Reja: Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari




Download 284.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.03.2024
Hajmi284.08 Kb.
#171113
  1   2   3
Bog'liq
lecture 1



Lecture 1. Introduction to Innovation Management 
Ma’ruza 1. INNOVATSION MENEJMENTGA KIRISH. 
Reja: 
1. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari. 
2. Innovatsion menejmentning zaruriyati va dolzarbligi
3. Innovatsion menejmentning maqsad va vazifalari
Umumjahon intilishi ishlab chiqarish texnologiyasida keskin o’zgarishlar orqali 
global muammolarni hal etishga qaratilgan. Jahon taraqqiyoti industrial (post 
industrial) axborot davriga o’tdi. Shu bois innovatsionlik zamonaviy 
iqtisodiyotning ajrlmas tavsifi bo’lib qolmoqda.
Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor hozirgi 
jamiyat hayotining o’zi tomonidan talab qilinadi, axir innovatsion jarayonlarni 
yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro’yobga chiqishi uning sotsial-iqtisodiy 
rivojlanishining asos bo’ladi.
“2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish 
strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoniga binoan ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo’llagan holda, iqtisodiyot 
tarmoqlariga, 
ijtimoiy 
va 
boshqa 
sohalarga 
zamonaviy 
innovatsion 
texnologiyalarni tezkor joriy etish O’zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining 
muhim sharti hisoblanadi. 
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani 
islohotlarini mamlakatimizning jahin sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish 
yo’lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g’oyalar, 
ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda malga oshirishni taqozo etadi. 
Shu bilan birga, o’tkazilgan tahlil ishlab chiqarishni modernizatsiya, 
diverfikatsiya qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda 
raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar lozim darajada 
olib borilmayotganini ko’rsatdi. 
Jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va 
texnologiyalar asosida mamlakatni jadal rivojlantirish, shuningdek, 2017 – 2021 
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi 
bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan: 
a) mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va 
innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson 
kapitalini rivojlantirish – Strategiyaning bosh maqsadidir; 


b) bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat:
O’zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks 
reytingi bo’yicha jahonning 50 ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish; 
 
Barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini 
rivojlantirish, 
kadrlar 
tayyorlash 
tizimining 
iqtisodiyot 
ehtiyoj;ariga 
moslashuvchanligini ta’minlash; 
Ilmiy tadqiqot va ishlanmalarning ilmiy salohiyatni mustahkamlash va 
samardorligini oshirish, ilmiy tadqiqot, tajriba- konstruktorlik va texnologik ishlar 
natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm –fan va tadbirkorlikni integratsiya 
qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish; 
Innovatsiyalar, ilmiy tadqiqot, tajriba – konstruktorlik va texnologik ishlarga 
davlat va xususiy mablag’lar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni 
moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish; 
Boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat 
xokimiyati rganlari faoliyatining samaradorligini oshirish; 
Mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil 
etish va biznes yuritish uchun teng shart- sharoitlar yaratish, davlat – xususiy 
sherikligini rivojlantirish; 
Barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish. 
Innovatsiya tushunchasining mohiyatini uning quyidagi tavsiflari yoritadi:
-amaliy tasnifining pirovardc natijalariga mo’ljallash ya’ni tez va keng joriy 
etish, tijoratlashtirish va kapitallashtirish; 
-innovatsion jarayonni aniq maqsadga qaratilganligi va maqsadli boshqarilishi; 
-tadqiqot, ishlanma, joriy etish, moslashish va yangilikni tarqatish jarayonlarini 
jadallashtirish; 
-iqtisodiy yoki ijtimoiy tasniflarni oldindan yiriklashtirish va aniq xulosa qilish 
natijasini o’lchash imkoniyati. 
Hozirgi davrda iqtisodiy manbalarimizda “innovatsiya”, “innovatsion 
jarayon”, “innovatsion menejment” va “innovatsion korxona” tushunchalari ko’p 
uchrab qolmoqda. Ayniqsa, bu tushuncha iqtisodiyotni modernizatsiya qilish 
davrida keng ko’lamda talqin etilmoqda. Shu boisdan innovatsiya tushunchasi 
mohiyatini o’quvchilarga tanishtirishda unga atroflicha yondashish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
Iqtisodiy manbalarda innovatsiyaga turlicha ta’riflar berilgan. Bu yerda 
asosiy urg’u uning mazmuni, mohiyati, ichki tuzilishi (texnik, iqtisodiy, tashkiliy, 
boshqaruv va hokazolar) ga qaratilishi bilan bir qatorda innovatsiya ko’lami, 
hayotiylik sikli o’lchamlari joriy etish jarayonini majburiyligi kabi uning o’ziga 
xos jihatlariga ham e’tibor qaratiladi. 


