Resurslardan




Download 238,4 Kb.
bet6/9
Sana20.05.2024
Hajmi238,4 Kb.
#246266
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Asanova Manzura kurs ishi matni (2)

Yangi va eng yangi davr geologiya

Geologiya — eng qadimgi, shu bilan birga, eng yosh fan hisoblanadi. Eng qadimgi ekanligi shundaki, m iloddan avvalgi III — II asrlarda yashagan Eratosfen geologiya faniga zamin yaratgan. Davr talabiga mos ravishda, yangi ma‘lumotlar asosida doimo ham mazmunan, ham mohiyatiga ko‗ra boyib borishi geologiyaning yosh fan ekanligiga dalil bo‗la oladi. Ayrim olimlar endilikda, geograflar uchun ish qolmadi deb hisoblashyapti. Materiklar va okeanlar kashf etib bo‘lindi. Quruqlik yuzasida odam qadami yetmagan joy qolmadi, hatto okean tublari ham suv osti kemalari, maxsus apparatlar yordamida tekshirib bo‗lindi. Ayni paytda kosmik tasvirlar tahlili asosida nafaqat quruqlik (materik, orollar),


balki okean tublari, yer osti qazilma boyliklari haqida mukammal ilmiy va amaliy ahamiyatga molik ma‘lumotlar to‗plangan. Aniq geografik xaritalar tuzib bo‗lindi. Endilikda xohlagan obyekt (tog‗, daryo, ko‗l, g‗or, shahar, davlat va b.) haqida qomusnomalardan yoki maxsus adabiyotlardan va internet orqali xonada (kutubxona, uyda) o‗tirib bilib olish mumkin. Go‗yo Yer haqidagi fanlar orasida geografiyaga o ‗rin qolmagandek.
Ko‗pchilik olimlar bunday noto‗g‗ri qarashlarga murosasiz kurash olib bordilar. Geografiya fanining yechishi mumkin bo‘lgan yangi maqsad va vazifalarini yoritib bordilar. Darhaqiqat geografiya dunyo tarixining, sivilizatsiya taraqqiyotining yorqin sahifasini nam oyon qiladi, kishilarning dunyoqarashini shakllantirishda eng muhim o‗rinda turadi. Haqiqatan ham o‘tgan asrlarda geografiya o ‗ziga xos qomusiy fan bo‘lgan. Keyinchalik, undan yangi fan tarm oqlari — geom orfologiya (relyef haqidagi fan), geologiya (tog‗jinslari, yerning ichki va tashqi qism ida sodir boMadigan jarayonlar, paleogeografiya rivojlanishi haqidagi fan), gidrologiya (gidrosfera, suv haqidagi fan), glasiologiya (m uz haqidagi fan), iqlimshunoslik (atmosfera, havo massalari, iqlim haqidagi fan), tuproqshunoslik, botanika, zoologiya kabi fanlar ajralib chiqdi. Bu boshqa fanlar singari geografiya fanining ham tabaqalanishi (differensiatsiyalanishi) edi. Aslida barcha fanlar tarixi shunday. Masalan, fizika fanini qattiq jismlar mexanikasi, yadro fizikasi, akustika, optika, past harakatlar fizikasi, elektrofizika va h. k. tashkil etadi.
Hozirgi davr um um iy tabiiy geografiyasi tabiatni o ‗rganish va undagi sodir bo‗layotgan jarayonlam i ilmiy asosda bilish uchun barcha tabiat kom ponentlarini har tomonlama tahlil qilib chiqishi lozim. Negaki komponentlar to‗g‗risidagi birorta fan bunday vazifalarni bajara olmaydi. Tabiat kom pleksi (landshaft) bilan uning komponentlari o‗rtasidagi, tabiat bilan jam iyat o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni faqat keng qamrovli mushohada qilish orqali, majmuali (kompleks) yondashuv orqali yechish mumkin. Bu umumiy tabiiy geografiyaning
yangi asrdagi ustuvor yo‗nalishidir. Umumiy tabiiy geografiya keng ma‘noda geografik qobiq (landshaft qobig‗i) dagi jarayonlarni ham o‘rganadi. Geografik qobiq litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosferalarning o‗zaro ta‘siri va o‗zaro uzviy aloqasining hosilasi. U Yerning yaxlit, qonuniy takomillashgan qobig‗i bo‗lib, tabiiy geografiyaning oTganish obyekti hisoblanadi. Yangi asming dolzarb muammolaridan biri — tabiat bilan jamiyat o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar hosilasi bo‗lgan geoekologik muammolar ham tabiiy geografiyaning tekshirish obyektiga aylandi.
Shuni hisobga olsak, insonlarning xo‗jalik faoliyatini tabiatda sodir b o ia yotgan narsa va hodisalarning asosiy omili (faktori) tariqasida tadqiq etish ham um um iy tabiiy geografiyaning asosiy vazifalaridandir. Negaki Yer tabiatining bundan buyongi taraqqiyoti, uning taqdiri insonlarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Darhaqiqat, inson tabiat bag‗riga shiddat bilan uni zabt etish m aqsadida kirib bordi. Lekin qaytib chiqishda o‗zidan keyin cho‘llarni qoldirdi, ekologik tanazzulli (halokatli) m intaqalarni qoldirdi. Insonni yaratgan va un dan ozor chekkan ona tabiat ham insonlarning sog‘lig‘iga va ish faoliyatiga kuchli salbiy ta‘sir eta boshladi. Bunday holatlarni ilmiy asosda yechishni bitta fan eplay olmaydi. Lekin turli bilimlari analiz (tahlil) va sintez qilish imkoniyatiga ega bo‗lgan umumiy tabiiy geografiya m a‘lum darajada bu m uam m oni hal qilish imkoniyatiga ega.
