|
rasm. Vegener gipotezasi va uning umumiy ko‘rinishi.
Yer
|
bet | 4/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 238,4 Kb. | | #246266 |
Bog'liq Asanova Manzura kurs ishi matni (2)rasm. Vegener gipotezasi va uning umumiy ko‘rinishi.
Yer po‘stini hosil qilgan tog‘ jinslari va ulamrning turlari
Yer po‗sti - Yer sharining eng qattiq qismi hisoblanadi. Yer po‗sti kimyoviy elementlardan, minerallardan va tog‗ jinslaridan iborat. Yer po‗stida uchraydigan eng ko‗p elementlar kislorod va kremniy hisoblanadi, shuningdek, alyuminiy va temir, kalsiy, natriy, kaliy va magniy ham uchraydi. Yer po‗sti hajmining deyarli 99% ini mana shu 8 ta element tashkil etishini 6.1-jadvaldan ham ko‗rish mumkin. Minerallaming katta qismi mana shu 8 ta element birikmasidan iborat. Kimyoviy elementlaming birlashmasiga mineral deb ataladi. Tog‗ jinslari esa bir necha minerallarni tabiiy birikmasidir. Tog‗ jinslari litosferaning poydevori hisoblanadi. Ular tektonik jarayonlar natijasida siljiydi, ko‗chadi va deformatsiyaga uchraydi, hamda ular nurash va eroziyaga uchrab boshqa joyda cho‗kindilar sifatida saqlanadi.
jadval. Yer po‗stidagi eng ko‗p elementlar
No
|
Elementlar
|
Yer po‗stida elementlaming
tarqalishi, % da
|
1
|
Kislorod (O)
|
46,60
|
2
|
Kremniy (Si)
|
27,72
|
3
|
Alyuminiy (Al)
|
8,13
|
4
|
Temir (Fe)
|
5,00
|
5
|
Kalsiy (Ca)
|
3,63
|
6
|
Natriy (Na
|
2,83
|
7
|
Kaliy (K)
|
2,70
|
8
|
Magniy (Mg)
|
2,09
|
9
|
Jami
|
98,70
|
Tog‗ jinslari monomineralli va polimineralli bo‗ladi. Monomineralli tog‘ jinslari bitta mineraldan tashkil topadi. Masalan, kvars tog‗ jinsi kvars mineralidan iborat. Polimineral tog' jinslari bir necha minerallardan iborat. Masalan, granit quyidagi minerallardan tashkil lopgan: kvars, ortoklaz, slyuda, dala shpati. Hosil bo‗lish sharoitiga qarab tog‗ jinslari uchta katta guruhga bo'linadi:
Magmatik yoki otqindi tog‗ jinslari, ular magmaning sovishi va qotishi natijasida hosil bo‗ladi.
Cho‗kindi jinslar ilgari paydo bo‗lgan har qanday tog‗ jinslami yemirilishi, maydalanishi va to‗planishi hamda organizmlar faoliyati ta‘sirida paydo bo‗ladi.
Metamorfik tog‗ jinslari, katta chuqurlikda yuqori harorat va bosim ostida jinslaming o‗zgarishi tufayli hosil boiadi. Magmatik tog jinslari. Yer po‗stining ichki (quyi) qismidagi erigan magmaning sovishi va qotishidan magmatik tog‗ jinslari vujudga keladi. Magmaning Yer yuzasiga oqib chiqadigan shakli lava deb ataladi. Lava vulqondan yoki Yer po‗sti yoriqlaridan chiqadi va 1090°C (2000°F) gacha boiadi. Magmatik jinslaming uchta asosiy toifasi mavjud: effuziv, intruziv va piroklastik (vulqon kullari, qumlari va scmentlashgan vulqon tuflari) jinslar.
Magma Yer yuzasida yoki Yer yuzasiga yaqin boigan chuqurlikda qotishi va sovishi natijasida hosil bo'ladi. Effuziv tog‗ jinslariga bazalt, liparit, vulqon shishasi va boshqalar kiradi. Intruziv tog‗ jinslar Yerning chuqur ichki qismida qotadi va ba‘zan ular pluton (rimliklaming Yer osti xudosi hisoblangan Pluton nomidan olingan) jinslar deb ataladi. Intruziv tog‗ jinslariga granit, gabbro va boshqalar kiradi. Piroklastik minerallar effuziv magmatik jinslar toifasidan hisoblanib, ular vulqon siniqlari to‗planishidan, vulqon otilishida havoga chiqadigan kul va boshqalardan shakllanadi34. Cho‗kindi tog‗jinslari. Cho‗kindi tog‗ jinslari ilgari paydo boigan jinslaming turli sharoitlarda yemirilishi, nuraslii va
to‗planishi natijasida hosil boiadi. Gorizontal qatlamda to‗plangan materiallar yuqoridagi materiallar bosimidan zichlashadi, suvni chiqarib yuboradi va teshiklari kamayadi. Sementlashish sodir boiadi, kvars, kalsiy karbonat yoki temir oksidi cho‗kindi parchalar orasida zichlashadi va qotadi. Zichlashish va sementlashish jarayonida jinslar qatlamiga bogiiq holda qattiq cho‗kindilarga aylanadi.
