• Tabiatni muhofaza qilish yutuqlari hamda kamchiliklari.
  • Ernest Gekkel
  • O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari




    Download 192 Kb.
    bet1/5
    Sana25.01.2024
    Hajmi192 Kb.
    #145911
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchi


    O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari.


    Reja



    1. O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish tadbirlari

    2. Tabiatni muhofaza qilishning yo’nalishlari

    3. Tabiatni muhofaza qilish yutuqlari hamda kamchiliklari.

    Ekologiya nima o‘zi va nima uchun biz XXI asrda uning ham nazariy, ham amaliy echimini topishga harakat qilib qoldik? Nima uchun ushbu muammo deyarli ko‘pgina ta’lim bosqichlarida, madaniy hordiq chiqarayotgan joylarda, xalqaro uchrashuvlarda va hattoki, biznes-shoularda ham qizg‘in muhrokama mavzusiga aylanib qoldi. Dunyoning barcha mintaqalarida ekologik yo‘nalishdagi turli ko‘rinish, shakl va hajmga ega bo‘lgan kitoblar, jurnallar, risola-yu, maqolalar, o‘quv adabiyotlari millionlab nushada chop etilmoqda. Unga oid yangiliklar va ma’lumotlarni aholiga etkazish tuchun barcha turdagi zamonaviy informatsion texnologiyalar qo‘llanimlmoqda Bularning barchasiga qaramay hanuzgacha «ekologiya nima o‘zi» degan savolga bir hilda javob topish qiyin. Bu esa ilmda va ayniqsa ta’lim-tarbiyada aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir. Majburiy ta’lim jarayonida, maktablar, litsey kollejlarda hanuzgacha ekologiya mustaqil fan sifatida e’tirof etilmagan. Axir hammamiz birdek go‘zal tabiat qo‘ynida orom olish, hordiq chiqarish va salomatligimizni tiklashni hoxlaymiz. Lekin go‘zal tabiat go‘shalari kundan kunga kamayib, aholi esa aksincha ko‘payib bormoqda. Mazkur holat, muallifni endilikda ekologiya mavzusiga nazariy jihatdan jihatdan yondashishga majbur etdi.
    Zamonamizda kompyuter, informatika, huquq, qonun, davlat kabi eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri ekologiyadir. Xo‘sh, ekologiya nima o‘zi degan savol tug‘ilishi muqarrar. CHunki antik davrda “Falsafa”, o‘rta asrlarda Teologiya, ya’ni din haqidagi fan kishilik jamiyatida qanday ommalashgan bo‘lsa, shu kunda Ekologiya ham shunday keng tarqalgandir. SHuning uchun bo‘lsa kerak, har bir olim, mutaxassis yoki ijodkor o‘zini «ekologman» deb hisoblaydi. Mayli, nima bo‘lganda ham ekologiyaning tarafdorlari ko‘payaversin. Lekin fanda va, ayniqsa, ta’limda bitta so‘z, atama, iermin yoki so‘zlar birligini turlicha ifoda etilishi, uning mazmun va mohiyatiga turlicha yondashishga sabab bo‘ladi. Bu esa ekologlarning fan yoki ta’limga bergan yordamlaridan ko‘ra zararlari ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.
    An’anaga ko‘ra, ekologiya tirik organizmlar o‘zaro va ularni yashash muhiti o‘rtasidagi munosabat haqidagi fan, deb yuritiladi. Bu ma’no uning grekcha atamasidan kelib chiqqan tarzda ifoda etilgan. CHunki grekchada «oikos-uy, yashash joyi, yashash muhiti, logos-ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ushbu atamani birinchi bo‘lib fanga nemis tabiatshunos olimi Ernest Gekkel 1866 yilda chop etilgan o‘zining Organizmlarning umumiy morfologiyasi degan kitobi orqali olib kirdi. Uning ta’rifiga ko‘ra, Ekologiya tabiatni iqtisodiy jihatdan tadqiq qilish orqali hamma tirik organizmlarning organik va noorganik muhit unsurlari bilan birga, uning ta’sir doirasida turgan antogonistik va noantogonistik aloqadorlikda bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarni ochib berishi»dir.