Umumiy tabiiy geografiya o‗z oldidagi maqsadi va vazifalarini yechishda iqtisodiy geografiya (ijtimoiy va iqtisodiy geografiya, demografiya, siyosiy geografiya va h. k.) erishgan yutuqlardan ham foydalanadi. M asalan, aw allari har qanday m am lakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasini shu mamlakat hududining tabiiy sharoiti va tabiiy resurs (boylik) lari belgilaydi, degan g‗oya ustuvor edi. Tabiiy muhit jam iyatning mavjudligi va taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan birlamchi zamin. Afsuski, ayrim m am lakatlam ing ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida boshqa omillar ustuvor hisoblanadi. Masalan, maydoni O‘zbekiston hududidan ancha kam ( O‗zbekiston hududi 447,4 m ing kv. km ), aholisi esa besh barobar ko‗p bo‘lgan,
eng asosiysi deyarli barcha qazilm a boyliklarni chetdan olib keladigan Yaponiya (m aydoni 372 ming kv. km, aholisi 126 mln kishi) dunyodagi eng rivojlangan m amlakatlardan hisoblanadi. Hatto ayrim ko‗rsatkichlar bo‗yicha qudratli davlat hisoblangan AQSH dan ham oldinda turadi.
Bunga asosiy sabab ta‘lim ning eng yuqori darajadaligi, malakali ishchilari, mehnatsevar xalqi, o‗z ishiga o‗ta m as‘uliyat bilan qarashi, tartib-intizomliligi, dunyoda bolalar o‘rimi eng kam, aholining um r ko‗rishi (80—81) eng yuqoriligi va h. k. Yaponiya aholisining sifati yuksak darajadaligidan dalolat beradi. AQSH ishchisiga nisbatan Yaponiya ishchisi malakaliroq, Yaponiyadagi universitetlar soni butun G‗arbiy Yevropadagidan ko‗p, bolalar tarbiyasiga yoshligidan katta e‘tibor beriladi, fanga ajratilgan m ablag‗i jihatidan rivojlangan m am lakatlar orasida birinchi o‗rinda, ilmiy xodimlar soni bo‗yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyadagi jami ilmiy xodimlardan ortiq. Umumiy tabiiy geografiya tabiat bilan jam iyat o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarining mazmuni va mohiyatini o‗rganishda turli uslublardan foydalanadi. Dunyoviy, mintaqaviy va mahalliy muammolarni yechishda ham umumiy tabiiy geografiya boshqa turdosh fanlar uslublari asosida tadqiqot ishlarini olib boradi. Biz o‗qiyotgan predmetning
„Umumiy tabiiy geografiya― deb atalishida ham asos bor. U tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan narsa va hodisalar to‗g‗risida, ular o‗rtasidagi o‗zaro m unosabatlar haqida ,,umumiy― xulosalar qiladi, geografik qobiqni bir butun (yaxlit) holatida o‗rganadi, tabiiy fanlar yutuqlarini tahlil qilib, yakuniy xulosalar chiqaradi.
Tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini, ular o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlami o‗rganishda quyidagi reja asosida tadqiqotlar olib boradi. Dastlab kuzatish, so‗ngra kuzatish ma‘lumotlarini um umlashtirish (tahlil qilish), baholash, takliflar kiritish, narsa va hodisalarning rivojlanishini bashorat qilish va nihoyat, rivojlanishni maqsadi yo‗nalishlarga qaratish umumiy tabiiy geografiya fanining yangi asrdagi muhim vazifalaridan hisoblanadi. Yangi va eng yangi davr
geografiyasining asosiy xususiyati XX asrdagi ilm iy-texnika inqilobi bilan bog‘liq Tabiiy geografiya rayonlar va komponentlarni o‗rganish yo‗nalishlari bo‗yicha rivojlana boshladi. Geografik ilmiy tadqiqot institutlari va tashkilotlari tashkil topdi.
Oliy o‗quv yurtlarida malakali geograflarni tayyorlash yaxshi izga qo‗yildi. Ham quruqlik, ham okeanlarda tizimli ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Natijada fanning ilmiy-nazariy metodologiyasi va amaliy asoslari bo‗yicha rejali ishlar olib borish yo‗lga qo‗yildi. Mustaqil O‗zbekiston Respublikasida ,,Tabiat― ilmiy tadqiqot m arkazi, O‗zbekiston Respublikasi FA qoshida ,,Geografiya― bo‗limi, barcha oliy o‗quv yurtlarida geografiya fakultetining geograf olimlari geografiya fanining yangi tarmoqlari bo‗yicha tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ayni paytda jahon geografiyasida geografiya predm eti to‗g‗risida to‗rtta fikr- mulohazalar aytilmoqda:

  1. Yagona sof geografiya mavjud va u ikki (tabiiy va iqtisodiy) tarmoqdan iborat bo‘lib, tabiiy muhitni o‘rganadi. O‗zbek geograflari ham shu nuqtayi nazarni targ‗ib etib, geografiya „tabiat va jamiyat (inson) o ‗rtasidagi o ‗zaro m unosabatni o ‗rganadi― deb hisoblaydilar.

  2. Birlamchi sof geografiya fani hozir yo'qoldi, uning tekshirish obyektini tabiiy va ijtimoiy fanlar o‗rganmoqda. Jumladan, hozir tabiiy geografiyaning obyektlari bo'lgan tabiiy komponentlarni — tog‗jinsini geologiya, tuproqni tuproqshunoslik, relyefni geomorfologiya, iqlimni iqlimshunoslik, suvni gidrologiya, o‗simlikni botanika, hayvonot olamini zoologiya fanlari o‗rganmoqda. Xuddi shuningdek, iqtisodiy geografiya fanining obyektini iqtisodiyot fani va uning tarm oqlari tadqiq etm oqda. Shu bois geografiya o‗z vazifasini bajarib bo‗ldi va hozir fan tariqasida o‗z-o‗zidan yo‗qoldi, degan fikmi tashviqot qilayotgan olimlar guruhi mavjud.

  3. Bir guruh olimlar „haqiqiy sof geografiya fani о‗rnida о‗lkashunoslik fani paydo bo‗ldi―, deb hisoblashmoqda. Hozirgi geografiya o‗z o‗lkasining tabiati, aholisi va xo‗jaligini o‗rganish lozimligini targ‘ib etmoqdalar.

  4. Hozir faqat tabiiy geografiyagina mavjudligini tan oladigan olimlar guruhi ham bor. U lar ilm iy-texnika inqilobi paytida iqtisodiy geografiya oldingi o'z vazifasini zam onaviy texnika bilan qurollangan iqtisodiyotchi tadqiqotchilarga bo‗shatib berdi. Endilikda iqtisodiy geografik muammolarni malakali iqtisodchi ilmiy-metodik asosda yechishga qodir, degan fikrni olg‗a surdilar. Tabiat va jam iyat o‗rtasidagi murakkab o‘zaro aloqalarni faqat yagona sof geografiyagina yecha olishi mumkin. Negaki yagona geografiyaning o ‗z tadqiqot obyekti, ilmiy asosi, tadqiqot metodlari va amaliy ahamiyati bor. Parrandalar ikki qanotsiz ucha olmaganidek, yagona sof geografiyani uning ikki tarmog‗i: tabiiy va iqtisodiy geografiyalarsiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Shu boisdan ham „geografiyadan qiziqarli va eng ommabop fanni topish qiyin― deb bejiz aytishm agan. Hozirgi ekologik, tabiatni m uhofaza qilish, tabiatni asrash, tiklash va boshqarishni, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish kabi mahalliy, mintaqaviy va dunyoviy muammolarni yechishda geografiya fanining ahamiyati beqiyosdir. Shuningdek, o‗quvchi yoshlarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda geografiya, jumladan, umumiy tabiiy geografiya muhim o ‗rinni egallaydi.


    1. Download 238,4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 238,4 Kb.