2.3. O’quv-tarbiya jarayonini axborot-metodik ta’minotini va ta’lim
muassasasini (ta’lim muassasalari tizimini) tashkiliy boshqarishni
avtomatlashtirish
Ta’lim muassasalariga kelayotgan me’yoriy, o’quv – uslubiy, texnik va
boshqa axborot oqimini ko’payishi, kun tartibiga uni qayta ishlashni
avtomatlashtirish masalasini qo’moqda. Axborot oqimini o’z vaqtida sifatli va
tezkor qayta ishlash hujjat yuritishni soddalashtiradi, qabul qilingan boshqaruv
qarorlarini harakatchanligini belgilaydi.
Ta’lim jarayoni va har bir ta’lim muassasasini boshqarishni
avtomatlashtirish muammosini hal etish, O’zbekiston respublikasining yagona
axborot-ta’lim fazosini shakllantirishni ta’minlaydi. Ta’lim pedagog va xodimlari,
o’quvchi-talabalari, shuningdek, ota-onalarning axborotli faoliyatlari jarayonida
ishlab turgan turli-tuman axborot oqimlari ta’lim jarayoni va o’quv muasssasini
tashkiliy boshqarishni sinflarga ajratish, tartiblash va tizimlashtirishda o’ziga xos
qiyinchiliklarga ega.
Bu murakkablik axborot oqimining mazmunini qat’iy sinflashtirishga
bo’ysinmaydi va qat’iy belgilangan shakl va manziliga ega emas. Axborot
oqimining tuzulishi o’zgarib turadi, hatto ba’zan takrorlanib turadigan axborotlar
o’zaro ta’siri sharoitida buzilishi ham mumkin.
Ta’lim muassasalari faoliyatini boshqarishda ko’pgina muammolar mavjud.
Masalan, hujjat almashinuvda qog’ozdagi alohida materiallarni nushalanishi,
ma’lumotlarni yo’qolishi, hisobotlarning qandaydir qismlaridan tezkor
ma’lumotlarni olish qiyinligi, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash qiyinligi
(foyzlarni qo’shish, o’rta qiymatlari hisoblash), har bir talaba yoki o’quvchi haqidagi
ma’lumotlarni bir necha yil saqlashni murakkabligi, o’quv predmetlarni tanlashning
qonuniyatlarini aniqlashda, sinf, maktab, rayon, shahar, hudud, qolaversa, dunyo
bo’yicha umumlashgan hulosalarni diagrammalar ko’rinishida olishni qiyinchiligi
(masalan guruhning o’zlashtirishini taqqoslanishi).
Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Ta’lim jarayonini ta’minlash,
axborot-usulubiy ta’minot tizimini va hujjat yuritishning holatini o’zgartirish
(tartibga solish va tizimlashtirish) kabi masalalarni hal qilish davri kelganligidan
dalolat beradi.
O’qituvchilar tayyorlashda ta’lim jarayonini boshqarishni avtomatlashtirish
masalasiga toboro e’tiborning ortishi:
axborotni (matnlik, grafik, vizuallik, nutqli) qayta ishlash, nashr qilish,
tahlil qilish, tizimlashtirish va saqlashning zamonaviy tizimlarini foydalanish;
asosiy va yordamchi axborot jarayonlarini, masalan o’qituvchilarning
hujjat ustidagi birgalikdagi ishlarini, o’qituvchi va talabalar orasidagi «qog’ozsiz»
muloqotini telekommunikatsiyalar yordamida tashkil etish;
ma’lumotlar omborini shakllantirish, ma’lumotlar omborlari orasida
ma’lumotlar almashinish;
talaba, o’qituvchi, ota-onalar va ta’limni boshqaruv organlariga o’quv
muassasasiga o’zoqlashtirlgan kirish va o’zaro masofadan turib muloqot qilish,
zarur ma’lumotlarni izlash;
foydalanuvchilarning tizim vazifalari va ashyolariga kirish huquqlarini
boshqarishni olib borish;
o’quv-tarbiya jarayonining axborot va uslubiy ta’minot tarkibi va
maqbullashtirish;
ta’lim muassasasidagi raqamli taqdim etilgan mavjud materiallarni, o’quv
va ta’limga oid elektron vositalarni, Internetda saytlar va portallarga murojaatlarni
saqlashni osonlashtirish va bu hujjatlarni izlash va uzatish;
ma’lumotlar omborida saqlanayotgan axborotni qayta ishlash;
talaba va o’qituvchilarga kommunikatsiya vositalariga, ichki va jahon
axborot ashyolariga kirishni ta’minlash;
ta’lim muassasasi va boshqarish organlari orasidagi axborot oqimlari
harakatini maqbullashtirish va boshqa shu kabi ko’pgina ishlarni bajarish bilan
bog’liq.
Yuqorida sanalgan jarayonlar amalga oshirilsa, o’quv muassasasini
boshqarishning majmuaviy tizimini yaratishga va bu bilan yaqin kelajak ta’lim
ishlarini rivojlanishiga olib kelishi aniq. Bu tizimning asosiy vazifasi — axborot-
uslubiy ta’minot jarayonlarini, o’quv jarayonining barcha ishtirokchilarini ta’limni
boshqaruv organlar hodimlari bilan axborotli o’zarota’sir (lokal va global tarmoqlar
negizida) qilishni avtomatlashtirishdan iborat.
1. O’quv-tarbiya jarayonini axborot-uslubiy ta’minoti va ta’lim
muassasasi (ta’lim muassasalari tizimini) tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirish
– AKTni foydalanish hisobiga ta’lim sohasi hodimi faoliyatini o’quv muasssasida
hujjat yuritish jarayonida, o’qituvchi-predmetchi, uslubchi, o’quv-tarbiya jarayoni
tashkilotchisining kasbiy faoliyatidagi maishiy qulayligini belgilangan darajada
ushlab turishdir.
AKT vositalari o’quv muassasasini boshqarish jarayonida dastavval o’quv
muassasasida hujjat yuritish, o’quv-tarbiya jarayonini tezkor boshqarish, o’quv
jarayonining barcha ishtirokchilarini lokal va global tarmoqlarda axborotli
o’zarota’sirini avtomatlashtirishni ta’minlaydi.
Barcha turdagi ta’lim muassasalarini, viloyat va shaharlardagi xalq ta’limini
boshqarish organlarni Internet tarmog’iga ulash, saytlar, ta’lim portallarini yaratish
va ularni axborot ashyolari bilan to’latishga undadi (masalan, Ziyonet.uz).
Hozirgi vaqtlarda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan hodimlar, talabalar,
o’quvchilar, ota-onalar internet texnologiyalari negizida axborotli o’zarota’sir
ishtirokchilariga aylanmoqdalar. AKT zamonaviy foydalanuvchisiga oson kirish
mumkin bo’lgan amaliy va uskunaviy dasturiy vositalar va tizimlarni foydalangan
holda o’quv faoliyatni tashkil etishga imkoniyat bermoqda. Jumladan, o’qituvchilar
yangi buyruq va farmoyishlar, novator o’qituvchilarning g’oyalari bilan
tanishishlari, yangi darslik, seminarlar, anjumanlarni bilishlari, o’quv jarayonida
Internet global tarmog’ining turli-tuman ashyolarini foydalanishlari mumkin.
|