    E.Gekkel buyuk ingliz olimi CHarlz Darvinning tirik organizmlarning evolyusion rivojlanishi to‘g‘risidagi ta’limotini rivojlantirib, har qanday tirik organizm atrof tabiiy muhitga moslashib, o‘zining morfologik(ichki) va morfometrik(tashqi) ko‘rsatgichlarini o‘zgartirib borishi, moslashmagani esa tabiiy tanlash asosida qirilib ketishini isbotlab berdi.
    E.Gekkel «ekologiya» so‘ziga ta’rif berar ekan, inson tomonidan «tabiatni iqtisodiy tadqiq qilish» degan iboralari alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki tabiatni son jihatdan ifodalanishi inson faoliyati iqtisodiyotiga nechog‘liq bog‘liqligini u ifoda etmoqchi edi. E.Gekkel birlamchi kapital ko‘pincha «tabiatga salb yurish» orqali jamg‘ariladi, degan edi.
    YUqorida keltirilgan tushunchada E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan so‘zlar yoki iboralarning ayrimlari tushirib qoldirilgan yoki unga qo‘shimchalar kiritilgan. Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmida Evropa uchun «iqtisodning tabiatini anglash» degan ibora o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, hozirga kelib ham u birlamchi ahamiyat kasb etayapti deyish qiyin. CHunki qadimgi qita vakillari ekologik talofat va inqiroz nima ekanlligini allaqachonlar tushinib etganlar.
    Nima uchun ekologiya fani aynan Evropada, XIX asrning ikkinchi yaramida va biologlar tomonidan kashf etildi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. CHunki XIX asr o‘rtalarida Markaziy Evropada “ilmiy-texnikaviy inqilob” kishilarni tabiatga nisbatan bosimini Germaniyaning Sileziya va Rur sanoati rivojlangan havzalarida, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatning keskin buzilishi noevolyusion1 tarzdagi buzilgan tabiat tizimlarini yuzaga keltirdi va tegishli iqtisodiy-moliyaviy munosabatlarni shakllantirdi. Bu, o‘z navbatida, organizmlar yashash muhitini, u esa organizmlar turi, populyasiyasi va jamoasiga keskin ta’sir etdi. O‘sha davrdagi Reyn daryosining holatiga nazar tashlagan fransuz jurnalisti “Reyn daryosining suvini XIX asrning ikkinchi yarmidagi tabiat manzarasini aks ettirish bo‘yog‘i o‘rnida ishlatsa bo‘ladi», deb bejiz aytmagan. Bunday holat aynan Evropada ilk bor ekologik dunyoqarashlarni shakllantirishga olib keldi. Ekologiya ushbu davrda biologiya fanlari tizimiga kirgan va tirik organizmlar haqidagi fan tariqasida ilk bor biologlar tomonidan taklif etilgan. Zamonlar o‘tib, XX asrning 70-yillariga kelib (1972 yil “Atrof-muhit muhofazasi”ga bag‘ishlangan Stokgolm konferensiyasidan so‘ng), ekologiya nafaqat mustaqil fan sohasi, balki fanlar tizimiga aylanib ketdi. Hozirgi kunda 80 ziyod ekologik fanlar mavjud bo‘lib, ular deyarli barcha fan tarmoqlariga kirib borgandir (2-rasm).
    E.Gekkeldan so‘ng ekologiya atamasi ta’rifiga taqiqotchilar tomonidan ko‘plab o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. Lekin, hanuzgacha, uning birlamchi mazmuni va mohiyati umumiy tarzda saqlanib qolindi. Turli fikrlarni umumlashtirgan holda biz ekologiyanimuayyan tabiat tizimida (ekotizimda) organizmlar o‘zaro va ularni yashash muhiti o‘rtasidagi munosabatlarning turli jihatlarini tadqiq qiluvchi fan tarmog‘i, ularga oid bilimlarni beruvchi ta’lim yo‘nalishi, ularni optimallashtiruvchi xalq xo‘jaligi sohasi, deyishimiz mumkin.





    Download 192 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 192 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari

    Download 192 Kb.