Ko’plab xorijiy iqtisodchi olimlar ushbu tushunchani tadqiqot obyekti va 
predmetiga bog’liq deb hisoblaydi (N.Monchev, I.Perlaki, V.D.Hartman, 
E.Mensfild, R.Foster, B. Tviss, I.Shumpeter, E. Rodjers va boshqalar). 
Masalan: B. Tviss innovatsiyani kashfiyot yoki g’oya iqtisodiy mazmunga 
ega bo’lgan jarayoni deb hisoblaydi. 
F. Nikson esa “innovatsiya - bu texnik, ishlab chiqarish va tijorat 
tadbirlarining majmui bo’lib, yangi bozorda yangilangan ishlab chiqarish va 
qurilmalarni yuzaga kelishidir. 
B. Santo innovatsiyani shunday ijtimoiy –texnik – iqtisodiy jarayon, g’oya 
va kashfiyotlarni amaliyotda foydalanishi mahsulot, texnologiyalarni yaxshi 
fazilatlariga ega bo’lishiga olib keladi, ya’ni innovatsiya yuqori samarani ko’zda 
tutadi. Uning yuzaga kelishi bozorda qo’shimcha daromad keltirishi mumkin, - deb 
hisoblaydi. 
I. Shumpeter fikricha, tashkiliy umumlashuvi bo’lib tadbirkorlik ruhiyatiga undaydi>. 
Innovatsiyani turlicha ta’riflari tahlili shuni ko’rsatadiki, innovatsiyaning 
o’ziga xos xususiyati innovatsion faoliyatining bosh funksiyasi – o’zgarishdir. 
Bu masala yuzasidan Avstriyalik olim I.Shumpeter innovatsiyaning 5 ta 
umumiy jihatini ajratib ko’rsatadi. 
-Yangi texnika va texnologik jarayonlardan foydalanish yoki yangi 
bozorlarni ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan ta’minlash; 
- mahsulotlarni yangi xususiyatlarini joriy etish; 
- yangi xom-ashyodan foydalanish; 
- ishlab chiqarishni tashkil etish va uning moddiy – texnik bazasini 
ta’minlashdagi ijobiy o’zgarishlar; 
- yangi savdo- sotiq bozorlarini yuzaga kelishi; 
Shunday qilib, XX asrning 30 – yillarga kelib innovatsiya yangi iste’mol 
tovarlarni yaratish va foydalanish, sanoat ishlab chiqarishi va transport vositalari 
bozori yangi tashkiliy shakllarning yuzaga kelishidagi o’zgarishlaridir, deb talqin 
etila boshlanadi. 
Bozor iqtisodi jarayonida innovatsiyaning metodologik (uslubiy) tizimi 
xalqaro standartlarga asoslanadi. Ishlarni muvofiqlashtirish, material to’plash, 
qayta ishlash, tahlil etish yuzasidan innovatsiya doirasida rivojlanish va iqtisodiy 
aloqalarni tashkil etish uchun (RIOT) fan-texnika ko’rsatkichlar bo’yicha 
Ekspertlar guruhi tashkil etildi. Yo’riqnoma doimiy ravishda to’ldirilib boriladi. 
Uning oxirgi tahriri 1993 – yilda qabul qilingan. Unda: 
- Ilmiy ishlanma va izlanishlarga taalluqli asosiy tushunchalar
- ularning tarkibi va chegaralari; 


- tadqiqotlar bilan band bo’lgan xodimlar sonini aniqlash usuli belgilab 
o’tildi. 
Demak, xalqaro standartlar asosida innovatsiya bu- innovatsion faoliyatning 
oxirgi natijasi (mahsuli), yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotning bozorga 
kirib kelishidir. Boshqacha qilib aytganda, innovatsiya deganda yangi va 
takomillashtirilgan texnologik jarayonlardan amaliy faoliyatda foydalanish yoki 
maxsus xizmatlarga yangicha yondashish tushuniladi. Innovatsiyani strategik va 
dinamik nuqtayi- nazardan ko’rish mumkin. Bir so’z bilan aytganda, u ilmiy ishlab 
chiqarish siklining oxirgi natijasidir. 

Download 284.08 Kb.
  1   2   3




Download 284.08 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari

Download 284.08 Kb.
Pdf ko'rish