mahalliy xalq ta’limi organlarini moliyalashtirishga yo’naltirilgan.
Hozirgi kunda
Buyuk Britaniyaning va boshqa qator davlatlarning qariyib 5 000 ga yaqin
maktablari Pearson Phoenix kompaniyasining tizimidan foydalanilmoqdalar.
Pearson Phoenix kompaniyasi dars jadvalini tuzish, akademik va kasbiy test
sinovlarini o’tkazish va elektron o’qitish muhitini ta’lim dasturlari bilan to’latishni
avtomatlashtirish imkoniyatini beradigan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqmoqda.
Uning asosiy dasturiy paketlarini sanab chiqaylik:
•
«Gold»
moduli - boshqruv ishini hal qiluvchi maktab uchun boshqariluvchi
axborot tizimidir. Modul maktab o’qituvchi va rahbarlariga o’quvchilarning
davomati ma’lumotlar omborini olib borish,
elektron jurnal olib borish, imtihon
o’tkazish jurnali va ko’pgina boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim
etadi;
•
E' ta’lim platformasi moduli -
o’qitishning yangi imkoniyatlarini ixtiyoriy vaqtda
va ixtiyoriy joyda taqdim etadigan elektron o’qitish muhitidan iborat
.
Ushbu platforma
tartibida ishlash imkoniyatini beradi va hozirgi kunlarda butun dunyoda 100 mln.
kishini o’qitadi. E
1
ta’lim platformasi - o’quv jarayonini boshqarishning qulay va
oson tizimi bo’lib, boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimlarining tashkiliy,
boshqaruv va funktsional imkoniyatlari bilan o’qitish jarayonini boshqarishga
mo’ljallangan uskunalarni birlashtiradi;
•
MarklTPRO
moduli -
ma’lumot,
baholar va izohlarni
Baholar menejeri ga
kiritish uchun qulay muhitni ta’minlaydigan o’qituvchilar uchun maxsus muhit
;
•
«Central»
moduli - maktab va ma’lumotlar markaziy ombori o’rtasida
ma’lumotlarni ikki tomonlama uzatishni ta’minlovchi, maktabda har bir o’quvchini
ishi haqidagi ma’lumotlarni boshqaruvchi va tahlil qiluvchi,
maktab va mahalliy
xalq ta’limi organlarini birgalikdagi ishini ta’minlovchi moduldir;
•
«AssessIT» moduli -
o’quvchilarning egallagan muvaffaqiyatlarini
rag’batlantirishga mo’ljallangan intellektual dasturiy mahsulot;
•
PfS moduli – maktabning barcha moliyaviy ishlarini amalgan oshirishga
mo’ljallangan moduldir.
Pearson Phoenix dasturlar paketidan foydalanib, o’quv yurtini boshqarishni
avtomatlashtirish nafaqat xalq ta’limini
boshqarish organlariga, balki
o’qituvchilarga, o’quvchilarga va ularning ota-onalariga ham yordam beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bunday tizimlar hamda o’zimizda
yaratilayotgan milliy avtomatlashtirlgan tizimlarni respublikamiz ta’lim
muassasalarida qo’llanish doirasini kengaytirish, sekin-asta o’z navbatida respublika
ta’lim muassasalarini boshqarishning yagona axborot tizimini yaratishga olib
keladigan maktab va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining va bu orqali,
keyin hududning axborot-ta’lim fazosini to’latish imkoniyatini beradi.