|
O’qitishda zamonaviy axborot- texnologiyalardan foydalanishBog'liq professional-ta-lim-tizimida-matematika-fanini-o-qitishda-zamonaviy-axborottexnologiyalardan-foydalanish
Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 205 www.ares.uz
PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA MATEMATIKA FANINI
O’QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT- TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH
D. S Tursinbayeva
TVCHDPI “Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi”
(matematika) 2-kurs magistranti
Mamlakatimizda
matematika
ilm-fanni
rivojlantirishning
ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O‘tgan davr ichida matematika ilm-fani va
ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga
oshirildi. Ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini o‘qitish tizimini
yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo‘llab-quvvatlash,
ilmiy-tadqiqot ishlarining ko‘lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish,
xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, davlat dasturida belgilangan
vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bir qancha amaliy ishlar yo’lga qo’yildi.
Shu jumladan, professional ta’lim tizimini ilg’or xorijiy tajribalar asosida
takomillashtirish boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini
tashkil qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Professional ta’lim tizimida
bugungi
kunda
tez
sur’atlarda ravnaq topayotgan sohalar uchun ishchi
kasblar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanishi ko‘zda tutildi.
Professional ta’lim
tizimida matematika fanini o’qitishda ham keng islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda, ma'lumot jamiyat rivojining strategik manbaiga aylanganda,
zamonaviy ta'lim uzluksiz jarayon ekanligi ayon bo'ladi. Shu sababli, hozirgi paytda
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o'quv jarayonini
tashkil etish zarurati yuzaga kelmoqda, bu yerda elektron vositalar axborot manbai
sifatida tobora ko'proq foydalanilmoqda. Zamonaviy o’quvchi elektron madaniyat
dunyosida yashaydi. Axborot madaniyatida o'qituvchining o'rni ham o'zgarib
bormoqda - u axborot oqimining muvofiqlashtiruvchisi bo'lishi kerak. Binobarin,
o'qituvchi o’quvchi bilan bir xil tilda muloqot qila olishi uchun zamonaviy usullarni
va yangi ta'lim texnologiyalarini o'zlashtirishi kerak.
|
| |