O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari




Download 192 Kb.
bet4/5
Sana25.01.2024
Hajmi192 Kb.
#145911
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchi

O‘zbekistonda ekologiya tarixi.
Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishi, urush, inqilob tufayli Turkistonning qadimgi yodgorliklari, go‘zal tabiati, o‘simlik va xayvonat olami katta zarar ko‘rdi.1916 yildayoq Turkistondagi tarixiy yodgorliklarni qayd etish masalasi bo‘yicha ish boshlangan edi. Ammo bu maqsadlar amalaga oshmay qoldi.
Arxiv materialari 1920 yilda Turkiston o‘tmishidan qilgan yodgorliklarni o‘rganish va asrash maqsadida ta’lim tarmog‘i zarurligi to‘g‘risida fikrlar paydo bo‘la boshlanganidan dalolat beradi. O‘shanda arxitektura yodgorliklarini restavratsiya qilish va ta’mirlash, saqlash Qo‘mitasi tuziladi. Qo‘mita ishiga maxalliy kuchlar va Moskvalik olimlar jalb etiladi. 1921 yilda muzeylar ishi va qadimgi yodgorliklarni, sanxat va tabiatni muxofaza etish bo‘yicha Turkiston qo‘mitasi tashkil etiladi.
Albatta Turkistonda tabiatni muxofaza etish usullarini amaliy va nazariy jixatdan qo‘llash soxasida katta qiyinchiliklarga duch kelingan. A’oli madaniyatining yuksak emasligi, tabiatni muxofaza etish g‘oyasining xali mutlaqo yangi ekani, ‘ududning kengligi, uning xali tadqiq etilmagani va boshqalar xayvonot xamda o‘simlik olami (archalar, yong‘oqlar, o‘rmonlar, saygalar, kulanlar, marollar va boshqalar)dan yirtqichlarcha foydalanishga qarshi kurashda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Mazkur qo‘mita ‘uzurida tabiatni muxofaza etish bo‘limi xam faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Uning maqsadi xayvonot populyasiyasi va o‘simliklar turini o‘rganish xamda ko‘paytirish, asrashga yo‘naltirilgan tadbirlar qabul qilishdan iborat bo‘lgan. SHuningdek er qobig‘ining elementlari va ayrim qismlarini tadqiq etish nazarda tutilgan.
Ovchilar o‘rtasida tabiatnini muxofaza etish g‘oyasini tashviqot-targ‘ibot qilish maqsadida 1923 yilda Butun Turkiston ovchilari se’zdida Turkiston tabiatini muxofaza etish bo‘limi va Turkiston tabiatni asrash kommisiyasi nomidan professor A.L.Baruskiy "Tabiat yodgorliklarini muxofaza etish" mavzusida so‘zga chiqadi. O‘shanda olimning "Turkistonda tabiatni muxofaza etish" nomli kichik kitobi nashr etiladi. O‘zining bu ilmiy ishida A.L.Borodskiy inson rivojlanib borgan sari tabiat saltanatida yaratuvchi kuchdan ko‘ra buzuvchi kuchga aylanishni ko‘rsatib o‘tadi. U xatto bu kuchni ko‘lami jixatidan geologik xalokatga tenglashtiradi.
U magar inson xayvonot va o‘simlik dunyosini qirib yuboraversa, er sirtini ishdan chiqaraversa, yaqin kelajaklardagi avlodlarimiz tabiat olami bilan qo‘riqchi-chuchelalar, gerbariylar va fotosuratlar orqali tanishishi mumkinligi xaqida ogo’lantirib o‘tgan edi. SHuning uchun olim tabiat dunyosini, er sirtini qanday bo‘lsa shundayligicha saqlash, xayvon va o‘simliklarni asrash zarurat ekanini ta’kidlaydi.
U Turkiston ‘ududi xayvonlar va o‘simliklar turiga juda boy ekanini alo’ida ko‘rsatib o‘tadi va Turkiston ‘ukumatini bu boyliklarning muxofaza etilishi xamda talon-taroj qilinmasligi uchun zudlik bilan tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etadi. Olim ularni qayta tiklash juda qimmatga tushishini, to‘g‘rirog‘i, to‘la ‘olda qayta tiklab bo‘lmasligini aytadi.
Aslida qo‘riqxonalar tashkil etish g‘oyasi o‘sha paytlarda tug‘iladi. Bunda milliy bog‘larni tashkil etish zarurligi, uni sira kechiktirib bo‘lmaydigan muxim ish ekani alo’ida ta’kidlanadi. Ammo milliy bog‘larni tashkil etish juda murakkab va mas’uliyatli ish edi. SHu bois Turkiston ‘ududlari maxsus o‘rganila boshlanadi.
Tirik tabiatni muxofaza etish ishiga professor D.N.Kashkarov katta ‘issa qo‘shadi. U Turkistonning go‘zal tabiatini jon-dildan sevadi va uning xilma-xilligi, ajoyibligidan zavqlanadi. U kuyinib shunday yozadi: "Ko‘z o‘ngimizda jonajon Turkistonimiz tabiati emirilib bormoqda. O‘rmonlarimiz qirilib, yong‘oqlarimiz, ming yillik archalarimiz, noyob xayvonlarimiz, qushlarmiz yildan yilga kamayib, yo‘qolib ketmoqda".
SHunday qilib, Turkiston tabiati insonning zulm va zo‘rligi, ta’qiblari tufayli xalok bo‘layotganini anglab, u tabitni muxofaza etishining asosiy masalalarini quyidagi tartibda ifodalaydi:
