• Toshkent 2023
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Mstaqil ish №1 Chiziqli dasturlash masalalari kanonik ko’rinishi. Simpleks usul




    Download 60.99 Kb.
    bet1/4
    Sana11.05.2023
    Hajmi60.99 Kb.
    #58318
      1   2   3   4
    Bog'liq
    loyihalash
    KT 3-amaliy ish, 1-MAVZU TOPSHIRIQ Ehtimolik va statistika-DTBS16MBK (3), 2-MAVZU TOPSHIRIQ Ehtimolik va statistika-DTBS16MBK



    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


    Mstaqil ish №1


    Chiziqli dasturlash masalalari kanonik ko’rinishi. Simpleks usul

    To‘ldiruvchi: Abdurashidov Bexruz


    Guruh:316_21
    Qabul qildi: Mamadaliyev Xusniddin


    Toshkent 2023
    Reja:

    1. Chiziqli programmalash va simpleks usuli

    2. Simpleks usuli

    3. Chiziqli dasturlash masalalari kanonik ko’rinishi

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar

    Matematik programmalash matematikaning asosan ko’p variantli yechimga ega bo’lgan iqtisodiy masalalarning eng yaxshi maqsadga muvofiq ( optimal ) yechimini topishga yordam beruvchi bir tarmog’idir.
    Matematik programmalash chiziqli programmalash, chiziqli bo’lmagan programmalash va dinamik programmalash deb ataluvchi qismlarni o’z ichiga oladi. Birinchi bo’lib A.N. Tolstoy 1930 yilda mahsulot tashishni optimal planlashtirish masalasini chiziqli programmalash masalasi sifatida ifodalagan. Venger olimi B. Egerveri 1931 yilda «tanlash problemasi» deb atalmish masalani qo’yib, uni yechish usullarini kashf qildi. Bu usul keyinroq «venger usuli» deb atala boshlandi.
    Chiziqli programmalash masalalarini sistemalashtirish va ularni yechish uchun umumiy, universal bo’lgan usul yaratish ustida A.V.Kantorovich 1939 yildan boshlab shug’ullana boshlagan. A.V.Kantorovich kashf qilgan usul «hal qiluvchi ko’paytuvchilar usuli» deb ataladi.
    A.V.Kantorovich, M.K.Gavurin bilan hamkorlikda 1943 yilda transport masalasi deb ataluvchi chiziqli programmalash masalasini yechish uchun «potenstiallar usuli»ni kashf qildi.
    Ko’pgina olimlar o’z faoliyatlarini chiziqli va chiziqli bo’lmagan programmalashning matematik nazariyasini taraqqiy ettirish va matematik usullarni iqtisodiy muammolarni hal qilishga qo’llanishga bag’ishladilar.
    Chiziqli programmalash usullarini taraqqiy ettirish muamosi bilan ko’pgina olimlar shuullanganlar. Masalan, amerikalik olim Xichkok 1941 yilda transport masalasining matematik modelini tuzdi, Danstig 1949 yilda chiziqli programmalash masalasini yechish uchun universal usul—simpleks usulni kashf etdi. Chiziqli va chiziqli bo’lmagan programmalash usullari Ford, Falkerson, Kun, Lemke, Gass, Charnes, Bil va boshqa olimlarning ishlarida o’z rivojini topdi.
    Hozirgi davrda chiziqli va chiziqli bo’lmagan programmalash usullarini konkret iqtisodiy masalalarni yechishga qo’llash hamda ularni EhM da yechish uchun eng qulay algoritmlar yaratish muammosi bo’yicha ish olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda ko’p olimlarning e’tibori chiziqli bo’lmagan programmalash usullarini taraqqiy ettirishga bag’ishlangan. Bu sohada birinchi marta Kun va Takker 1951 yilda isbotlagan teorema birinchi yutuq bo’lib, unda chiziqli bo’lmagan programmalash masalasining optimal yechimga ega bo’lishining zarur va etarlilik sharti keltirilgan.
    Bu ishning amalga oshishi chiziqli bo’lmagan programmalashga oid ko’pgina ilmiy tadqiqotlar uchun turtki bo’ldi. Charnes va Lemke 1954 yilda maqsad funkstiyasi separabel formada va chegaralovchi shartlari chiziqli bo’lgan masala uchun taqribiy yechish yo’lini ko’rsatdilar.
    Ayrim chiziqli bo’lmagan programmalash masalalari uchun chiziqli approksimastiya topilib ularni chiziqli programmalash usullarini qo’llab yechish mumkin.
    Bazi iqtisodiy jarayonlar vaqtga boliq bo’ladi. Bunday masalalarning turli bosqichlaridagi yechimini aniqlash uchun dinamik programmalash usullari qo’llaniladi. Masalan, planlashtirilayotgan davrning har bir yilida korxonalararo vositalarni optimal taqsimlash masalasi dinamik programmalash masalasiga misol bo’la oladi.
    Har qanday iqtisodiy masalani matematik dasturlash usullarini qo’llab yechishdan avval, ularning matematik modelini tuzish kerak; boshqacha aytganda berilgan iqtisodiy masalaning chegaralovchi shartlarini va maqsadini matematik formulalar orqali ifodalab olish kerak. Har qanday masalaning matematik modelini tuzish uchun:
    -masalaning iqtisodiy ma`nosini o’rganib, undagi asosiy shart va maqsadni aniqlash;
    -masaladagi noma`lumlarni belgilash;
    -masalaning shartlarini algebraik tenglamalar yoki tengsizliklar orqali ifodalash;
    -masalaning maqsadini funksiya orqali ifodalash kerak.
    Misol uchun bir nechta eng sodda iqtisodiy masalalarning matematik modelini tuzish jarayoni bilan tanishamiz.
    Ishlab chiqarishni rejalashtirish masalasi.
    Faraz qilaylik, korxonada m xil mahsulot ishlab chiqarilsin; ulardan ixtiyoriy birini i (i=1,…,m) bilan belgilaymiz. Bu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun n xil ishlab chiqarish faktorlari zarur bo’lsin. Ulardan ixtiyoriy birini j (j=1,…,n) bilan belgilaymiz.
    Har bir ishlab chiqarish faktorining umumiy miqdori va bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan normasi quyidagi jadvalda berilgan:
    2.1.1-jadval