Cho‗kindi tog‗ jinslari kelib chiqishiga ko‗ra quyidagi guruhga boiinadi: - chaqiq (klastik) jinslar, asosan tog‗ jinslarini yemirilishi natijasida hosil boiadi; - kimyoviy tog‗ jinslari, qorishmalaming cho‗kindilar cho‗kishi va to‗planishi natijasida hosil boiadi (tuzlar, gips va h.k); - organik (biogen) tog‗ jinslari, o‗simlik va hayvonlarning tanalari oigandan keyin to‗planishi va o‗zgarishi natijasida hosil boiadi (marjonlar, ko‗mir, bo‗r, ohaktosh). Chaqiq cho‗kindi jinslar o‗z ichiga konglomerat, qumtosh, alevrolit va slanesni oladi. Konglomerat - dag‗al yumaloqlangan shag‗allar, tosh g‗o‗lalar yoki yumaloq katta toshlar va gil, balchiq, qum aralashgan zarralardan iborat boigan qattiq sementlashgan massa hisoblanadi. Shu kabi oz miqdordagi dag‗al dumaloqlanmagan tog‗ jinslarining sementlashishi brekchi deb ataladi. Konglomerat va brekchi beton kabi qattiq jinslar boiib, nisbatan ob-havo sharoitiga barqaror hisoblanadi. Organik cho‗kindi jinslar o‗simlik va hayvon kabi organizmlar qoldiqlaridan paydo boiadi. Masalan, ko‗mir o‗simliklarning yotqizilishi va zichlashishidan nordon, balchiq sharoitda hosil boiadi.
Dastlabki o‗zgarishda torfga aylanadi, chuqurda ko‗milib va uzoq vaqtda zichlashib ko‗mirga aylanadi. Metamorfik tog‗ jinslari Metamorfik so‗zi metamorphic-―shakli o'zgargan‖ degan ma‘noni bildiradi. Magmatik va cho‗kindi to‗g‗ Jinslarining yuqori harorat va bosim ta‘sirida o‗zgarishi natijasida hosil bo‗ladi. Odatda bunday tog‗ jinslari qattiq va ancha zich bo‗ladi, ob-havo sharoitiga barqaror ilgari o'zgargan bo‗ladi. Masalan, granit gncysga, qumtoshlar kvarsitga, ohaktosh marmarga aylanadi. Yer po‗sti hajmining juda katta qismini magmatik va metomor flk jinslar tashkil qiladi (90 %). Ammo geografik qobiq
uchun yupqa cho'kindi qatlam katta ahamiyatga ega. Chunki cho‗kindi jinslar bevosita havo va suv bilan o‗zaro ta‘sirda bo‗ladi va turli xil geografik Jarayonlar faol qatnashadi. Materik yer po‗stining asosiy tektonik elementlari platformalar va gcosinklinallardir. Relyefda platformalarga katta-katta tekisliklar (platlormalardagi ayrim tog‗li o‗lkalar ham shujumlaga kiradi), geosinklinallurga burmali tog‗lar zanjirlari to‗g‗ri keladi. Har qaysi materikning negizida kembriydan oldingi bitta (Yevrosiyoda) yoki bir nechta platforma bor. Ulami geosinklinallar - turli yoshdagi tog‗ zanjirlarini o‗rab olgan. Platformalar - Yer po‗stining barqaror qismlari hisoblanadi. Geosinklinal taraq-qiyotining oxirgi bosqichi platformalaming hosil bo‗lishidir. Platforma ikki qavatdan iborat. Uning birinchi qavati plalforma poydevori hisoblanadi. Platforma poydevori mustahkam, kam harakatchan bo‗lib, kristalli tog‗ jinslaridan, asosan magmatik va metamorfik jinslardan tuzilgan. Ikkinchi qavat poydevor ustida joylashgan bo‗lib, ko‗pincha gorizontal yotgan cho‗kindi jinslardan tarkib topgan platforma plitasidir. Geosinklinal o‗rnida uning taraqqiyoti davomida burmali tog‗Iar vujudga keladi. Mazkur tog‗laming uzoq davr davomida yemirilishidan platformaning poydevori vujudga keladi.
Ushbu poydevor kuchli bukilgan, metamorfizmga uchragan qadimgi tog‗ jinslaridan tarkib topgan, ulami granitlar yorib chiqqan. Platformalar yoshiga qarab ham farqlanadi. Platformaning yoshi quyi qavat, ya‘ni poydevor paydo bo‗lgan davr bilan begilanadi. Eng qadimgi platformalar tokemberiy, ya‘ni arxey, proterozoy eralarida vujudga kelgan platformalardir. Ularga Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy, Arabiston, Hindiston, Avstraliya, Afrika, Antarktida, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika platformalari kiradi. Qadimgi platformalar yoshiga qarab epiproterozoy platformalardir. Ularni atrofida esa epibaykal, epikaledon, epigersin platformalari joylashgan. Butun geologik rivojlanish tarix davomida platformalar maydoni kengayib, geosinklinlar maydoni qisqarib borgan. Hozirgi geosinkinal hududlarga Tinch okeanning Kuril va Aleut orollari joylashgan hududlari kiradi. Atlantika okeanida esa harakatdagi vulqonlar keng tarqalgan
orollar kiradi. Platformalardan kristall jinslardan iborat poydevor yer yuzasiga chiqib qolgan katta-katta maydonlar ajralib turadi. Bunday joylami qalqonlar deyiladi. Juda qadimgi qalqonlar Grenlandiyada, Kanadaning shimoli-sharqida, Janubiy Amerikada, Afrikaning katta qismida, Hindiston yarimorolida, G‗arbiy Avstraliyada va Antarktidaning ozroq qismlarida joylashgan. Bu hududlaming asosiy xususiyatlari eng qadimgi tog‗ hosil bo‗lish bosqichlarini boshdan o‗tkazgan35. Qalqonlar odatda asta-sekin ko‗tarilib boradi. Platformalar poydevori ancha cho‗kkan va ular cho‗kindi jinslar bilan toigan joylar plitalar deb ataladi. Ular asta-sekin cho‗kishda davom etadi.
|
| |