Reja: Kirish Asosiy qism




Download 36.86 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2024
Hajmi36.86 Kb.
#192050
  1   2   3   4
Bog'liq
Auditorlik tashkilotlarining huquqlari
7bf231394ac5a4fe8b0fad25d50df1fb, Axborot, Acsess sorawlar jaratiw, 5-tema, Amelyi informatika, 1 MAVZU EIUCH, 3 MAVZU EIUCH, 2-lab Met pdf, download-document, 3-mavzu avtotransformatorlar va transformatorlarning ishlatilish, 8-MAVZU EIUCHU, delhpi, paskal(1), paskal, Menejment va marketing

Auditorlik tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari

Reja:
Kirish


Asosiy qism
1.
2.
3. Auditorlik tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari, demokratik davlat qurish va uni rivojlantirishning shart-sharoitlari yaratildi. Shu bilan birga bu jarayonda bozor iqtisodiyotining ob'ektiv qonun va kategoriyalari talablaridan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlaridagi hisob, audit ishlarining integratsiyalashuviga erishish borasida huquqiy baza yaratilmoqda. Shuningdek, jamiyat hayotidagi ijobiy o'zgarishlarni hisobga olgan holda ulardan ijobiy foydalanilmoqda. Bu borada mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlari aniq belgilanib, iqtisodiyotni va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini erkinlashtirishda katta ishlar amalga oshirilmoqda.


Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida buxgalteriya hisobi vaauditning nazariy, tashkiliy va amaliy jihatlari bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablaridan kelib chiqqan holda ko'rib chiqilishi lozim. Uning nazariy, amaliy,huquqiy jihatlari bilan birgalikda iqtisodiy nazoratni amalga oshiradiga nauditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ham tub iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi ekanligi ko'zga tashlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalgaoshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negiziniyaratishdan iboratdir.
Bozor infratuzilmasini barpo etish va uning faoliyatini jadallashtirish bevosita qonuniy-me'yoriy asoslarni ishlab chiqishga bog'liq. Bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan auditorlik tashkilotlari faoliyatinitashkil qilishva rivojlantirishda qonuniy-me'yoriy asoslarga muhim e'tibor qaratish lozim.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining qonuniy-me'yoriy asoslari tarkibidaauditorlik standartlari muhim o'rin tutib, u ushbu kasb bilan shug'ullanishning muayyan me'yorlarini belgilab beradi. Shu boisdan ham respublikamizda auditning milliy standartlarini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratilmoqda.Auditning milliy standartlarini ishlab chiqishda xalqaro standartlarga tayanilmoqda. Respublikamizda ishlab chiqilayotgan auditning milliy standartlari.avvalo, O'zbekistonda shakllangan iqtisodiy madaniyat va xo'jalik yuritishuslubiga mos kelishi lozim.

Asosiy qism


So‘nggi yillarda auditorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirilishi natijasida, Respublikamizda auditorlik xizmatlari bozorida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, 2023-yil 31 dekabr holatida auditorlik tashkilotlarining soni 2022 yilning 31 dekabriga nisbatan 3 taga (31 %) kamayib 123 taga, auditorlar soni esa mos ravishda 148 nafarga (16.8 %) oshib 1023 nafarga yetdi. Bundan 27 ta mahalliy auditorlik tashkilotlari yirik xalqaro tarmoq va assotsiatsiyalar a’zosi, 4 tasi xalqaro auditorlik kompaniyalarining (Big-4) sho‘ba jamiyatlari faoliyat olib bormoqdalar. (1-jadval)
1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4 avgustdagi PQ-5210-son1 “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga asosan auditorlarni sertifikatlashtirish Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. Jamoat birlashmalari tomonidan bugungi kunga qadar jami 458 nafar talabgorlarga auditor malaka sertifikati berilgan.


O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” O‘RQ-815-son2 Qonuni bilan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, vakolatli davlat organining Auditorlar respublika jamoat birlashmalariga o‘tkazilgan funksiyalari Qonun bilan belgilandi.
Bundan tashqari, majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan tashkilotlarning umumiy ro‘yxati “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda mavjudligi sababli, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonundan majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan tashkilotlar chiqarib tashlandi. Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston
Respublikasining 2023 yil 20 yanvardagi O’RQ-815-son3 Qonun bilan auditorlik tashkiloti “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan majburiy shartlarga rioya etmasa auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilishi belgilandi.



Download 36.86 Kb.
  1   2   3   4




Download 36.86 Kb.