    i/ch faktorlari
    i/ch mahsulot
    Turlari

    1

    2

    3



    n

    Daro-mad

    1

    a11

    a12

    A13



    a1n

    C1

    2

    a21

    a22

    A23



    a2n

    C2















    M

    am1

    am2

    am3



    amn

    Cm

    i/ch faktorining zahirasi

    b1

    B2

    B3



    bn




    Jadvaldagi har bir bjj‑ishlab chiqarish faktorining umumiy miqdori (zahirasi)ni; aiji‑mahsulotning bir birligini ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan j-faktorning miqdori; ci–korxonaning i‑mahsulotning bir birligini realizatciya qilishdan oladigan daromadi.
    Masalaning iqtisodiy ma`nosi: korxonaning ishini shunday rejalashtirish kerakki: a) hamma mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan har bir ishlab chiqarish faktorining miqdori ularning umumiy miqdoridan oshmasin; b) mahsulotlarni realizatciya qilishdan korxonaning oladigan daromadi maksimal bo’lsin.

    (2.1.1)
    Rejalashtirilgan davr ichida ishlab chiqariladigan i-mahsulotining miqdorini xi bilan belgilaymiz. U holda masaladagi a) shart quyidagi tengsizliklar sistemasi orqali ifodalanadi:



    Masalaning iqtisodiy ma`nosiga ko’ra hamma noma`lumlar manfiy bo’lmasligi kerak, ya`ni:

    Download 60.99 Kb.
      1   2   3   4




    Download 60.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Mstaqil ish №1 Chiziqli dasturlash masalalari kanonik ko’rinishi. Simpleks usul

    Download 60.99 Kb.