|
Yarim o’tkazgichlarning turlari
|
Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 13,8 Kb. | | #124119 |
Bog'liq Teshaboyev
Yarim o’tkazgichlarning turlari
Yarim o’tkazgichlarni qanday kimyoviy elementlardan tashkil etilganiga qarab to’rt turga ajratish mumkin.
Birinchi turga elementlar davriy jadvalining IV guruh elementlari Ge va Si lar kiradi. Bu elementlar to’rt valent elektronga ega bo’lib, kovalent (atom) bog’li kristall panjarasi hosil qiladilar. Ular bir element atomlardan tuzilgani uchun elementar (sodda) yarim o’tkazgichlar deyiladi.
Ikkinchi tur yarim o’tkazgichlarga davriy sistemaning III guruh elementlari (Al, Ga, In ) bilan V guruh elementlari (P, As, Sb) ning birikmalari kiradi. Ular birikmalar deb belgilanadi (GaAs, InSb, GaP, InP va boshqalar). III guruh elementlari uchta valent elektronga, V guruh elementlari esa besh valent elektronga ega, shuning uchun ko’rinishdagi kimyoviy elementda o’rtacha har bir atom to’rt valent elektronga ega bo’ladi. Ularni olmossimon yarim o’tkazgichlar deb ataladi. Kristall panjarasida har bir atom qo’shni atom bilan to’rt valentli bog’lanishlar hosil qiladi. Natijada olmos panjarasiga o’xshash kristall panjarasi hosil bo’ladi. Ushbu turdagi moddalarda kovalent bog’lanish yetakchi o’rin tutadi, shuning uchun ular Ge va Si ga o’xshash xossalarni namoyon qiladi. Davriy jadvalning II va VI guruh elementlari birikmalarida ham o’rtacha har bir atomga to’rtta elektron to’g’ri keladi (ZnTe, ZnSe, CdTe, CdS va boshqalar) . Lekin ularda ion bog’lanish kovalent bog’lanishga nisbatan yetakchi o’rin tutadi.
Uchinchi tur yarim o’tkazgichlarga davriy jadvalning V va VI guruhlarining ba’zi elementlari kiradi. Guruhdagi Se va Te larning yarim o’tkazgichlik xossalari Ge va Si dan ham oldin aniqlangan. V guruh elementlari As, Sb va Bi lar yarim metallar bo’lib, ularning ko’p xossalari yarim o’tkazgichlarga yaqindir. ko’rinishdagi moddalar (PbS, PbSe, SeTe, GeTe va boshqalar) ham o’rtacha besh valent elektronga ega. Bu moddalar yarim o’tkazgichli infraqizil nurlar qabul qilishda ishlatiladi.
VI guruh elementlari (Se, Te, S, O) ning I-V-guruh elementlari bilan hosil qilingan kimyoviy birikmalari ichida ko’p yarim o’tkazgich moddalar mavjud. Masalan, CuO birikmasi to’g’rilagichlarda (kuproksin to’g’rilagich) va termoelement sifatida qo’llaniladi. Boshqa ko’p birikmalarning xossalari hali o’rganilmagan.
To’rtinchi tur yarim o’tkazgichlariga VI guruh elementlarining o’tish metallari (Ti, V, Mn, Fe, Ni, Sm, Eu va boshqalar) bilan hosil qilingan birikmalar kiradi. Ularning birikmalarida ion bog’lanish ustuvor bo’lib, ko’p birikmalar magnit xossalarga egadir. Masalan, EuO, EuS, yarim o’tkazgichlari ferromagnitlardir, EuTe, EuSe, NiO lar esa antiferramagnit xossaga ega. Bunday birikmalarning ba’zilari ( , , , va boshqalar) temperatura va bosim o’zgarishi bilan metall holatiga o’tishi mumkin.
|
| |