|
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
|
bet | 6/8 | Sana | 13.09.2024 | Hajmi | 113,5 Kb. | | #270977 |
Bog'liq Fan DASTURI Issiqxonalarda SABZAVOT KO\'CH (2)Talaba bilish kerak:
Fan boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʻyiladi. Talaba:
- urugʻlarni sepish muddatlari, koʻchatlarni tayyorlash usullari, tuproq komponentlari, gidroponika uslublari; -maysalarni oziqlantirish, ularni pikirovka qilish, chiniqtirish usullari, oʻsish va rivojlanish bosqichlari toʻgʻrisida tasavvur va bilimga ega boʻlishi,
-oʻsimliklarni mineral oziqlantirish muddatlari va meʼyorlari, ularni koʻchatlarni oʻlchamlariga taʼsiri boʻyicha koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
- maysalarni pikirovka qilish va ularni chiniqtirish usullarini; himoyalangan yerlarga sabzavot koʻchatlarini tayyorlashni usul va uslublarini; -Ochiq maydonlarga sabzavot koʻchatlarini tayyorlash usul va uslublarini bilishi malakasiga ega boʻlishi kerak
4.
|
Taʼlim texnologiyalari va metodlari:
-Muammoli maʼruzalar;
-Interfaol keys-stadilar;
-Seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
-Kichik guruhlarda ishlash;
-Bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim;
-Baliq skeleti;
-Aqliy hujum;
-Ven diagrammasi.
|
5.
|
Kreditlarni olish uchun talablar:
Maʼruza (oraliq nazorat) va amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlarida (joriy nazorat) berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat boʻyicha yozma ishni muvaffaqiyatli topshirish.
|
6.
|
Asosiy adabiyotlar:
Yunusov.S., Abdiyev.Z. Issiqxonalarda sabzavot koʻchatchiligi. Darslik. Toshkent – 2020.
Zuyev V.I., Ataxodjayev A.A., Qodirxoʻjayev A., Akromov U.A. Himoyalangan yer sabzavot va koʻchatlarni yetishtirish texnologiyasi. Darslik. kollejlar uchun maxsus. Toshkent — 2018.
Zuyev V.I., Ataxodjayev A.A., Asatov Sh.I., Qodirxoʻjayev A., Ataxodjayev A.A., Akromov U.A. Himoyalangan yer sabzavotchiligi. Toshkent – 2008(elektron).
Ostonoqulov T.E. va boshqalar. Sabzavotchilikdan amaliy mashgʻulotlar. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent, 2013 y.
|
|
| |