibidagi tovush va bo‘g‘inlar aniqlanadi.

    5. Darslikning 20-betidagi ertak-rasm asosida ertak mazmuni bilan tanishtiriladi.
    6. Ertak mazmuni bilan tanishtirilgach, rasmni izohlovchi kichik hikoya tuzdiriladi.



    7. Ertakdan “Chol laylakni davolabdi” gapi ajratib olinib, “laylak” so‘zi sinf doskasiga yoziladi. O‘qituvchi so‘zni doskaga yozgach, uni harf-tovush tomonidan tahlil qiladi.


    8. Quvnoq daqiqa.

    Download 0.79 Mb.
    1   2   3




    Download 0.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    L tovushi va Ll harflarini o‘rgatish usullari

    Download 0.79 Mb.