1) Tabiatni fan, ya’ni ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish uchun asrash; umumiy ilmiy muammolarni o‘rganish va xal etish maqsadida foyda beradigan tabiatni muxofaza etish.
2) Tabiatni xo‘jalik yuritish manfati nuqtai nazarida muxofaza etish; tabiiy ishlab chiqarish kuchlarini va xali inson qadami etib bormagan tabiat go‘shalarining barcha ‘o‘jalik imkoniyatlarini aniqlash va undan foydalanish;
3) Tabiatni xalq salomatligi uchun va ta’lim-tarbiya nuqtai nazaridan asrash; tabiat qo‘ynida dam olishni tashkil etish va unga salomatlikni tiklash manbai sifatida qarash; tabiatni muxofaza etish borasidagi va ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘yish.
Olim maxsus qo‘riqlanadigan ‘udularni tashkil etish masalalariga juda ko‘p e’tibor berdi. U 1928 yilda AQSH ning milliy parki ishlari bilan tanishib, Turkiston ‘ududlarida tashkil etiladigan milliy park maydoni juda keng, tabiatga boy va manzarali, xilvat go‘shali, odamlarining dam olishi, xordiq chiqarishi uchun qulay bo‘lishi lozim deb ‘isoblaydi.
Uning fikriga ko‘ra, birinchisi-yopiq turdagi, ya’ni ilmiy xodimlardan boshqalar kiritilmaydigan qo‘riqxona, ikkinchisi-kompetent kishilar ra’barligida ijtimoiy va pedogogik yo‘nalishda o‘rganiladigan tabiat go‘shasi, uchinchisi-keng a’oli yoki omma uchun ochiq bo‘lgan dam olish parklari bo‘lishi zarur.
1933 yilda O‘zbekiston fan Qo‘mitasi ‘uzurida tabiatni muxofaza qilish bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi tashkil etilib, uning tarkibiga 6 kishi, xususan, D.N.Kashkarov xam kiradi. Tabiatni muxofaza etish qo‘mitasi asosan qo‘riqxonalarni loyixalash va tashkil etish, ularning ilmiy ishiga ra’barlik qilish, tabiatni muxofaza etish g‘oyasini ommalashtirish ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi. Maxalliy ‘ududlar, o‘simlik va xayvonot olami, daryo va ko‘llarni o‘rganadi.
60 yillarga kelib, O‘zbekistonda ekologik vaziyat yomon tomonga keskin o‘zgara boshlaydi. Bunga sabab paxtachilikni jadal surxatlar bilan rivojlantirishga intilish va qishloq xo‘jaligini xaddan ortiq kimyolashtirishdir. Bunday vaziyat o‘zbekistonda ayrim tabiat ob’ektlari yoki ilmiy, madaniy, sog‘lomlashtirish axamiyatiga ega bo‘lgan ‘ududlarni muxofaza etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishni talab etdi.
1968 yil 30 iyulda O‘zbekiston Vazirlar Kengashining "O‘rmonlarni yong‘indan saqlash xamda ularni zararli xasharotlar va kasalliklardan ‘imoya qilish" xaqida 349-sonli farmoni e’lon qilinadi.
"CHatqol", "Orol-payg‘ambar", "Zomin", "Boday-Tug‘ay", "Qorako‘l" kabi qo‘riqxonalar tashkil etiladi.
O‘zbekiston Vazirlar Kengashining foydali qozilmalar konini topish, geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazishda erning ‘osildor qatlamlarini asrash, ulardan oqilona foydalanish, er kadastri, o‘rmonlarni ‘imoya qilinishi mezonlari bo‘yicha guru’larga ajratish, xayvonlar ‘isob-kitobini olish, xayvonot olamining davlat kadastiri, foydali qazilmalarni olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ob’ektlarni joylashtirish uchun er ostidan foydalanish, dorivor o‘simliklar tayyorlash va boshqalar xaqida qator farmonlari e’lon qilindi.
Ayniqsa, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, Ekologiya va tabiatni muxofaza etish masalalariga jiddiy e’tibor berila boshlandi. Ekologiya va tabiatni muxofaza etish borasida o‘nlab qonunlar xamda farmoyishlar e’lon qilindi, ularning ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi "Tabiatni muxofaza etish xaqida" gi, 1993 yil 6 maydagi "Suv va suvdan foydalanish xaqida"gi, 1994 yil 22 sentyabrda "Er osti boyliklari xaqida"gi 1996 yilda 27 dekabrdagi "Atmosfera havosini muxofaza etish xaqida"gi, 1997 yil 26 dekabrdagi "Xayvonot dunyosini muxofaza etish va undan oqilona foydalanish xaqidagi", 1997 yil 26 dekabrdagi "O‘simlik dunyosini muxofaza etish va undan oqilona foydalanish xaqida"gi, 1997 yil 26 dekabrdagi "O‘simlik dunyosini muxofaza etish xaqida"gi va boshqa qonunlar xamda bu borada e’lon qilingan qator farmonlar shular jumlasidandir.

Download 192 Kb.
1   2   3   4   5




Download 192 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari

Download 192 Kb.